Omonov Otajon Juraqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ekologik barqaror biznesni rag‘batlantirish sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmanov Olim Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01 
Rasmiy opponentlar: Xamidulin Mixail Borisovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kurbonbekova Moxichexra Turobjonova, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent International universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ekologik barqaror biznesni rag‘batlantirish sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va resurslardan samarali foydalanishga biznesni rag‘batlantirish bilan birga byudjetga barqaror soliq tushumlarini ta’minlovchi muvozanatlashtirilgan soliq siyosati shakllantirilishini nazarda tutgan holda soliq ma’murchiligi va ekologik jihatdan barqaror rivojlanishni integratsiyalash yondashuvi asoslangan; 
ilg‘or xalqaro amaliyotga ko‘ra milliy iqtisodiyot sharoitiga moslashtirilgan holda ekologik xavfsiz texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etayotgan korxonalar uchun soliq imtiyozlari, investisiyaviy preferensiyalar va subsidiyalar tizimini o‘z ichiga olgan “yashil” biznesni soliq orqali rag‘batlantirish mexanizmi taklif etilgan;
soliq instrumentlarining ekologik jihatdan barqaror biznes rivojiga ta’sirini baholash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga yo‘naltirilgan korxonalar uchun samarali soliq rag‘batlarini shakllantirishga ko‘ra ekologik soliqqa tortish samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha tizimli yondashuv taklif etilgan;
sohada shaffoflikni oshirish, ekologik soliqlar nazoratni kuchaytirish va ekologik ahamiyatga ega tarmoqlarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirishda ekologik to‘lovlarni raqamli ma’muriy tizimga to‘la integratsiyalash, atrof-muhitni masofaviy monitoring qilish, soliqdan qochish darajasini real baholash kabilarning qo‘shimcha imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekologik barqaror biznesni rag‘batlantirish sharoitida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va resurslardan samarali foydalanishga biznesni rag‘batlantirish bilan birga byudjetga barqaror soliq tushumlarini ta’minlovchi muvozanatlashtirilgan soliq siyosati shakllantirilishini nazarda tutgan holda soliq ma’murchiligi va ekologik jihatdan barqaror rivojlanishni integratsiyalash yondashuvi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha «yashil» iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-iyuldagi 26-77339-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif uglerod solig‘ini joriy etish SO₂ chiqindilarini birinchi besh yil ichida 10,0–15,0%gacha kamaytirish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha soliq imtiyozlari va subsidiyalarni 30,0%gacha oshirish, barqaror biznesga nisbatan samarali soliq ma’murchiligi esa soliqdan bo‘yin tovlash darajasini 20,0%gacha kamaytirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ilg‘or xalqaro amaliyotga ko‘ra milliy iqtisodiyot sharoitiga moslashtirilgan holda ekologik xavfsiz texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etayotgan korxonalar uchun soliq imtiyozlari, investisiyaviy preferensiyalar va subsidiyalar tizimini o‘z ichiga olgan “yashil” biznesni soliq orqali rag‘batlantirish mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha «yashil» iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida  o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-iyuldagi 26-77339-sonli ma’lumotnomasi). Taklif soliq rag‘batlari 500 million AQSh dollarigacha investisiyalarni ekologik toza texnologiyalar sohasiga jalb qilish, faoliyat yuritayotgan korxonalar sonini 30,0%gacha oshirish va 20 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ekologik texnologiyalarni joriy etayotgan kompaniyalar uchun soliq yukini kamaytirishda ularning xarajatlarini 25,0%gacha qisqartirish, qayta tiklanuvchi manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 15,0%gacha oshishi va uglerod gazi chiqindilari 10,0%gacha qisqarish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
soliq instrumentlarining ekologik jihatdan barqaror biznes rivojiga ta’sirini baholash va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga yo‘naltirilgan korxonalar uchun samarali soliq rag‘batlarini shakllantirishga ko‘ra ekologik soliqqa tortish samaradorligini monitoring qilish bo‘yicha tizimli yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 dekabrdagi PQ-436-son “O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha «yashil» iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydala-nilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-iyuldagi 26-77339-sonli ma’lumotnomasi). Taklif monitoring tizimini joriy etish ekologik ta’sirni baholash aniqligini 35,0%gacha oshirish, ma’lumotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish jarayonini 25,0%gacha tezlashtirish, soliq tartibga solishda ma’muriy xarajatlarni 20,0%gacha kamaytirish, ekologik soliqlar yig‘imdorligini 15,0%gacha oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sohada shaffoflikni oshirish, ekologik soliqlar nazoratni kuchaytirish va ekologik ahamiyatga ega tarmoqlarda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarini kamaytirishda ekologik to‘lovlarni raqamli ma’muriy tizimga to‘la integratsiyalash, atrof-muhitni masofaviy monitoring qilish, soliqdan qochish darajasini real baholash kabilarning qo‘shimcha imkoniyatlari bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son “O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilgacha «yashil» iqtisodiyotga o‘tishga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 6-iyuldagi 26-77339-sonli ma’lumotnomasi). Taklif soliq jarayoni shaffofligini 40,0%gacha, ekologik soliqlar yig‘imdorligini 20,0%gacha oshirish hamda soliq tekshiruvlari muddatini 30,0%gacha, ekologik soliqlardan bo‘yin tovlash darajasini 25,0%gacha, ma’muriy jarayonlarni soddalashtirish va soliq hisobotini yuritish bo‘yicha biznes xarajatlarini 15,0%gacha qisqartirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish