Xojiev Shohruh Saidjappar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh xokkeychilarni harakat tayyorgarligini shakllantirishda 3D texnologiyasini qo‘llash metodikasi”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4645.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Komiljon Dexkanovich pedagogika fanlari doktori, (DSc), professor; Akramov Jasur Anvarovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 3D texnologiyalaridan foydalanish orqali boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarning harakat tayyorgarligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarning muz ustida asosiy turish texnikasini o‘rgatish maqsadida asosiy biomexanik parametrlar ko‘rsatkichlari (tizzalarning egilish, tana holati aniqligi, to‘piq bo‘g‘ini) burchak darajasini 3D texnologiyasi orqali aniqlash hisobiga sirg‘alish harakatlarni bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
9-10 yoshli xokkeychining maydonda joylashuv nuqtasidan tezlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida qisqa masofaga startdan chiqish, harakatni ta’minlovchi korpus burchaklari hamda tana massasining taqsimlanishini 2D tahlil dasturi yordamida aniqlagan holda maxsus mashqlar kompleksini qo‘llash hisobiga masofani minimal vaqtda bosib o‘tish samaradorligi oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarda yo‘nalishni o‘zgartirish texnikasini oshirish maqsadida qayrilishlar elementni bajarishga ta’sir qiluvchi asosiy biomexanik parametrlarni aniqlagan holda VR-blok, React-Light texnologiyalaridan 6 haftalik dasturda foydalanish hisobiga himoyaviy qayrilish texnikasini bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
9-10 yoshli xokkeychilarning depsinishda oyoq diagonal bo‘ylab sakrash dinamikasini oshirish uchun kuch, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar mazmuni, takrorlanishlar soni, dam olish intervallarini ratsion taqsimlagan dasturidan mashg‘ulotning asosiy qismida foydalanish hisobiga belgilangan masofaga sakrash samaradorligi yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 3D texnologiyalaridan foydalanish orqali boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarning harakat tayyorgarligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarning muz ustida asosiy turish texnikasini o‘rgatish maqsadida asosiy biomexanik parametrlar ko‘rsatkichlari (tizzalarning egilish, tana holati aniqligi, to‘piq bo‘g‘ini) burchak darajasini 3D texnologiyasi orqali aniqlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Snejniy Bars” xokkey klubi“ xokkeychilari mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-maydagi 02-16/4755-son ma’lumotnomasi). Natijada, asosiy turish holati bo‘yicha muzdagi natijalar 18% ga va 3D laboratoriyadagi natijalar 39% ga yaxshilanishgan;
9-10 yoshli xokkeychining maydonda joylashuv nuqtasidan tezlanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida qisqa masofaga startdan chiqish, harakatni ta’minlovchi korpus burchaklari hamda tana massasining taqsimlanishini 2D tahlil dasturi yordamida aniqlagan holda maxsus mashqlar kompleksidan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Snejniy Bars” xokkey klubi xokkeychilari mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-maydagi 02-16/4755-son ma’lumotnomasi). Natijada, 20 m masofani bosib o‘tish vaqti (nisbiy o‘sish) 6,2% ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi xokkeychilarda yo‘nalishni o‘zgartirish texnikasini oshirish maqsadida qayrilishlar elementni bajarishga ta’sir qiluvchi asosiy biomexanik parametrlarni aniqlagan holda VR-blok, React-Light texnologiyalaridan 6 haftalik dasturda foydalanish bo‘yicha takliflar “Snejniy Bars” xokkey klubi xokkeychilari mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 6-maydagi 02-16/4755-son ma’lumotnomasi). Natijada, xokkeychilarning himoyaviy qayrilishlaridagi nisbiy o‘sish ulushi 19% ga o‘sgan;
9-10 yoshli xokkeychilarning depsinishda oyoq diagonal bo‘ylab sakrash dinamikasini oshirish uchun kuch, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar mazmuni, takrorlanishlar soni, dam olish intervallarini ratsion taqsimlagan dasturidan mashg‘ulotning asosiy qismida foydalanish bo‘yicha tavsiyalar “Snejniy Bars” xokkey klubi xokkeychilari mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 
6-maydagi 02-16/4755-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh xokkeychilarning diagonal sakrash usul uzunligi 8 % ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish