Mirzaev Avaz Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Splayn-funksiyalar asosida signallarni raqamli ishlash algoritmlarni samaradorligini oshirish», 05.01.04–Xisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T970.
Ilmiy rahbar: Zaynidinov Xakimjon Nasiridinovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.27.06.2017.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori professor; Qaxxorov A’loxon Abrorovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kubik va bikubik splaynlar yordamida funksional bog‘lanishlarni raqamli ishlash algoritmlarining samaradorligini oshirish usullarini yaratish va dasturiy ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksiyalar va tajribadan olingan funksional bog‘lanishlarni yaqinlashtirish usullarini tadqiq qilish natijasida tanlab olingan signallar sinfi uchun splayn-funksiyalar usuli analitik tahlil natijasi asosida takomillashtirilgan;
avtomobil` qismlarini sinash jarayonidan olingan signallarni raqamli ishlashga mo‘ljallangan parallel algoritmlar ishlab chiqilgan;
kubik va bikubik bazisli splaynlar asosida vibro signallarni ko‘p yadroli protsessorlarda raqamli ishlashga mo‘ljallangan samarador algoritmlari yaratilgan;
bir va ikki o‘lchovli funksional bog‘lanishlarni splaynlar yordamida raqamli ishlash jarayonlarini modellashtirish uchun dasturiy ta’minot tuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
kubik va bikubik bazis splaynlar yordamida funksional bog‘lanishlarni raqamli ishlash jarayonlarining samaradorligini oshirish algoritmlari va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
splayn-usullar asosida ma’lumotlarni raqamli ishlash va silliqlash algoritmi «GM-Uzbekistan» aksiyadorlik kompaniyasida joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 33-8/9165-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan algoritm va tizim hisoblashlarga ketadigan vaqtni 12%ga, natijalarni hujjatlashtirish vaqtini 26%ga va xatoliklarni 7–15%ga qisqartish, ishlab chiqarish samaradorligini 40–45%ga oshirish imkonini bergan;
seysmik signallarni splayn usulida tahlil qilish va raqamli ishlashga mo‘ljallangan, qurilmalarning ishlash jarayonida seysmik tebranishlarni nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan algoritm «GM-Uzbekistan» aksiyadorlik kompaniyasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 33-8/9165-son ma’lumotnomasi). Natijada hisoblashlarga sarflanadigan vaqt 14%ga, natijalarni hujjatlashtirish vaqtini 25%ga qisqartirish imkonini bergan;
avtomobil` qismlarini sinash jarayonidan olingan vibro signallarni kubik va bikubik bazisli splaynlar usulda raqamli ishlash uchun mo‘ljallangan algoritm «UMID UCHKUNI AUTO» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 33-8/9165-son ma’lumotnomasi). Natijasida avtomobil qismlaridagi nosozliklarni aniqlash 15%ga oshirish, dasturiy ta’minot hisoblash jarayonlari 4-5 barobarga kamaytirish imkonini bergan;
kubik va bikubik bazisli splaynlar asosida vibro signallarni ko‘p yadroli protsessorlarda raqamli ishlashga mo‘ljallangan samarador algoritm «TOP TRANSPORT TASHKENT» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 33-8/9165-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil` qismlaridagi nosozliklarini topish aniqligini 18%ga oshirish, natijalar aniqligi 15%ga oshirish, dasturiy ta’minot hisoblash jarayonlariga sarflanadigan vaqt 2–4 barobarga kamaytirish imkonini bergan.