Rabbimov Muxriddin Musoqul o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm sohasini rivojlantirishda tabiiy turistik resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3438.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Safarov Bahodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01 
Rasmiy opponentlar:     Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Hamitov Mubin Xabibjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda tabiiy turistik resurslaridan samarali foydalanish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Respublikadagi suv omborlarining salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida xavfsizlik qoidalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik subektlari ishtirokida suv omborlarida turizm, savdo va ko‘ngilochar xizmatlarini tashkil etish va turistik marshrutlarga kiritish asosida har bir viloyatning “Tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqish va targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish asoslab berilgan;
hududlarda infratuzilmani yaxshilash va turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida ilmiy turizm, geoturizm va botanik turizm maskanlarini tashkil etish va targ‘ib etish maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari, ekomarkazlar, milliy tabiat bog‘lari va tabiat yodgorliklarini to‘liq aks ettiruvchi ekoturistik ro‘yxatni shakllantirish asosida “Natural tourist destinations” tabiiy turistik maskanlar xaritalarini tayyorlashi asoslangan;
hududlarda yangi turizm industriyasi obektlarini ko‘paytirish orqali qulay sayohat qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, ichki turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish, transport logistikasidagi mavjud muammolarni hal etish, soha uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida “Mavjud turizm mahsulotlarini taqdim etish” modelidan “Mijozga nima kerak” modeliga o‘tish usulidan foydalanish dalillangan;
hududlarning tabiy turistik salohiyatidan kelib chiqib, turizm va mehmondo‘stlik industriyasida turizm xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish bashorat ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblari asosida 2030-yilga qadar o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini rivojlantirishda tabiiy turistik resurslardan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmini takomilashtirish mavzusi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Respublikadagi suv omborlarining salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida xavfsizlik qoidalarini inobatga olgan holda tadbirkorlik subektlari ishtirokida suv omborlarida turizm, savdo va ko‘ngilochar xizmatlarini tashkil etish va turistik marshrutlarga kiritish asosida har bir viloyatning “Tashrif qog‘ozi”ni ishlab chiqish va targ‘ibotini tashkil qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6230-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tabiiy turistik resurslardan foydalanish va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatish hajmi ikki barobarga oshgan;
hududlarda infratuzilmani yaxshilash va turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘nalishida ilmiy turizm, geoturizm va botanik turizm maskanlarini tashkil etish va targ‘ib etish maqsadida o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari, ekomarkazlar, milliy tabiat bog‘lari va tabiat yodgorliklarini to‘liq aks ettiruvchi ekoturistik ro‘yxatni shakllantirish asosida “Natural tourist destinations” tabiiy turistik maskanlar xaritalarini tayyorlash bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish hamda zarur shart-sharoitlarni yaratish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6230-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tabiiy turistik resurslardan foydalanish holati hamda ekoturizm va rekreatsion turizmda mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatish hajmi 15 foizga oshgan;
hududlarda yangi turizm industriyasi obektlarini ko‘paytirish orqali qulay sayohat qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish, ichki turizm imkoniyatlarini yanada kengaytirish, transport logistikasidagi mavjud muammolarni hal etish, soha uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarni jalb qilish maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan asosida “Mavjud turizm mahsulotlarini taqdim etish” modelidan “Mijozga nima kerak” modeliga o‘tish bo‘yicha dalillangan usuli 2024 -yil 18-iyuldagi PF-102-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6230-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy mamlakatlar tajribalari o‘rganilib amaliyotga joriy qilindi, buning natijasida ichki va tashqi turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmi 1,5 marta oshgan;
hududlarning tabiy turistik salohiyatidan kelib chiqib, turizm va mehmondo‘stlik industriyasida turizm xizmatlarini rivojlantirish va sifatini oshirish bashorat ko‘rsatkichlarning hisob-kitoblari asosida 2030-yilga qadar o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2025-2030-yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (Turizm qo‘mitasining 2025-yil 11-iyuldagi 03-10-17-6230-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni amaliyotga joriy etish turizmga qo‘yilgan talablarni inobatga olgan holda tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish