Gimazutdinov Radik Galimovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badminton sportiga o‘rgatish uslubiyati”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped3968.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Mardanov Shukurullo Kuldashevich pedagogika fanlari doktori, professor.
Xolmurodov Laziz Zarifboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Mavlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Ibroximov Sanjar Urunbaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida boshlang‘ish sinf o’quvshilarini badminton srort turining dastlabki texnik harakatlariga o‘rgatish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badminton sport turining dastlabki texnik elementlariga o‘rgatish uchun volon bilan janglorlik, raketkaning ochiq tomoni bilan, pastdan va yuqoridan zarba berish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan (volonga aylanma zarba berish, yassi uzatish va yassi zarba berish kabi) maxsus mashqlarni kiritish hisobiga harakatlarni aniq bajarish imkoniyatlari oshirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun tanishuv, bazaviy, chuqurlashtirilgan, amaliy va mustahkamlash o‘rgatish bosqichlari bo‘yicha maydonda tezkor harakatlanish hamda juftlik va yakkalik o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan murakkab koordinatsion (180 va 360 gradusga sakrab aylanib volonga zarba berish kabi) mashqlarni kiritish hisobiga musobaqa ko‘nikmalari shakllantirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini moderinzatsiyalash uchun badminton sportining maxsus harakatlarini fundamental asosni o‘z ichiga olgan maqsadli, metodologik, mazmunli va tashkiliy-uslubiy komponentlarni sensetiv davrlariga muvofiq geteraxron rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelni ishlab chiqish hisobiga tayyorgarlik tizimi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badminton sportiga adaptatsiya qilish uchun tayyorgarlik bosqichlariga mos ravishda texnik harakatlarni rivojlantirish ko‘rsatkichlariga refleksiv murakkablik darajalariga ko‘ra (fiziologik-individual) moslashtirish hisobiga amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish jarayoni optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ish sinf o’quvshilarining yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda badminton srortiga o‘rgatish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishidan olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini badminton sport turining dastlabki texnik elementlariga o‘rgatish uchun volon bilan janglorlik, raketkaning ochiq tomoni bilan, pastdan va yuqoridan zarba berish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan (volonga aylanma zarba berish, yassi uzatish va yassi zarba berish kabi) maxsus mashqlarni mashg‘ulotlar jarayonida qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsdan tashqari “Yosh badmintonchi” to‘garagiga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2023-yil 15-iyundagi 01/11-01/1-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, badminton sportining texnik elementlarini o‘zlashtirish darajasi 11,4%ga oshgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uchun tanishuv, bazaviy, chuqurlashtirilgan, amaliy va mustahkamlash o‘rgatish bosqichlari bo‘yicha maydonda tezkor harakatlanish hamda juftlik va yakkalik o‘yin ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan murakkab koordinatsion (180 va 360 gradusga sakrab aylanib volonga zarba berish kabi) mashqlarni qo‘llash uslubiyati “Bolalarni badmintonga o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi № 232-son buyrug‘iga asosan 232-636-son nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarning harakat faolligi 9,7%ga yaxshilangan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini moderinzatsiyalash uchun badminton sportining maxsus harakatlarini fundamental asosni o‘z ichiga olgan maqsadli, metodologik, mazmunli va tashkiliy-uslubiy komponentlarni sensetiv davrlariga muvofiq geteraxron rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modeldan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Andijon, Toshkent, Surxondaryo viloyatlarining umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinf jismoniy tarbiya darslarida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi respublika ta’lim markazining 2023-yil 15-iyundagi 01/11-01/1-526-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumiy jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 12,6% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi 13,4% oshishiga erishilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badminton sportiga adaptatsiya qilish uchun tayyorgarlik bosqichlariga mos ravishda texnik harakatlarni rivojlantirish ko‘rsatkichlariga refleksiv murakkablik darajalariga ko‘ra (fiziologik-individual) moslashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bolalarni badmintonga o‘rgatish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi № 232-son buyrug‘iga asosan 232-636-son nashr guvohnomasi). Natijada, o‘quvchilarining badminton sport turi texnik elementlarini to‘g‘ri bajarish imkoniyati 14,2% ga yaxshilangan.