Qurbonov Mirvohid Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «1-tip qandli diabet bilan kasallangan bolalarda o‘tkir o‘rta otitning klinik-immunologik kechish xususiyatlari», 14.00.04 – Otorinolaringologiya; 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4848.
Ilmiy rahbar: Nurov Ubaydullo Ibodullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Voxidov Ulug‘bek Nuridinovich, tibbiyot fanlari doktori; Mirraximova Maktuba Habibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qandli diabet 1-tipi bilan zararlangan bolalarda kasallikning klinik va immunologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkir o‘rta otitning davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bolalarda qandli diabet 1-tip kechishi og‘irligining turli darajalarida o‘tkir o‘rta otitning o‘ziga xos klinik alomatlarining kuchayishi (quloqdan yiring oqishi, bosh og‘rishi, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, vestibulyar buzilishlar, havo o‘tkazuvchanligining buzilishi, so‘rg‘ichsimon o‘siq kataklarida pnevmatizatsiyaning rivojlangan pasayishi) aniqlangan;
ilk bor quloqdan ajralayotgan mikrofloraning o‘ziga xos ko‘rinishlari, o‘tkir o‘rta otitning rivojlanishida asosiy kasallikning roli hamda ushbu agressiv aerob infeksiyasining paydo bo‘lishi organizmning umumiy qarshiligi va immunitet kuchlarining zaiflashishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir o‘rta otitning klinik belgilari, kechish darajasi, immun status, T-limfotsitlar (T-xelperlar (CD4+), T-supressorlar (CD8+)) miqdorining o‘zgarishi, tabiiy killerlarning (CD16+) ko‘payishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4ning oshishi va interferon gamma (IFN-γ) miqdorining kamayishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
ilk bor 1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishini oldini olish, immun tizimining hujayraviy, gumoral, sitokin, fagotsitoz ko‘rsatkichlarini faollashtirish, ikkilamchi immuntanqislikni kamaytirish va immun tizimini tiklovchi immunomodulyator (Immun-5) qo‘llashga asoslangan samarali immunoterapiya sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 10 martdagi №13/02 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk marotoba bolalarda qandli diabet 1-tip kechishi og‘irligining turli darajalarida o‘tkir o‘rta otitning o‘ziga xos klinik alomatlarining kuchayishi (quloqdan yiring oqishi, bosh og‘rishi, tana haroratining ko‘tarilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, vestibulyar buzilishlar, havo o‘tkazuvchanligining buzilishi, so‘rg‘ichsimon o‘siq kataklarida pnevmatizatsiyaning rivojlangan pasayishi) aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: bolalarda qandli diabet 1-tip kechishi og‘irligining turli darajalarida O‘O‘O klinik alomatlarini aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (06.02.2024 yil №17); Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (03.02.2024 yil №1); (15.05.2024 yil №3); Jondor tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (06.02.2024 yil №12); (01.05.2024 yil 1634-2-35-TB/2024-son)klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet 1-turi fonida o‘tkir otit bilan og‘rigan bolalarda immun reaktivligining holatini baholashning o‘rtacha qiymati to‘liq natijalari holati olingan. Iqtisodiy samaradorligi: iqtisodiy samaradorlik taklif etilgan uslubiy tavsiyanomani amaliyotda qo‘llash asosida ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorlik tahlilini o‘tkazishda taqqoslangan variantlar xarajatlarni minimallashtirish tahlilidan o‘laroq, katta yoki kamroq, lekin ekvivalent samaradorlik bilan tavsiflangan. Xulosa: shunday qilib, olingan natijalar ko‘rsatadiki, umumiy hujayraviy gumoral va ayniqsa, mahalliy-gumoral immunitetdagi buzilishlar qandli diabet 1-turi fonida O‘YO‘Oni bemorlarda shakllanishlariga kuchli salbiy ta’sir etadi va bundan tashqari, aksariyat kasallikni uzoq muddat bilan cho‘zilib va yashirin kechishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichlardan qandli diabet 1-turi fonida O‘YO‘Oning klinik shakllarini ajratib baholashda, kechishlarini oldindan bashoratlashda, bemorlarni dispanserizatsiya qilish-profilaktika guruhlariga olishda va nihoyat, davolash dasturlarini tuzish hamda samarali o‘tkazishda foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lishi aniqlangan.
ikkinchi ilmiy yangilik: quloqdan ajralayotgan mikrofloraning o‘ziga xos ko‘rinishlari, o‘tkir o‘rta otitning rivojlanishida asosiy kasallikning roli hamda ushbu agressiv aerob infeksiyasining paydo bo‘lishi organizmning umumiy qarshiligi va immunitet kuchlarining zaiflashishi bilan bog‘liqligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: quloqdan ajralayotgan mikrofloraning tarkibini hamda qondagi glyukoza miqdorini o‘rganish va O‘O‘O rivojlanishida asosiy kasallikning roli aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (06.02.2024 yil №17); Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (03.02.2024 yil №1); (15.05.2024 yil №3); Jondor tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (06.02.2024 yil №12); (01.05.2024 yil 1634-2-35-TB/2024-son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: asosiy kasallikning asoratlarini oldini olish, kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilganligi bemorlarning tezroq sog‘ayishi, bemor bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: ma’lumotlarning ishonchliligi darajasiga qarab tahlil o‘tkazishning maqsadga muvofiqligini baholash muhim. Xulosa: kuzatuvlar bo‘yicha bunday amaliyot bevosita amaliy ahamiyat kasb etib, qandli diabet 1-turi fonida O‘YO‘O bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirgan. Immunitetning hujayraviy, gumoral omillari va sitokin ko‘rsatkichlarining holatini o‘rganish uchun o‘tkazilgan immunologik tadqiqotlar bemor bolalarda asosiy immunitetni normallashtirish bilan og‘ir immunitet tanqisligi bilan tavsiflangan ba’zi o‘zgarishlar yoki xususiyatlarni aniqlashga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘tkir o‘rta otitning klinik belgilari, kechish darajasi, immun status, T-limfotsitlar (T-xelperlar (CD4+), T-supressorlar (CD8+)) miqdorining o‘zgarishi, tabiiy killerlarning (CD16+) ko‘payishi hamda yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-4ning oshishi va interferon gamma (IFN-γ) miqdorining kamayishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotoba, qandli diabet 1-tip fonida rivojlangan O‘O‘O bo‘lgan bemor bolalarda immun statusining holatini o‘rganish hamda bemorlarda hujayra immun va sitokin ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘liqlikni baholangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (06.02.2024 yil №17); Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (03.02.2024 yil №1); (15.05.2024 yil №3); Jondor tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (06.02.2024 yil №12); (01.05.2024 yil 1634-2-35-TB/2024-son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet 1-turi fonida o‘tkir otit bilan og‘rigan bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu yangilikning amaliyotga qo‘llash byudjet mablag‘larini sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Shunday qilib, tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma qandli diabet 1-turi fonida o‘tkir yiringli o‘rta otit bilan zararlangan bemor bolalarning immun va sitokin holatini baholash uchun klinik va immunologik tadqiqotlarda ushbu patologik holatning bemorlarning immun tizimiga ta’sirini qiyosiy baholashni o‘rganishga bag‘ishlangan. Xulosa: bemor qandli diabet 1-turi fonida o‘tkir otit bilan og‘rigan balalarda immun reaktivligining holatini baholashning o‘rtacha qiymati to‘liq natijalarini rivojlangan yallig‘lanish jarayonining rivojlanishi aniq T - va V-hujayraviy immun tanqisligini kuchaytiradi, bu T-limfotsitlarning immunoregulyasion subpopulyasiyalarining immunitet tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lib, CD4+ T hujayralari sonining aniq tanqisligi va CD8+ T-sitotoksik limfotsitlarning oshishi, SD25+ IL-2 reseptorlarining kamayishi kuzatilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: 1-tip qandli diabet bilan og‘rigan bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishini oldini olish, immun tizimining hujayraviy, gumoral, sitokin, fagotsitoz ko‘rsatkichlarini faollashtirish, ikkilamchi immuntanqislikni kamaytirish va immun tizimini tiklovchi immunomodulyator (Immun-5) qo‘llashga asoslangan samarali immunoterapiya sxemasi ishlab chiqilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotoba, immunoterapiyaning ratsional sxemalarini ishlab chiqish va immunokorrigirlovchi dori vositasining qandli diabet 1-tip fonidagi O‘O‘Oga uchragan bolalarda immunitet etishmasligini tuzatishga ta’sir etishini baholash va algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi buyrug‘i (06.02.2024 yil №17); Buxoro tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (03.02.2024 yil №1); (15.05.2024 yil №3); Jondor tuman tibbiyot birlashmasining buyrug‘i (06.02.2024 yil №12); (01.05.2024 yil 1634-2-35-TB/2024-son) klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kasallik oqibatini o‘z vaqtida bashorat qilishning takomillashtirilgani bemorlarning tezroq sog‘ayib ketishi, bemor bolalarning shifoxonada bo‘lish kunlarining qisqarishi, shu orqali bolalarning hayot sifati va ularning sog‘lomlashtirish holatini oshirish imkonini bergan. Bundan tashqari bemorlar immun tizimining holati to‘g‘risida to‘liq tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Iqtisodiy samaradorligi: shunday qilib, tavsiya etilgan uslubiy tavsiyanoma qandli diabet 1-turi fonida o‘tkir yiringli o‘rta otit bilan zararlangan bemor bolalarning immun va sitokin holatini baholash uchun klinik va immunologik tadqiqotlarda ushbu patologik holatning bemorlarning immun tizimiga ta’sirini qiyosiy baholashni o‘rganishga bag‘ishlangan. Natijada ushbu uslubiy tavsiyanoma immun tizimining holatini baholash uchun klinik va immunologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish imkonini berdi va shu bilan birgalikda bu ilmiy tadqiqotlar uchun uchun ajratilgan mablag‘ni tejash imkonini bergan. Xulosa: CD95+ apoptoz omil reseptorlarining ko‘payishi kuzatildi. Sitokin profilidagi qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, bolalarda qandli diabet 1-turi fonida o‘tkir otitda hujayraviy va gumoral va sitokinlarning o‘rtacha qiymati to‘liq natijalarini aniq yallig‘lanish jarayonining mavjudligi yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning aniq ko‘tarilishiga olib kelgan.