Ruzmanov Dilshod Usmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm sohasini rivojlantirishda madaniy-tarixiy resurslardan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5621.2.PhD/Iqt1282
Ilmiy rahbar: Turdibekov Xasan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Abduxamidov Sarvar Athamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda madaniy-tarixiy resurslardan samarali foydalanish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va turistik oqimni oshirish maqsadida sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan madaniy meros ob’ektlarida xatlov o‘tkazish va ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatini shakllantirish asosida tarixiy-madaniy resurslar ob’ektini tadbirkorlik sub’ektlari bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida foydalanishga berish “Leasing of a cultural heritage property” usuli bo‘yicha taklif asoslangan;
turizm sohasiga oid barcha elektron tizim va platformalarni «Milliy turizm yagona platformasi» doirasida ishlab chiqish maqsadida sayyohlarga tashrif buyuradigan madaniy meros ob’ektlari, muzeylar va tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» kartasini joriy etish asosida tarixiy-madaniy resurslar ob’ektlarga kirish tizimiga ulash “Uzbek Museum Pass” modelidan fodalanish bo‘yicha taklif asoslangan;
ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi tashkilotlarga tashrif buyurish orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi ilmiy turizm yangi turini joriy qilish asosida mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish, turizm salohiyati yuqori hududlarda turistik xizmatlarni ko‘paytirish asosida “Scientific tourism in Uzbekistan” turistik marshrutni yo‘lga qo‘yish, unga mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
hududlarning turistik salohiyati va tarixiy-madaniy resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda turizm sohasini rivojlantirishda madaniy-tarixiy resurslardan samarali foydalanish usullarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va turistik oqimni oshirish maqsadida sayyohlar oqimi yuqori bo‘lgan madaniy meros ob’ektlarida xatlov o‘tkazish va ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatini shakllantirish asosida tarixiy-madaniy resurslar ob’ektini tadbirkorlik sub’ektlari bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida foydalanishga berish “Leasing of a cultural heritage property” usuli bo‘yicha asoslangan taklif 2025 yil 15 maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 03-10-17/9293-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik xizmatlar hajmini 15%ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
turizm sohasiga oid barcha elektron tizim va platformalarni «Milliy turizm yagona platformasi» doirasida ishlab chiqish maqsadida sayyohlarga tashrif buyuradigan madaniy meros ob’ektlari, muzeylar va tarixiy obidalarga kirish imkonini beradigan «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat» kartasini joriy etish asosida tarixiy-madaniy resurslar ob’ektlarga kirish tizimiga ulash “Uzbek Museum Pass” modelidan fodalanish bo‘yicha asoslangan taklif 2025 yil 15 maydagi PF-87-son “Xorijiy va mahalliy turistlar oqimini yanada oshirish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlarini kengaytirish” bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 03-10-17/9293-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy-madaniy resurs ob’ektlarida xizmat ko‘rsatish samaradorligini 12%ga oshirish imkoniyati dalillangan;
ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar, observatoriyalar hamda planetariylar, Fanlar akademiyasi va uning tizimidagi tashkilotlarga tashrif buyurish orqali fan va texnika yutuqlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi ilmiy turizm yangi turini joriy qilish asosida mahalliy va xorijiy turistlar uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish, turizm salohiyati yuqori hududlarda turistik xizmatlarni ko‘paytirish asosida “Scientific tourism in Uzbekistan” turistik marshrutni yo‘lga qo‘yish, unga mahalliy va xorijiy turistlarni jalb qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2024-yil 18-sentyabrdagi 582-son “Turizmning yangi turlarini joriy qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatidan samarali foydalanishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 03-10-17/9293-son ma’lumotnomasi). Natijada turistik ob’ektlarida yangi turdagi xizmat ko‘rsatish afzalliklari asoslangan;
hududlarning turistik salohiyati va tarixiy-madaniy resurslardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2030 yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2025-2030 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 12-sentyabrdagi 03-10-17/9293-son ma’lumotnomasi). Natijada kelgusi yillarda turistik majmualardan foydalanish asosida sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmining o‘sish ko‘rsatkichlari prognozi natijalariga ko‘ra 2030-yilga borib turistik majmualardan foydalanish asosida sohada yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 12%ga oshishi dalillangan.