Askarov Ixtiyorjon Baxtiyorovichning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/Ped927. 
Ilmiy maslahatchi: Muslimov Narzulla Alixanovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raqulov Olim Xolbo‘taevich pedagogika fanlari doktori,  professor, Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich  pedagogika fanlari doktori, professor va Kuziev Abdumurod Urakovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muhandislik ta’limida talabalarni kreativ yondashuv asosida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish va uning samaradorligini amaliy jihatdan asoslash.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash jarayoni, talabalarda tadqiqotchilik faoliyatga mentorlik va ilmiy rahbarlik qilish, POA (Project-Oriented Approach) ilmiy tadqiqot ishlarini loyiha asosida tashkil etish hamda DEM (Dual Education Model) ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi orqali takomillashtirilgan;
muhandislik faoliyatining tub mohiyatini anglash, aniqlashtirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ilmiy-loyihaviy (Project-Based Research), tarmoqlararo (Interdisciplinary Research), ilmiy-tadqiqodchilik faoliyatini namoyon qilish kabi yo‘nalishlari, muammoga asoslangan tadqiqot (Problem-Based Research), masofaviy ilmiy tadqiqot platformalari (Open Science, ResearchGate) kabi turlari va xususiyatlarini o‘zida qamrab olgan talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash tizimi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashda motivatsion, infratuzilmaviy, tadqiqotchilik muhitini yaratish kabi pedagogik sharoitlari, PBL (Problem-Based Learning) va ER (Entrepreneurship Research) yondashuvlari, CBA (Competence-Based Approach) va ilmiy yangiliklarni bashorat qilish tamoyillari hamda tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab metodik, informatsion va tadqiqotchilik faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli mazmunan modernizatsiyalashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida zamonaviy interaktiv metodlardan foydalangan holda bo‘lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish texnologiyasi “Research-Based Learning” metodi, “Tadqiqotchi muhandislar tipologiyasi” metodi “Evristik (kashfiy)” metod, “Mind-Mapping” metodi, “Design Thinking”; “Simulyasion-tadqiqot” metodi kabi interaktiv ta’lim metodlari asosida o‘quv jarayonini tashkil etish orqali takomillashtirilgan; 
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida MET (modern educational tools) asosida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlik darajasini baholash uchun kompetensiya asoslangan baholash mezon (COAC-competence-oriented assessment criteria) ishlab chiqilib, bunda layoqatli, istedodli va geniallik mezonlari hamda past, o‘rta va yuqori darajalari uchun aniq ko‘rsatkichlar belgilangan bo‘lib, ushbu tizimga mos didaktik resurslar ishlab chiqildi, natijada talabalarning tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlik darajasi differensial baholash imkoniyati yaratildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari kreativ yondashuv asosida bo‘lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni talabalarda tadqiqotchilik faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, loyihalash echimlarini maqbul tanlash, ilmiy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida xorijiy mamlakatlar tajribasi orqali takomillashtirilganligi hamda texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini ilmiy-tadqiqotchilik foliyatida muammoni tahlil qilish, insayt, hamkorlik va ommalashtirish bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ta’limning “Tadqiqotchilik faoliyat” va “Bashorat qilish” tamoyillari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 2-iyundagi 02/01 – 01-189-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
muhandislik faoliyatining tub mohiyatini anglash, aniqlashtirish borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ilmiy-loyihaviy (Project-Based Research), tarmoqlararo (Interdisciplinary Research), ilmiy-tadqiqodchilik faoliyatini namoyon qilish kabi yo‘nalishlari, muammoga asoslangan tadqiqot (Problem-Based Research), masofaviy ilmiy tadqiqot platformalari (Open Science, ResearchGate) kabi turlari va xususiyatlarini o‘zida qamrab olgan talabalarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash tizimiga ko‘ra takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishi uchun “Elektromobillar konstruksiyasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 894336- raqamli nashr ruxsatnomasi) nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandislarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga doir takliflari 60712500 – Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan;
bo‘lajak muhandislarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik shart-sharoitlari, shakllari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab va talabani ijodiy faoliyatining integratsion tuzilmasini ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va tadqiqotchilik faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri hisobiga modernizatsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Transport vositalarining ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi” nomli elektron o‘quv qo‘llanma (Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6-sentyabrdagi “333”-sonli buyrugʻi asosida, №333-408 raqamli nashr ruxsatnomasi) yaratilgan. Mazkur darslik bo‘bo’lajak transport muhandislarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish va talabalarni ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash modeli modernizatsiya qilish imkoniyati yaratilgan;
kreativ yondashuv asosida zamonaviy interaktiv metodlardan foydalangan holda bo‘lajak muhandislarni ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga yo‘naltirilgan samarali o‘qitish texnologiyasi “Research-Based Learning” metodi, “Tadqiqotchi muhandislar tipologiyasi” metodi “Evristik (kashfiy)” metod, “Mind-Mapping” metodi, “Design Thinking”; “Hevristik” ta’lim metodi, “Kognitiv xaritalash”, “SMART loyihalash” metodi, “Simulyasion-tadqiqot” metodi va “Veb-ilmiy resurslardan foydalanish” metodi kabi interaktiv ta’lim metodlari asosida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash mexanizimini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Evropa komissiyasi Erasmus dasturi doirasida 2020-2023 yillarda “Markaziy Osiyoda “BigData Intelligent Analysis” bo‘yicha o‘quv va ilmiy markazlarni tashkil qilish va kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro amaliy tadqiqot loyihasini bajarish davomida foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 2-iyundagi 02/01 – 01-189-son ma’lumotnomasi). Natijada kreativ yondashuv asosida oliy ta’lim muassasalari talabalarining ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga qaratilgan o‘quv jarayonini tashkil etishning metodik va didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish asosida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlik darajalarini rivojlanganligini baholashning layoqatli, istedodli, geniallik mezonlarihamda past, o‘rta, yuqori darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga  qaratilgan didaktik resurslar ishlab chiqilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Vaqt mashinasi” ko‘rsatuvida ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-iyundagi 15-33/430-son ma’lumotnomasi). Natijada, kreativ yondashuv asosida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlashga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish