Adilov Jamshid Xasan o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga harbiy yurishi tarixshunosligi (XVIII asr ikkinchi yarmi – XXI asr boshlari)”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tar378 
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy arxeologiya markazi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Miraimovich Babadjanov va Ma’mun universiteti “Tarix” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori (DSc), professor Sadoqat Maqsudovna Matkarimova.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A. Bekovich-Cherkasskiy yurishi tarixi bo‘yicha XVIII-XXI asr boshlarida yaratilgan ilmiy adabiyotlarni kompleks o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rossiya imperiyasi davri tarixshunosligida A. Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga harbiy yurishini tadqiq etishda imperiya-ekspansionistik va orientalistik yondashuvlar hukmron bo‘lganligi, yurish Markaziy Osiyoda tayanch punktini o‘rnatish, Hindistonga yo‘l ochish va oltin resurslarini qo‘lga kiritish uchun strategik urinish sifatida talqin qilinganligi (G.Miller, F.Soymonov, V.Mogutov), XIX asrning ikkinchi yarmidan Rossiyaning mintaqadagi bosqinchilik siyosatini legitimatsiya qilish uchun dalil sifatida foydalanilganligi (A.Popov, M.Terentev, V.Grigorev, K.Abaza va boshqalar) asoslangan;
Sovet davri tarixshunosligida A.Bekovich-Cherkasskiy yurishi tadqiqida tarixiy revizionizm ustunlik qilishi, uning doirasida XX asrning 40-yillari ikkinchi yarmidan boshlab yurish harbiy ekspansiya akti sifatida emas, balki tinch “elchilik missiyasi” (N. Molchanov, V. Bobilev va b.) va “ilmiy ekspedisiya” (Y. Knyajeskaya, K. Shafranovskiy, Y. Po‘latov va b.) sifatida talqin qilinganligi, bu esa davrning mafkuraviy ko‘rsatmalari, imperiya o‘tmishidan uzoqlashish va bu voqeani “xalqlar do‘stligi” tushunchasiga kiritishga intilish (V. Vilinbaxov, O. Omarov, M. Annanepesov va b.), yaqqol ko‘rinib turgan siyosiy va harbiy qarama-qarshilik faktlarini ataylab silliqlash yoki e’tiborsiz qoldirilishi isbotlangan;
O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixshunosligida o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasiga asoslangan holda A.Bekovich-Cherkasskiy yurishini Rossiya bosqinining boshlanishi, tashqi aralashuvga qarshilik ko‘rsatish, Xiva xoni Sherg‘ozning harakatlarini esa o‘z davlatini himoya qilish sifatida talqin etuvchi narrativ yetakchilik qilishi (X. G‘ulomov, U. Abdurasulov, U. Sheripov, U. Ubaydullaev va b.) asoslangan;
Zamonaviy xorijiy tarixshunoslikda A. Bekovich-Cherkasskiy yurishi masalasiga tanqidiy-pozitivistik yondashuv ustunlik qilishi, yurishning barcha oldingi talqinlarini (maqsadlari, sabablari va oqibatlari) tanqid qilish, Xiva manbalarini tadqiqotlarga jalb qilish zarurati va uni “Katta o‘yin”ning debochasi sifatida ko‘rib chiqishga asoslanganligi (A. Andreev, R. Pochekaev, M. Niyozmatov, D. Vasilev, P. Xopkirk, M. Ozkan, D. Orxan va b.) aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: A. Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga harbiy yurishi: tarixshunoslik tahlili tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
Rossiya imperiyasi davri tarixshunosligida A. Bekovich-Cherkasskiyning Xiva xonligiga harbiy yurishini tadqiq etishda imperiya-ekspansionistik va orientalistik yondashuvlar hukmron bo‘lganligi, yurish Markaziy Osiyoda tayanch punktini o‘rnatish, Hindistonga yo‘l ochish va oltin resurslarini qo‘lga kiritish uchun strategik urinish sifatida talqin qilinganligi, XIX asrning ikkinchi yarmidan Rossiyaning mintaqadagi bosqinchilik siyosatini legitimatsiya qilish uchun dalil sifatida foydalanilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi DUKning 2024-yil 13-dekabrdagi 02-31-1298-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yurish tarixi haqidagi tushunchalarni kengaytirishga xizmat qilgan.
Sovet davri tarixshunosligida A. Bekovich-Cherkasskiy yurishi tadqiqida tarixiy revizionizm ustunlik qilishi, uning doirasida XX asrning 40-yillari ikkinchi yarmidan boshlab yurish harbiy ekspansiya akti sifatida emas, balki tinch “elchilik missiyasi” va “ilmiy ekspedisiya” sifatida talqin qilinganligi, bu esa davrning mafkuraviy ko‘rsatmalari, imperiya o‘tmishidan uzoqlashish va bu voqeani “xalqlar do‘stligi” tushunchasiga kiritishga intilish, yaqqol ko‘rinib turgan siyosiy va harbiy qarama-qarshilik faktlarini ataylab silliqlash yoki e’tiborsiz qoldirilishiga oid ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi “O‘rta Osiyo (Turkiston)ning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mahalliy xalqning bunga qarshi kurashi” mavzusidagi birinchi bo‘lim ekspozisiyasini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining 2024-yil 10-noyabrdagi 14-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari harbiy yurishning fanda mavjud bo‘lgan turli talqinlarini aniqlashga xizmat qilgan.
O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixshunosligida o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixi konsepsiyasiga asoslangan holda A.Bekovich-Cherkasskiy yurishini Rossiya bosqinining boshlanishi, tashqi aralashuvga qarshilik ko‘rsatish, Xiva xoni Sherg‘ozning harakatlarini esa o‘z davlatini himoya qilish sifatida talqin etuvchi narrativ yetakchilik qilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining arxiv hujjat materiallari muzey fondi va ekspozisiyasini boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining 2024-yil 10-noyabrdagi 14-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari mustaqillik davri tarixshunosligida yurish tarixini tadqiq etishda yangi yondashuvlarni ko‘rsatib berishga xizmat qilgan.
Zamonaviy xorijiy tarixshunoslikda A. Bekovich-Cherkasskiy yurishi masalasiga tanqidiy-pozitivistik yondashuv ustunlik qilishi, yurishning barcha oldingi talqinlarini tanqid qilish, Xiva manbalarini tadqiqotlarga jalb qilish zarurati va uni “Katta o‘yin”ning debochasi sifatida ko‘rib chiqishga asoslanganligi haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi DUKning 2024-yil 13-dekabrdagi 02-31-1298-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari harbiy yurishning zamonaviy talqinlarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish