Abdukadirova Nodira Miranvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator sharoitiida COVID-19 va miokard infarkti bilan og‘rigan keksa yoshli bemorlarda kasallik asoratlarining profilaktikasi», 14.00.06 - Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib 3138.
Ilmiy raxbar:Tulaboeva Gavxar Mirokborovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01. 
Rasmiy opponentlar: Xamidullaeva Gul`naz Abdusattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Abduqodir Kenjaevich, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.  
II. Tadqiqotning maqsadi: 
COVID-19 infeksiyasini boshdan kechirgan miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda yurak-qon tomir tizimi faoliyati, yondosh xastaliklar, laborator-instrumental ko‘rsatkichlar va uzoq muddatli klinik natijalarni tahlil qilish orqali ularni xavf guruhlariga ajratish hamda individual davolash va profilaktika choralarini ilmiy asosda ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan va miokard infarkti rivojlangan keksa yoshli bemorlarda arterial gipertoniya, qandli diabet, dislipidemiya va surunkali yurak etishmovchiligining bir vaqtda uchrashi, infeksiyaning og‘ir va asoratli klinik kechishiga manfiy ta`siri aniqlangan;
ilk bor COVID-19 infeksiyasini keksa bemorlarda miokard infarktining sezilarli darajada miokardning old devorini zararlanishi va miokardi infarktini Q tishchali shaklini rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri roli aniqlangan;
COVID-19 va miokard infarktini boshdan kechirgan keksa yoshli bemorlarda yallig‘lanish va giperkoagulyasiya jarayonlarining 6 oydan keyin ham saqlanib qolishi, kasallikning asoratlarini yuzaga kelishida va qayta revaskulyarizatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishida asosiy sababchilaridan biri bo‘lib qolishi aniqlangan;
COVID-19 fonida miokard infarkti rivojlangan bemorlarda klinik, laborator va anamnez ma’lumotlari asosida individual xavf darajasini baholash va bosqichli kuzatuv va davolash choralari ilmiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 22 maydagi 18-sonli yig‘ilishi bayonnomasiga asosan, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha №18/30-sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasini o‘tkazgan va miokard infarkti rivojlangan keksa yoshli bemorlarda arterial gipertoniya, qandli diabet, dislipidemiya va surunkali yurak etishmovchiligining bir vaqtda uchrashi, infeksiyaning og‘ir va asoratli klinik kechishiga manfiy ta`siri aniqlangan. Ushbu holat yuqori darajadagi komorbidlik COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi bilan yaqindan bog‘liq ekanligini ko‘rsatilgan bo‘lib, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 26 maydagi 9-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 va miokard infarkti asoratlari profilaktikasining samaradorligi» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21266-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent shahrining Mirobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2024 yil 5 iyundagi 41-sonli buyruq hamda Buxoro viloyatining Kogon tumani tibbiyot birlashmasida 2024 yil 14 yanvardagi 18/1-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi miokard infarkti va COVID-19 bo‘lgan bemorlarda diagnostikaga e’tiborlik bilan yondoshish, davolash jarayonida bemorlarda qayd etilgan yuqori komorbidlikni inobatga olish bemorlarni shifokorlarga qayta murojaat qilishi, takroriy kasalxonaga yotishi, o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon yaratib beradi. Iqtisodiy samaradorligi: miokard infarktini boshdan o‘tkazgan bemorlarning davolanishiga kerakli yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar yoki amaliyotlar uchun sarflanadigan mablag‘ sezilarli darajada yuqori bo‘ladi. Bemorlarda qon bosimi, qand va xolesterin miqdorini nazorat qilish va yurakning instrumental diagnostikasini tavsiyalarga ko‘ra amalga oshirish, COVID-19 bilan og‘rigan bemorlarda immunitetni mustahkamlash va yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan davolashni davom ettirish natijasida o‘rtacha 650000 so‘mdan 780000 so‘mgacha mablag‘ tejab qolindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 infeksiyasini keksa bemorlarda miokard infarktining sezilarli darajada miokardning old devorini zararlanishi va miokardi infarktini Q tishchali shaklini rivojlanishiga to‘g‘ridan to‘g‘ri roli aniqlangan. Bu holat COVID-19 yurak to‘qimalariga maqsadli ta’siri va ishemik jarohatlarning rivojlanishidagi roli mavjud ekanligi isbotlangan. Bu ilmiy yangilikdan kelib chiqqan holda tavsiya etilgan takliflar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 26 maydagi 9-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 va miokard infarkti asoratlari profilaktikasining samaradorligi» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21266-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent shahrining Mirobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2024 yil 5 iyundagi 41-sonli buyruq hamda Buxoro viloyatining Kogon tumani tibbiyot birlashmasida 2024 yil 14 yanvardagi 18/1-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19ni boshdan kechirgan bemorlar uchun laborator diagnostika va davolash ishlarining takomillashtirilishi, shifokorlarning xalqaro tavsiyalarga muvofiq harakat qilishi orqali tibbiyot sohasidagi professionallik darajasi oshib, sog‘liqni saqlash tizimi yanada samarali bo‘ladi. Muolaja va diagnostika jarayonlari sifatini oshirish aholi o‘rtasida sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan ishonchni mustahkamlaydi, bu esa o‘z navbatida profilaktika chora-tadbirlariga rioya qilish darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Profilaktik tadbirlar orqali bemorlar hayotiga xavf tug‘diruvchi asoratlarni kamaytirish, ularning shifokorlarga qayta murojaatlari va klinikalarga takroriy yotqizilishlari sonini kamaytirish bilan tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 750000 so‘mgacha qisqartirish imkoniyati aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 va miokard infarktini boshdan kechirgan keksa yoshli bemorlarda yallig‘lanish va giperkoagulyasiya jarayonlarining 6 oydan keyin ham saqlanib qolishi, kasallikning asoratlarini yuzaga kelishida va qayta revaskulyarizatsiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishida asosiy sababchilaridan biri bo‘lib qolishi aniqlangan bo‘lib olingan barcha takliflar va tavsiyalar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 26 maydagi 9-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 va miokard infarkti asoratlari profilaktikasining samaradorligi» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21266-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent shahrining Mirobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2024 yil 5 iyundagi 41-sonli buyruq hamda Buxoro viloyatining Kogon tumani tibbiyot birlashmasida 2024 yil 14 yanvardagi 18/1-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19ni boshdan kechirgan bemorlarga nisbatan laborator diagnostika va davolash usullarini yanada takomillashtirish, hamda shifokorlarning xalqaro klinik tavsiyalarga tayanadigan yondashuvi tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga va sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligini kuchaytirishga zamin yaratadi. Diagnostika va muolajalar sifati yuqori bo‘lishi aholi orasida tibbiyotga bo‘lgan ishonchni oshirib, profilaktik tadbirlarga rioya etishga bo‘lgan yondashuvni kuchaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: Profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bemorlarda hayot uchun xavfli asoratlarning oldini olish, shifokorlarga takroriy murojaatlar va klinikaga qayta yotqizilish holatlarini kamaytirish mumkin bo‘lib, bu esa tibbiy xizmat ko‘rsatish xarajatlarini bitta bemor uchun taxminan 2000000 so‘mgacha kamaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 fonida miokard infarkti rivojlangan bemorlarda klinik, laborator va anamnez ma’lumotlari asosida individual xavf darajasini baholash va bosqichli kuzatuv va davolash choralari ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib olingan barcha takliflar va tavsiyalar Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 26 maydagi 9-son bayonnoma bilan tasdiqlangan «COVID-19 va miokard infarkti asoratlari profilaktikasining samaradorligi» mavzusida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 dekabrdagi 08-09/21266-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent shahrining Mirobod tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida 2024 yil 5 iyundagi 41-sonli buyruq hamda Buxoro viloyatining Kogon tumani tibbiyot birlashmasida 2024 yil 14 yanvardagi 18/1-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 fonida miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarda xavf darajasini individual baholash va guruhlarga ajratish orqali klinik asoratlarning oldi olinib, shifokorga murojaatlar va takroriy gospitalizatsiyalar soni kamayadi. Bu tibbiy xizmatlar yukini engillashtiradi, aholida sog‘liqni saqlash tizimiga ishonchni oshiradi va profilaktikaga rioya qilish darajasini kuchaytiradi. Shu bilan birga, bemorlarning hayot sifati yaxshilanib, ish qobiliyati tiklanadi, bu esa ijtimoiy samaradorlikka xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: COVID-19 fonida miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarda xavf darajasini individual baholash va mos algoritm asosida davolash orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Bir nafar bemor uchun qayta gospitalizatsiya holatlarining oldini olish orqali 1500000 so‘m, ortiqcha laborator tahlillar va dori-darmon xarajatlarini qisqartirish orqali yana 750000 so‘m, infarktdan keyingi kech asoratlar (masalan, qayta revaskulyarizatsiya) ehtiyojining kamayishi hisobidan esa 10 million so‘m tejash imkoniyatini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish