Bauetdinov Majit Janizaqovichning
fan doktori (DCs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning likvidliligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlash yo‘llari», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Iqt.274 
Ilmiy maslahatchi: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning likvidliligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashning metodologik va amaliy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank kreditlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, debitor qarzdorlikning aylanish tezligini oshirish, likvidli aktivlarning o‘sish sur’ati bilan joriy majburiyatlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning joriy likvidliligini (Lmin = 1,25) ta’minlash taklifi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimi barqarorligini (Kf = 0,50-0,75) oraliq chegarasida ta’minlash orqali ularning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish taklifi asoslangan;
korxonalarning rentabellik darajasini oshirishda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga tizimli tarzda integratsiyalash orqali mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish natijasida umumiy tushumdagi salmog‘ini pasaytirishning maqbul chegarasi (8% ≤ Tuts ≤  12%)ni ta’minlash orqali umumiy foyda hajmini oshirish va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish taklifi asoslangan; 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sof foydasi o‘sish sur’ati bilan aktivlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan aktivlarning rentabelligini oshirishning (ROAmin = 2,5%) maqbul darajasi asoslangan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “O‘zkimyosanoat” AJning 2030 yilga qadar aktivlar rentabelligining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida innovasion loyihalarni moliyalashtirishning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy va uslubiy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
bank kreditlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, debitor qarzdorlikning aylanish tezligini oshirish, likvidli aktivlarning o‘sish sur’ati bilan joriy majburiyatlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning joriy likvidliligini (Lmin = 1,25) ta’minlash taklifi “MAXAM-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (“MAXAM-Chirchiq” AJning 2024 yil 15 fevraldagi 30-2/31-son, “Navoiyazot” AJning 2025 yil 5 maydagi 15/27.08-son, Qoraqalpog‘iston Respublikasi moliya vazirligining 2023 yil 15 sentyabrdagi CU/09-08/3766-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MAXAM-Chirchiq» AJ va “Navoiyazot” AJda joriy aktivlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog‘i 2023 yilning birinchi choragi yakunida chorak boshiga nisbatan 20,4 foizli punktga oshgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida korxonalar o‘rtasidagi debitor qarzdorlikning hajmi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 1,6 foizga qisqargan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimi barqarorligini (Kf = 0,50-0,75) oraliq chegarasida ta’minlash orqali ularning moliyaviy barqarorlik darajasini oshirish taklifi “MAXAM-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“MAXAM-Chirchiq” AJning 2024 yil 15 fevraldagi 30-2/31-son, “Navoiyazot” AJning 2025 yil 5 maydagi 15/27.08-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MAXAM-Chirchiq” AJ va “Navoiyazot” AJning joriy aktivlari hajmida pul mablag‘larining salmog‘i 2023 yilning birinchi choragi yakunida chorak boshiga nisbatan 9,6 foizli punktga oshgan;
korxonalarning rentabellik darajasini oshirishda innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayoniga tizimli tarzda integratsiyalash orqali mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish natijasida umumiy tushumdagi salmog‘ini pasaytirishning maqbul chegarasi (8% ≤ Tuts ≤  12%)ni ta’minlash orqali umumiy foyda hajmini oshirish va aylanma mablag‘lardan samarali foydalanish taklifi “MAXAM-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJ hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan korxonalar amaliyotiga joriy etilgan (“MAXAM-Chirchiq” AJning 2024 yil 15 fevraldagi 30-2/31-son, “Navoiyazot” AJning 2025 yil 5 maydagi 15/27.08-son,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining 2023 yil 15 sentyabrdagi CU/09-08/3766-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MAXAM-Chirchiq” AJ, “Navoiyazot” AJning rentabelligi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 3,5 foizli punktga oshgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida korxonalar foydasi 2022 yilning yanvar`-noyabr` oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 101,0 foizga oshgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sof foydasi o‘sish sur’ati bilan aktivlarining o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash yo‘li bilan aktivlarning rentabelligini oshirishning (ROAmin = 2,5%) maqbul darajasi asoslash taklifi “MAXAM-Chirchiq” AJ,  “Navoiyazot” AJlari amaliyotiga joriy etilgan (“MAXAM-Chirchiq” AJning 2024 yil 15 fevraldagi 30-2/31-son va “Navoiyazot” AJning 2025 yil 5 maydagi 15/27.08-son ma’lumotnomalari). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “MAXAM-Chirchiq” AJ va “Navoiyazot” AJda sof foydaning miqdori 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 25,8 foizga oshgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “O‘zkimyosanoat” AJning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan aktivlar rentabelligining prognoz ko‘rsatkichlari “Navoiyazot” AJ amaliyotiga joriy etilgan (“Navoiyazot” AJning 2025 yil 5 maydagi 15/27.08-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zkimyosanoat” AJning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan aktivlar rentabelligining prognoz ko‘rsatkichlariga erishishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning likvidliligi va moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik holatini baholash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish