Ermirzaev Abbos Vaxobjonovichning
Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik materiallar vositasida takomillashtirish nazariyasi va amaliyoti”
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Ped1098
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dostent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Kushieva Nodira Xabibjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Asqarova O‘g‘ulxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Muminova Dilafro‘z Akbaralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik matnlarni o‘qishni o‘rgatish vositasida takomillashtirish metodikasiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“kompetensiya”, “kommunikativ kompetensiya”, “sotsiolingvistik kompetensiya” tushunchalarining tilshunoslik, lingvomamlakatshunoslik va lingvodidaktika sohalaridagi mazmun-mohiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslanib, autentik matnlarni tanlashga qo‘yiladigan mazmuniy moslik (Content appropriateness), tilda real kontekstga moslik (authenticity of language use), til darajasiga moslik (language level adequacy), hajmi va strukturaviy soddaligi (length and structure suitability) metodik talablar o‘zbek tili va o‘rganilayotgan chet tilning madaniy (cultural), sotsiolingvistik (sociolingiustic), nutqiy (speech) me’yorlarini qiyoslash tamoyili asosida takomillashtirilgan;
til materialining sotsiolingvistik xususiyatlari (sociolinguistic features), madaniyatlararo tafovutlar (cross-cultural differences), kontekstual moslik (contextual appropriateness) darajasi inobatga olgan holda differensial yondashuv asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish jarayonida uchraydigan leksik, grammatik va fonetik qiyinchiliklar hamda tipik xatolar tipologiyasi aniqlangan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik matnlarni o‘qishni o‘rgatish vositasida takomillashtirish bo‘yicha inglizcha mashq va topshiriqlar tizimi tilning akkumulyativ (accumulative), identifikatsion (identificatory), kommunikativ (communicative), apellyativ (appellative) va kognitiv (cognitive) funksiyalaridan foydalanish orqali ishlab chiqilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyani tabiiylik (naturalness), kontekstlilik (contextuality), murakkablik (complexity), foydalilik (usefulness) xususiyatlariga ega bo‘lgan podkast transcriptlari, blog postlari, gazeta va jurnal maqolalari kabi autentik matnlarni o‘qishni o‘rgatishning WebQuest, Podcast-based Learning, Collaborative Reading innovatsion texnologiyalari asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashganlik darajasini belgilovchi indikatorlar davlat ta’lim standartlari va umumevropa (CEFR) talablari hamda kognitiv (bilim), operatsional (amaliy ko‘nikma), va affektiv (shaxsiy-munosabatga oid) komponentlarni qamrab olgan sotsiolingvistik kompetensiyaning integrativ modeli asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili mashg‘ulotlarida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik matnlarni o‘qishni o‘rgatish vositasida mazmun-mohiyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
“kompetensiya”, “kommunikativ kompetensiya”, “sotsiolingvistik kompetensiya” tushunchalarining tilshunoslik, lingvomamlakatshunoslik va lingvodidaktika sohalaridagi mazmun-mohiyati ilmiy-metodik jihatdan asoslanib, autentik matnlarni tanlashga qo‘yiladigan mazmuniy moslik (Content appropriateness), tilda real kontekstga moslik (authenticity of language use), til darajasiga moslik (language level adequacy), hajmi va strukturaviy soddaligi (length and structure suitability) metodik talablar o‘zbek tili va o‘rganilayotgan chet tilning madaniy (cultural), sotsiolingvistik (sociolingiustic), nutqiy (speech) me’yorlarini qiyoslash tamoyili asosida takomillashga oid tavsiyalar “Til aspektlari amaliyoti” o‘quv qo‘llanmasiga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son buyrug‘i asosida berilgan № 491616-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini C1 darajalarida egallanishiga erishilgan;
til materialining sotsiolingvistik xususiyatlari (sociolinguistic features), madaniyatlararo tafovutlar (cross-cultural differences), kontekstual moslik (contextual appropriateness) darajasi inobatga olgan holda differensial yondashuv asosida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish jarayonida uchraydigan leksik, grammatik va fonetik qiyinchiliklar hamda tipik xatolar tipologiyasi aniqlashga doir amaliy takliflardan xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 14-iyuldagi 1637-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘qish (reading) mashg‘ulotlarida talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirishda leksik, grammatik va fonetik qiyinchiliklarni bartaraf etishga doir mashqlar takomillashtirilgan.
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini autentik matnlarni o‘qishni o‘rgatish orqali takomillashtirish bo‘yicha inglizcha mashq va topshiriqlar tizimi tilning akkumulyativ (accumulative), identifikatsion (identificatory), kommunikativ (communicative), apellyativ (appellative) va kognitiv (cognitive) funksiyalaridan foydalanish orqali ishlab chiqilgan takliflardan xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan davlat pedagogika institutining 2025-yil 25-iyundagi 22-18/1120-01/01-son ma’lumotnomasi) Natijada, o‘qish (reading) mashg‘ulotlarida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish samaradorligi ta’minlangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyani tabiiylik (naturalness), kontekstlilik (contextuality), murakkablik (complexity), foydalilik (usefulness) xususiyatlariga ega bo‘lgan podkast transcriptlari, blog postlari, gazeta va jurnal maqolalari kabi autentik matnlarni o‘qishni o‘rgatishning WebQuest, Podcast-based Learning, Collaborative Reading innovatsion texnologiyalari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan 2023-2024-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project 101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 14-iyuldagi 1641-03-raqamli dalolatnomasi) Natijada, talabalarning sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirishda autentik matnlarni o‘qib tushunganligini og‘zaki nutqni tekshirish usullari orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashganlik darajasini belgilovchi indikatorlar davlat ta’lim standartlari va umumevropa (CEFR) talablari hamda kognitiv (bilim), operatsional (amaliy ko‘nikma), va affektiv (shaxsiy-munosabatga oid) komponentlarni qamrab olgan sotsiolingvistik kompetensiyaning integrativ modeli asosida ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Bolalar va biz”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli eshittirishlarining 2025 yil yanvar va may oylaridagi sonlarining oliy ta’limga oid ruknida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston 24» ijodiy birlashmasi» davlat muassasasining 7-iyul 2025-yildagi 05-09-1089-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tilida sotsiolingvistik kompetensiyasini takomillashtirish metodikasini ommalashtirishga xizmat qilgan.