Turobov Hatamjon Xusanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-12 yoshli stol tennischilar jismoniy tayyorgarligida yordamchi mashqlar kompleksini qo‘llash metodikasi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped1858.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich. pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Akramov Jasur Anvarovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-12 yoshli stol tennischilarning harakat tayyorgarligida yordamchi mashqlar kompleksini qo‘llash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
10-12 yoshli stol tennischilarning hujum va qarshi hujum harakatlari samaradorligini oshirish maqsadida tezkor uzatmalar vaqtini hamda yo‘nalishini keskin o‘zgartirishni talab qiluvchi maxsus mashqlar asosida tabaqalashtirilgan yordamchi mashqlar kompleksidan foydalanish hisobiga harakat koordinatsiyasi, reaksiya tezligi hamda chaqqonlik sifatlar rivojlantirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi stol tennischilarning jismoniy tayyorgarligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tahlil qilgan holda, turli bosqichlarda tabaqalashtirilgan va tayyorgarlik turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yordamchi mashqlar kompleksini qo‘llash algoritmini ishlab chiqish hisobiga texnik harakatlarni o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
yosh stol tennischilarning boshlang‘ich jismoniy holatini aniqlash uchun ishlab chiqilgan mos vositalarni saralash hamda muntazam ravishda monitoring qilgan holda o‘zgarishlarni belgilangan mezonlar orqali baholashni o‘zida mujassam etuvchi yordamchi mashqlarning samaradorligini baholovchi metodik tizim ishlab chiqish hisobiga yosh sportchilarning texnik tayyorgarligini musobaqalarda namoyon etish imkoniyatlari kengaytirilgan;
10-12 yoshli stol tayyorgarlik holatiga mos tarzda yuklama, dam olish hamda tiklanish jarayonlari uyg‘unlashtirilgan holda turli bosqichlarda tuzilgan mashg‘ulotlar rejasiga asoslangan yillik tayyorgarlik modelini ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot jarayonini oqilona tashkil etish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-12 yoshli stol tennischilar jismoniy tayyorgarligida yordamchi mashqlar kompleksini qo‘llash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
10-12 yoshli stol tennischilarning hujum va qarshi hujum harakatlari samaradorligini oshirish maqsadida tezkor uzatmalar vaqtini hamda yo‘nalishini keskin o‘zgartirishni talab qiluvchi maxsus mashqlar asosida tabaqalashtirilgan yordamchi mashqlar kompleksidan foydalanish bo‘yicha takliflar Namanga viloyati sport maktabi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 30-avgustdagi 03-16/8584-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik-taktik harakatlarda reaksiya tezligi va koordinatsiya 16-18%, chap/o‘ng yo‘nalishdagi zarba aniqligi 12-17%, chaqqonlik 5-7%, muvozanat va tana nazorati esa 13-14% darajasida yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi stol tennischilarning jismoniy tayyorgarligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni tahlil qilgan holda, turli bosqichlarda tabaqalashtirilgan va tayyorgarlik turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yordamchi mashqlar kompleksini qo‘llash algoritmi ishlab chiqilib, Toshkent shahar sport maktablarida shug‘ullanuvchi yosh tennischilar mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil
30-avgustdagi 03-16/8584-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodika stol tennis texnikasini o‘rgatish jarayonini kamida 15-18% gacha takomillashtirishga erishgan;
yosh stol tennischilarning boshlang‘ich jismoniy holatini aniqlash uchun ishlab chiqilgan mos vositalarni saralash hamda muntazam ravishda monitoring qilgan holda o‘zgarishlarni belgilangan mezonlar orqali baholashni o‘zida mujassam etuvchi yordamchi mashqlarning samaradorligini baholovchi metodik tizimi ishlab chiqilib, Andijon viloyati sport maktablarida shug‘ullanuvchi yosh tennischilarni mashg‘ulot jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 30-avgustdagi 03-16/8584-son ma’lumotnomasi). Natijada, barcha jismoniy sifatlar kesimida hisoblanganda umumiy jismoniy tayyorgarligi
8-12 % ga yaxshilangan.
10-12 yoshli stol tayyorgarlik holatiga mos tarzda yuklama, dam olish hamda tiklanish jarayonlari uyg‘unlashtirilgan holda turli bosqichlarda tuzilgan mashg‘ulotlar rejasiga asoslangan yillik tayyorgarlik modeli “Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida mashg‘ulotlarni tashkil etish (stol tennisi)” nomli o‘quv qo‘llanma (O‘Q-0000170, 08.01.2025, №10-I/Ch) mazmuniga singdirilgan. (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 30 avgustdagi 03-16/8584-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh stol tennischilari bilan olib borilgan mashg‘ulotlar samaradorligi 11,3 % ga oshirilgan.