Mirzaev Dilshod Aminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy ta’minotining funksional ishonchliligini baholashning modellari va algoritmlari», 05.01.04–Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T352.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Hakimov Muftoh Hamidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy ta’minotining funksional ishonchliligini ta’minlash modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noravshan cheklangan avtomat ishlash jarayoni asosida funksional rad etish paydo bo‘lish rejimida dasturiy ta’minot ishlashining lingvistik sabab-oqibat modeli ishlab chiqilgan;
max-min kompozisiyaning ikki bosqichli matrisali jarayon ko‘rinishida ikkita noravshan sonlar ustida arifmetik amalni bajarishga yo‘l qo‘yuvchi, noravshan matematika amallarini bajarish algoritmi ishlab chiqilgan;
noravshan-to‘plam mulohazalari va noravshan mantiq apparati dasturiy majmualar ishlashini optimallash hamda mosligini modellash orqali takomillashtirilgan;
hisoblash mashinalari dasturiy ta’minotining ishonchliligini baholash algoritmi “turli holatlar umumiy soni – funksional rad etishlar soni” o‘zaro nisbatini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
funksional rad etish paydo bo‘lishida mavjud sabab-oqibat aloqalarni inobatga olish asosida ishonchlilik ko‘rsatkichini aniqlashga imkon beruvchi dasturiy ta’minot yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot-boshqaruv tizimlari dasturiy ta’minotining funksional ishonchliligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan modellar, algoritmlar va dasturiy vosita asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining dasturiy ta’minotida funksional rad etish paydo bo‘lishi jarayonida mavjud sabab-oqibat aloqalarni inobatga olish asosida axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy ta’minotining ishonchliligini baholash modellari va algoritmlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 33-8/8020-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida dasturiy tizim ishlashining har bir takrorlanishi 1 ms vaqt ichida davom etgan algoritm uchun to‘g‘ri tanilgan buyruqlar 87%ni tashkil etgan;
hisoblash mashinalari dasturiy ta’minotining ishonchliligini baholash algoritmini “turli holatlar umumiy soni – funksional rad etishlar soni” o‘zaro nisbatini aniqlash orqali dasturiy majmualarning avtomatlashtirilgan testlashini intellektual qo‘llab-quvvatlash vositalari hamda usullari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 33-8/8020-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xatoliklarni bashoratlash masalalarini echishda butun tizim 96% buyruqlarni to‘g‘ri tanish imkonini bergan;
axborot-boshqaruvchi tizimlar dasturiy ta’minotining ishlash jarayonida noravshan cheklangan avtomat ko‘rinishida tasavvur qilish texnologiyasi asosida funksional rad etish paydo bo‘lish rejimida tadqiq etilayotgan dasturiy mahsulot ishlashini imitatsiyalovchi ssenariyni ifoda etadigan lingvistik sabab-oqibat modeli «Black Rabbit» MChJda joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 26 oktyabrdagi 33-8/8020-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida xatoliklarning o‘tish ehtimolligi 8%ga qisqarish imkonini bergan.