Atabaeva Nargisa Nabijonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitish metodikasi” 13.00.02 – Ta’limva tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped9962
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Ichoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
Ilmiy rahbar: Yakubbaev Murodilla Marufovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01
Rasmiy opponentlar: Annaeva Nazokat Rajapbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Juraxanov Xamidullo Xojimirzaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarga “Inklyuziv ta’lim” fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitish metodikasini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishni rivojlantirishning indikatorlari, didaktik faoliyat shakllari hamda o‘quv faoliyatini boshqarish va mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarining talabaning individual ehtiyojlariga asosan aniqlashtirilgan;
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning rivojlantirish rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va qayta aloqani ta’minlash imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik modeli o‘z faoliyatini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uyg‘unlashtira olish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishni didaktik ta’minoti, talabalarning ijodiy, analitik va refleksiv fikrlashini rivojlantirish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq qilishni tizimli qo‘llash asosida Eduforall.uz elektron platforma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak pedagoglarni inklyuziv sharoitda ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish asosida:
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishni rivojlantirishning indikatorlari, didaktik faoliyat shakllari hamda o‘quv faoliyatini boshqarish va mashg‘ulotlarni tashkil etish jarayonlarining talabaning individual ehtiyojlariga asosan aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” nomli o‘quv qo‘llamna mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘iga asosan berilgan № 597114-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada,talabalarga inklyuziv ta’limni raqamli muhitda o‘qitish sifatini baholash uchun ishlab chiqilgan metodologiya doirasida qo‘llaniladigan diagnostik vositalar ishlab chiqildi;
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning rivojlantirish rejalashtirilgan o‘quv natijalarini to‘la tashxislash va qayta aloqani ta’minlash imkoniyatini yaratish uchun aniq belgilangan o‘quv maqsadlarining ko‘rsatkichli-darajaviy jihatlariga ko‘ra aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 2023-2024-yillarda Namangan davlat chet tillari institutining 2023-2024-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence”( Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 14-iyuldagi 1642-03-sonli ma’lumotnomasi) nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada, talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitish bo‘yicha “Digital inklyuziv makon” dasturi ishlab chiqildi;
talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik modeli o‘z faoliyatini kasbiy ta’lim maqsadlari bilan faol tadqiqotchilik maqsadini uyg‘unlashtira olish jarayonlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi sonlarida“Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dastur va ssenariylarini tayyorlashda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston telekanali” 2025-yil 21-iyuldagi 05-09-1202-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarga inklyuziv ta’lim fanini raqamli ta’lim muhitida o‘qitishning pedagogik modeli ishlab chiqildi.