Djalimbetov Musa Ayapbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Salatbop va barg sholg‘omning morfo-biologik xususiyatlari hamda hosildorligiga bahorgi va yozgi ekish muddatlarining ta’sirini aniqlash (Qoraqalpog‘iston sharoitida)”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx1259
Ilmiy rahbar: Dusmuratova Saodat Ismailovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
Rasmiy opponentlar: Asadov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Saparniyazov Inomjan Artiqbaevich qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida noanʼanaviy sabzavotlar salatbop va barg sholg‘omning morfo-biologik xususiyatlarini o‘rganish hamda hosildorligiga bahorgi va yozgi ekish muddatlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida noanʼanaviy ekinlardan hisoblangan salatbop va barg sholg‘om har tomonlama o‘rganilib, morfologik, biologik xususiyatlari va ularning qimmatli xo‘jalik muhim belgilari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitida salatbop va barg sholg‘om urug‘larining dala unuvchanligi aniqlangan;
salatbop sholg‘omning Gulshod va barg sholg‘omning Darmon navlarini bahorgi mavsumda 4 ta (1 aprel, 10 aprel (nazorat), 20 aprel, 1 may), yozgi mavsumda 4 ta (20 iyul, 1 avgust (nazorat), 10 avgust, 20 avgust) ekish muddatlarining o‘simliklarlarning o‘sib-rivojlanishi hamda hosildorligiga turlicha ta’siri isbotlangan.
salatbop va barg sholg‘omning bahorgi mavsumda 20 aprelda, yozgi mavsumda salatbop sholg‘omni 1-10 avgustda, barg sholg‘omni 20 iyulda eng maqbul ekish muddatlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida bahorgi va yozgi mavsumda turli muddatlarda ekilgan salatbop sholg‘om barglari va ildizmevalari, barg sholg‘om barglarining biokimyoviy tarkibi laboratoriya tahlillari asosida aniqlangan;
bahorgi va yozgi maqbul ekish muddatlarida etishtirilgan salatbop va barg sholg‘omdan yuqori daromad olishda iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida salatbop sholg‘om va barg sholg‘omni bahorgi va yozgi mavsumda maqbul ekish muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida yangi ekinlar – salatbop sholg‘om va barg sholg‘omning morfo-biologik xususiyatlari hamda qimmatli xo‘jalik belgilari baholash, bahorgi va yozgi mavsumda maqbul ekish muddatlari aniqlanib  Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-309-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida sabzavotchilikka ixtisoslashgan er maydonlarida salatbop sholg‘omning Gulshod navi va barg sholg‘omning Darmon navlarini etishtirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida salatbop va barg sholg‘omni bahorgi mavsumda 20 aprelda, yozgi mavsumda salatbop sholg‘omni 1-10 avgustda, barg sholg‘omni 20 iyulda ekish muddatlari  Amudaryo tumanidagi  “Matnazarov Sodiqbek” va “Azimjon-Voysak” fermer xo‘jaliklarida jami 3,01 gektar, Chimboy tumanidagi “Alaqamba” va “Qonis-Ilham” fermer xo‘jaliklarida jami 2,36 gektar va Nukus tumanidagi “Ayperiy Sarbiy” va “Orazbaev J” fermer xo‘jaliklarida jami 2,43 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-309-son ma’lumotnomasi). Natijada bahorgi muddatda salatbop sholg‘omning Gulshod navidan – 39,1 t/ga, barg sholg‘omning Darmon navidan 16,2 t/ga, mos ravishda yozgi ekish muddatida – 42,01 va 19,9 t/ga hosil etishtirilgan, bunda nazoratga nisbatan 2,7-2,9 t/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida salatbop va barg  sholg‘omning bahorgi hamda yozgi mavsumda etishtirishning iqtisodiy samaradorligi aniqlangan va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi  “Matnazarov Sodiqbek” va “Azimjon-Voysak” fermer xo‘jaliklarida jami 3,01 gektar, Chimboy tumanidagi “Alaqamba” va “Qonis-Ilham” fermer xo‘jaliklarida jami 2,36 gektar va Nukus tumanidagi “Ayperiy Sarbiy” va “Orazbaev J” fermer xo‘jaliklarida jami 2,43 gektar maydondaga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 9 apreldagi 05/06-02-309-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida salatbob sholg‘omning Gulshod navini bahorgi muddatda etishtirishda har bir gektar hisobidan 24,201 ming. so‘m, yozgi muddatda – 26,479 ming. so‘m, barg sholg‘omning Darmon navini bahorgi muddatda etishtirishda – 17,852 ming. so‘m, yozgi muddatda – 22,277 ming. so‘m o‘rtacha daromad olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish