Abduxolikova Nasiba Alijonovnaning  pedagogika fanlari  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslari (falsafa fani misolida)” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi”, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslaxatchi: Boltaeva Mohichehra Jamshid qizi, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Namangan davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet  tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Jasurbek Akmaljonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Akramova Gulbahor Renatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari talabalarida mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari talabalari mediasavodxonligi va axborot madaniyatini rivojlantirishning  didaktik tuzilmasi falsafiy fanlarning axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari mediata’limning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan qayta aloqasining identivligini  belgilash orqali aniqlashtirilgan ;
falsafa fanini o‘qitishning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlarini modifikatsiyalash oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonligini baholashning pedagogik-diagnostikasi,  axborotlarga skeptik yo‘nalganlik darajasini bevosita  uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarining mediasavodxonlik hamda axborot madaniyatini rivojlantirishning tizimli-funksional modelining amaliy komponenti falsafiy fanlarni integral o‘qitish asosida axborotlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan germenevtik va kontekstli texnologiyalarning natijaviyligini belgiovchi diagnostik usullar asosida takomillashtirilgan ; 
talabalarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, axborotni saralash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ijtimoiy-pedagogik, psixologik-pedagogik va axloqiy-pedagogik omillar hamda ularning analitik tafakkur va kommunikativ madaniyat bilan bog‘liqligining monitoringi muloqot jarayoni bilan internal kooperatsiyalashuv darajasi valentligi asosida  takomillashtirilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv topshiriqlari gumanitar fanlar bilan integratsiyalash orqali mediata’lim, mediasavodxonlik tushunchalari mediata’limning konsepsiyasi va strategiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirishning nazariy-metodik asoslarini falsafa fani vositasida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida: 
oliy ta’lim muassasalari talabalari mediasavodxonligi va axborot madaniyatini rivojlantirishning  didaktik tuzilmasi falsafiy fanlarning axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish imkoniyatlari mediata’limning moslashuvchanligi kabi sifatlar bilan qayta aloqasining identivligini  belgilash orqali aniqlashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-son buyrug'i, 557408-raqamli guvohnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyati kompleks ravishda rivojlantirilgan;
falsafa fanini o‘qitishning tashkiliy-didaktik shart-sharoitlarini modifikatsiyalash oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonligini baholashning pedagogik-diagnostikasi,  axborotlarga skeptik yo‘nalganlik darajasini bevosita  uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga doir ilmiy yangiliklardan “Mantiq asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug'i, 664663-raqamli guvohnoma ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyati kompleks ravishda rivojlantirilgan;
talabalarining mediasavodxonlik hamda axborot madaniyatini rivojlantirishning tizimli-funksional modelining amaliy komponenti falsafiy fanlarni integral o‘qitish asosida axborotlar ustida ishlashga yo‘naltirilgan germenevtik va kontekstli texnologiyalarning natijaviyligini belgiovchi diagnostik usullar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug'i, 511474-raqamli guvohnoma ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish mazmuni zamonaviy talablar asosida takomillashtirilgan. 
talabalarda ijodiy va tanqidiy fikrlash, axborotni saralash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi ijtimoiy-pedagogik, psixologik-pedagogik va axloqiy-pedagogik omillar hamda ularning analitik tafakkur va kommunikativ madaniyat bilan bog‘liqligining monitoringi muloqot jarayoni bilan internal kooperatsiyalashuv darajasi valentligi asosida  takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Namangan davlat chet tillari institutida 2023-2024-yillarda bajarilgan “Erasmus+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” nomli loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari instituti tomonidan 2025-yilning 16-iyunda berilgan 1363-03-son ma’lumotnoma). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyati kompleks ravishda rivojlantirilgan;
talabalarning mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan reproduktiv topshiriqlari gumanitar fanlar bilan integratsiyalash orqali mediata’lim, mediasavodxonlik tushunchalari mediata’limning konsepsiyasi va strategiyasi asosida takomillashtirilga doir tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Ta’lim va ma’rifat” muharririyatining 2023-2025 yillarda efirga uzatilgan “Zamonaviy ta’lim”, “Axborot madaniyati”, “Raqamli dunyo” ko‘rsatuvlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda  foydalanilgan  (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 2025-yil 20-iyundagi 05-09-963-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediasavodxonlik va axborot madaniyati kompleks ravishda rivojlantirilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish