Borisova Elena Anatolevnaning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Razvitie navikov priemlemogo riska u studentov texnicheskogo visshego obrazovatel`nogo uchrejdeniya na osnove interaktivnix keysov”, 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Petrosova Larisa Ivanovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi texnik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun interaktiv keyslar yordamida maqbul tavakkalchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Hayot xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida interfaol keys-topshiriqlardan foydalanish metodikasining pedagogik imkoniyatlari transdissiplinar ta’hsilot ekotizimi, kiber-fizik ta’lim muhitida kognitiv va kasbiy kompetensiyalar generatsiyasi va blokli orqali verifikatsiyalangan o‘quv jarayonlari asosida takomillashtirilgan;
“Hayot xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida maqbul xavf ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi didaktik vositalar aqlli va moslashuvchan ta’lim muhitida qaror qabul qilish va murakkab vaziyatlarda harakat algoritmlarini optimallashtirish, shaxsiylashtirilgan o‘qitish orqali inson kapitali salohiyatini oshirish imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida Django muhitidagi MVC arxitekturasi asosida raqamli ta’lim muhitiga mo‘ljallangan interfaol keys-ssenariylar yordamida takomillashtirish taklif etilgan;
“Hayot xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning hayot faoliyati xavfsizligiga oid kasbiy kompetensiyalari immersiv raqamli platformalar, ma’lumotlarni tahlili orqali real vaziyatlarni modellashtirish hamda shaxsiylashtirilgan baholash mexanizmi asosida takomillashtirilgan;
Talabalarda interfaol keyslar asosida maqbul xavf ko‘nikmalarini rivojlantirish uslubi ta’lim natijalarini monitoring va shaxsiy bilimlarni baholash mexanizmini adaptiv testlash hamda raqamli trekingni qamrab olgan learning-analytics texnologiyalarini integratsiya qilish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy natijalar asosida texnik oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun interfaol keyslarga tayangan holda maqbul xavf ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan:
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitish jarayonida interfaol keys-topshiriqlardan foydalanish metodikasining takomillashgan pedagogik imkoniyatlariga oid tavsiyalar transdisiplinar ta’lim ekotizimi, kiber-fizik ta’lim muhitida kognitiv va kasbiy kompetensiyalarni generatsiya qilish hamda blokli o‘quv jarayonlari orqali verifikatsiya qilish asosida ishlab chiqilib, “Masofaviy elektron o‘qitishni loyihalash va bilimlar sifatini nazorat qilish” mavzusidagi №S-PF-8 loyihasi (2018–2021 yy.) mazmuniga kiritilgan (2024-yil 14-iyun sanasidagi YangieR filiali Tashkent kimyo-texnologiya instituti (TXTI) akti). Natijada, dasturiy ta’minotni intellektuallashtirish hisobiga talabalarning maqbul xavf ko‘nikmalarini o‘zlashtirish samaradorligi 13 % ga oshirildi;
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitishda maqbul xavf ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan didaktik vositalarni takomillashtirishga oid tavsiyalar Django muhitidagi MVC arxitekturasi asosida raqamli ta’lim muhitiga mo‘ljallangan interfaol keyslar orqali ishlab chiqilib, “3D texnologiyalar asosida axborot texnologiyalari milliy virtual universiteti tizimini yaratish” loyihasi IL-4721071198 (2022–2023 yy.) mazmuniga kiritilgan (2024-yil 19-iyun sanasidagi Namangan muhandislik-qurilish instituti (NISI) akti). Natijada maqbul xavf ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini avtomatlashtirish darajasi 12 % ga oshirildi;
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitishda bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga oid tavsiyalar immersiv raqamli platformalardan foydalanish, ma’lumotlarni tahlil qilish orqali real vaziyatlarni modellashtirish hamda shaxsiylashtirilgan baholash mexanizmi asosida ishlab chiqilib, “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (2024-yil 12-mart sanasidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Islom Karimov nomidagi (TGTU) akti). Natijada texnik oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida maqbul xavf bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar darajasi 13 % ga oshirildi;
talabalarda interfaol keyslarga asoslangan holda xavfni optimal qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish metodlarini takomillashtirishga oid tavsiyalar learning-analytics texnologiyalarini integratsiya qilish (ta’lim natijalarini monitoring qilish, shaxsiylashtirilgan bilimlarni baholash mexanizmi, adaptiv testlash va raqamli trekingni qamrab oluvchi) asosida ishlab chiqilib, “Elektr o‘rnatmalarida texnika xavfsizligi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga kiritilgan (2024-yil 26-iyun sanasidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) akti). Natijada texnik oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida maqbul xavf ko‘nikmalari darajasi 11 % ga oshirildi.