Raximov Feruz Movlidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

1.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Taqsimlovchi elektr tarmoqlarining energiya samaradorligini 20 kV kuchlanishni qo‘llash orqali oshirish”, 05.05.01 – “Energetika tizimlari va majmualari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4687
Ilmiy rahbar: Taslimov Abduraxim Dexkanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/27.09.2024.T.101.05. 
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Shuxratovich - texnika fanlari doktori, professor; Shaymatov Bobokul Xolmurodovich - texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta kuchlanishli taqsimlovchi elektr tarmoqlarida 20 kV kuchlanish qo‘llanilishini ilmiy asoslash hisobiga tarmoqning energiya samaradorligi va o‘tkazish qobiliyatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taqsimlovchi elektr tarmoqlari kuchlanishini 10 kVdan 20 kVga o‘zgartirish orqali tarmoqning quvvat o‘tkazish qobiliyati va energiya samaradorligini oshirishning texnik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligini qo‘shimcha kabel` liniyalari qurish xarajatlarining kamayishi va tarmoqdagi energiya isrofining pasayishi bo‘yicha aniqlash asoslangan;
eng kichik kvadratlar usuli asosida, kabel` liniyalarining kesim yuzasi, uzatiladigan quvvat va transformator quvvati hisobga olingan holda, o‘rta kuchlanishli taqsimlovchi elektr tarmoqlarining optimal kuchlanishini tanlash bo‘yicha kabel` liniyalari va transformator podstansiyalarini qurish hamda ekspluatatsiya qilish xarajatlarini matematik matematik modeli ishlab chiqilgan;
kabel liniyalari va transformatorlardan foydalanish xarajatlari hamda energiya yo‘qotishlarni minimallashtirishni hisobga olgan holda Lagranj noma’lum ko‘paytuvchilari usuli asosida taqsimlovchi elektr tarmoqlarining nominal kuchlanishini optimallashtirish usuli ishlab chiqilgan;
o‘ta kuchlanishni pasaytirish mezoni va rele himoyasining selektivligini ta’minlash mezonlari asosida 20 kV li taqsimlovchi elektr tarmoq neytralini erga ulash uchun rezistor qarshiligini tanlash usuli ishlab chiqilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Taqsimlovchi elektr tarmoqlarining energiya samaradorligini 20 kV nominal kuchlanishni qo‘llash orqali oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan taqsimlovchi elektr tarmoqlarining nominal kuchlanishini optmallashtirish usuli «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Navoiy hududiy filialiga joriy etildi («HET» AJning 2024 yil 3-iyuldagi 01-04-19/454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Navoiy shahar elektr tarmoqlarida 20 kV kuchlanishni qo‘llash tarmoqning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 2 barobar oshirish imkonini bergan;
taqsimlovchi elektr tarmoq sinov uchastkasini 20 kV kuchlanish bilan loyihalash natijalari Navoiy shahar elektr tarmoqlariga joriy etildi. («HET» AJning 2024 yil 3-iyuldagi  01-04-19/454-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samaradolik 461678000 (to‘rt yuz oltmish bir million olti yuz etmish sakkiz yuz ming) so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish