Mamatkulov Asliddin Rustambek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproq shamol eroziyasini masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida modellashtirish va eroziya xavfini baholash (Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani misolida)”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1453
Ilmiy rahbar: Baxodirov Zafar Abduvalievich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/11.07.2025.B/Qx.01.17.
Rasmiy opponentlar: Boltaev Saydullo Maqsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geoaxborot tizimi texnologiyalari va masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida tuproq shamol eroziyasini modellashtirish, eroziya xavfini baholash hamda shamol eroziyasini oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tadqiqot hududi tuproqlarida kechayotgan shamol eroziyasi jarayonlarini RWEQ modeli orqali modellashtirishda dala maydonlarining shakli, tekisligi, qiyaligi, hajmi, tarqalgan tuproqlarning xususiyatlari, tabiiy-iqlim sharoitlari, o‘simlik qoplami hamda zichligi kabi ma’lumotlar yig‘indisi asosida eroziya jarayonlarining kelib chiqish omillari va xavfi aniqlangan;
tadqiqotlar davomida jahon tajribasida qo‘llaniladigan RWEQ modeli asosida tuproq shamol eroziyasi xavfini baholash bo‘yicha takomillashtirilgan tasnif ishlab chiqilgan hamda modellashtirish orqali eroziya xavfi baholangan;
takomillashtirilgan mintaqaviy chang tutgich qurilmasi yordamida shamol ta’sirida ko‘chirilayotgan tuproq zarrachalarining hajmi, kimyoviy va mexanik tarkibini hamda eroziya natijasida tuproqlarda yo‘qotilayotgan oziqa moddalarning miqdori aniqlash asoslangan;
izlanishlar davomida shamol eroziyasini modellashtirish uchun zarur tuproq–iqlim ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasi hamda tuproq shamol eroziyasi xavfini baholash uchun yaratilgan dasturiy ta’minot eroziya jarayonlari xavfini baholash mexanizmlarini takomillashtirishi isbotlangan;
tadqiqot hududining YMZ ma’lumotlari va GAT texnologiyalari asosida SMI, DEM, SLOPE, NDVI, EP kabi indekslar aniqlanib, ular asosida xaritalar tuzilib, hududdagi eroziya indikatorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq shamol eroziyasini masofadan zondlash ma’lumotlari yordamida modellashtirish va eroziya xavfini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Minor massivi “Tabarruk don baraka” fermer xo‘jaligining 1:10000 masshtabli kartogrammalari tuzilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1-avgustdagi 05/05-02-586-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur kartografik materiallar fermer xo‘jaligi tuproqlarida organik va mineral o‘g‘itlarning maqbul meyorda qo‘llash, sho‘r yuvish tadbirlarini o‘tkazish orqali tuproqlarning agrokimyoviy va agromeliorativ holatini yaxshilash imkonini bergan;
“Shamol eroziyasini modellashtirish uchun zarur tuproq–iqlim ko‘rsatkichlari” nomli ma’lumotlar bazasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 23.02.2024-yil berilgan № BGU 1319 raqamli Guvohnoma) va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1-avgustdagi 05/05-02-586-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ma’lumotlar bazasi asosida tadqiqot hududi tuproqlarida kechayotgan shamol eroziyasi jarayonlarini aniqlash va unga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan;
“Tuproq shamol eroziyasi xavfini baholash modeli” nomli elektron hisoblash mashinalari uchun dasturiy ta’minot yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 06.06.2024-yil berilgan № DGU 40188 raqamli Guvohnoma) va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1-avgustdagi 05/05-02-586-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dasturiy ta’minot shamol eroziyasi xavfini baholash va unga qarshi kurash mexanizmini ishlab chiqishga imkon bergan;
“Tuproq shamol eroziyasini monitoring qilishda qo‘llaniladigan chang tutgich modeli” dala tajriba uskunasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 24.01.2024-yil berilgan № 007415 raqamli Guvohnoma) va Surxondaryo viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1-avgustdagi 05/05-02-586-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur chang tutgich uskunasi tuproqda sodir bo‘layotgan shamol eroziyasi jarayonlarini jadalligini monitoringini yuritishga xizmat qilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish