Narkabilova Gulnoza Pulatovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilar raqamli madaniyatini shakllantirishning pedagogik tizimi” (“Pedagogicheskaya sistema formirovaniya sifrovoy kul`turi budushhix uchiteley v usloviyax smeshannogo obucheniya”). 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Ped588.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbaniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik tizimni ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak oʻqituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirish tuzilmasi kognitiv, motivatsion-qadriyatli, faoliyat-texnologik hamda professional-amaliy komponentlarning oʻzaro aloqadorligi va shartlanganligi hamda mazkur jarayonning yaxlitligi va kasbiy tayyorgarlik kontekstidagi funksional ahamiyatini tizimli-strukturlash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
bo‘lajak oʻqituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirishning pedagogik konsepsiyasi multidisplinar sinergiya, texnologik yo‘naltirilgan moslashuvchanlik, raqamli interaktivlik va tanqidiy axborot ong qonuniyatlari hamda mazkur jarayonning metodologik asosini tashkil etuvchi umumiy va xususiy tamoyillarning koʻp darajali “SCOPE” didaktik konsepsiya bilan vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak oʻqituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirish modelining tashkiliy-pedagogik bloki multimodal, mikrota’lim, loyihaviy, modulli oʻqitish texnologiyalarining raqamli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini integratsiya qilishga yo‘naltirilgan tamoyillar va tarkibiy elementlarning oʻzaro identivligiga erishish taktikasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan;
raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga ko‘maklashuvchi pedagogik fasilitasiya, metapredmetli faoliyat va hayot davomida ta’lim olish(lifelong learning) kabi pedagogik shart-sharoitlari talabalarning individual ta’limiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, raqamli muhitdagi innovatsion faoliyatning reproduktivligini ta’minlashga qaratilgan elektiv kursni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirishning diagnostik tizimi kognitiv, motivatsion-qadriyatga asoslangan, faoliyat-texnologik va kasbiy-amaliy mezonlarga muvofiq keladigan instrumentariyni ishlab chiqish va korrekstion faoliyatning intensiv ta’sirini bosqichma-bosqich longityud tadqiq etish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak oʻqituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirish tuzilmasini kognitiv, motivatsion-qadriyatli, faoliyat-texnologik hamda professional-amaliy komponentlarning oʻzaro aloqadorligi va shartlanganligi hamda mazkur jarayonning yaxlitligi va kasbiy tayyorgarlik kontekstidagi funksional ahamiyatini tizimli-strukturlash mantiqiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishga doir takliflardan 5111700 – Boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yoʻnalishi uchun “Umumiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i, 441-029-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boʻlajak oʻqituvchilarning axborot iste’moli madaniyatiga doir bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak oʻqituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirishning pedagogik konsepsiyasini multidisplinar sinergiya, texnologik yo‘naltirilgan moslashuvchanlik, raqamli interaktivlik va tanqidiy axborot ong qonuniyatlari hamda mazkur jarayonning metodologik asosini tashkil etuvchi umumiy va xususiy tamoyillarning koʻp darajali “SCOPE” didaktik konsepsiya bilan vertikal va gorizontal integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflardan 5111700 – Boshlangʻich ta’lim va sport-tarbiyaviy ishlar ta’lim yoʻnalishi uchun “Umumiy pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 20-oktyabrdagi 441-sonli buyrug‘i, 441-029-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boʻlajak pedagoglarni aralash ta’lim sharoitida oʻqitish jarayoni qonuniyatlari va tamoyillariga doir amaliy koʻnikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
aralash ta’lim sharoitida bo‘lajak oʻqituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirish modelining tashkiliy-pedagogik blokini multimodal, mikrota’lim, loyihaviy, modulli oʻqitish texnologiyalarining raqamli ta’limning nazariy va amaliy jihatlarini integratsiya qilishga yo‘naltirilgan tamoyillar va tarkibiy elementlarning oʻzaro identivligiga erishish taktikasini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir takliflardan 60110100 – pedagogika (qoʻshimcha tarbiya fani oʻqituvchisi) yoʻnalishi talabalari uchun “Elektron pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi
55-sonli buyrugʻi, 55156-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak oʻqituvchilarning elektron pedagogikaning konseptual asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qilgan;
raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilishga ko‘maklashuvchi pedagogik kuzatuv, metapredmetli faoliyat va hayot davomida ta’lim olish kabi pedagogik shart-sharoitlarni talabalarning individual ta’limiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, raqamli muhitdagi innovatsion faoliyatning reproduktivligini ta’minlashga qaratilgan elektiv kursni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirishga doir takliflardan 60110100 – pedagogika (qoʻshimcha tarbiya fani oʻqituvchisi) yoʻnalishi talabalari uchun “Elektron pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrugʻi, 55156-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boʻlajak pedagoglarning raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga doir kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli madaniyatini shakllantirishning diagnostik tizimini kognitiv, motivatsion-qadriyatga asoslangan, faoliyat-texnologik va kasbiy-amaliy mezonlarga muvofiq keladigan instrumentariyni ishlab chiqish va korrekstion faoliyatning intensiv
ta’sirini bosqichma-bosqich longityud tadqiq etish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan
FZ-2020010829. “Talabalarning ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” (2020-2022 yy.) amaliy loyihasining talabalarni ilmiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish qismini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 28-fevraldagi 04/11-3100-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.