To‘raev Fazliddin Sadriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘n ikki barmoqli ichakning yoshga oid morfofunksional xususiyatlari va uning etil spirti ta’sirida o‘zgarishlari (tajribada)” 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2639
Ilmiy rahbar: Il`yasov Aziz Saidmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Oripov Firdavs Suratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenezda oq zotsiz kalamushlarda o‘n ikki barmoqli ichakning normal sharoitda, spirtli ichimliklar ta’sirida hamda qora sedana moyi bilan korreksiya qilingan holatdagi morfofunksional xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor kalamush o‘n ikki barmoqli ichak bukilma sohalari burchak darajalari o‘lchanib, eng o‘tkir burchak 12 oylikda o‘n ikki barmoq - och ichak bukilma burchagi (36°), eng o‘tmas burchak yangi tug‘ilgan kalamushlarda jigar osti bukilma burchagi (160°) ekanligi ilmiy isbotlangan;
o‘n ikki barmoq ichak bukilma soxasida mushak qatlami kollagen tola tutamlari sirkulyar va bo‘ylama mushak tolalarini qovuzloq shaklida o‘rab, bukilma yaqinidagi sohalarga nisbatan birmuncha mustahkam yaxlit mushakli jom hosil qilishi bukilmalarning antireflyuks ahamiyatining morfologik asosi ekanligi birinchi marta isbotlangan;
o‘n ikki barmoqli ichak bukilma sohalaridagi devor qavatlari, kollagen tola tutamlari, epiteliya hujayralari, bakalsimon xujayralar, xususiy plastinkadagi limfotsitlar etil spirti bilan turli muddatli zaharlanishda o‘rganilgan va qora sedana moyining himoyaviy roli morfologik asoslangan;
etil spirti ta’sirida kalamushlarning o‘n ikki barmoqli ichagi bukilma sohasidagi devor qatlamlarining immungistokimyoviy tahlilida vimentin bilan bo‘yalish intensivligi oshishi, desmin bilan bo‘yalish esa pasayishi, shuningdek, etil spirti bilan birgalikda qo‘llanilgan qora sedana moyi ushbu o‘zgarishlarni yumshatib, immungistokimyoviy markerlar ekspressiyasini nisbatan barqaror holda saqlab qolishi ilk marotaba asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi:
O‘n ikki barmoqli ichakning yoshga oid morfofunksional xususiyatlari va uning etil spirti ta’sirida o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk kalamush o‘n ikki barmoqli ichagining makroskopik ko‘rsatkichlarining yoshga doir rivojlanish dinamikasi, bukilmalarning burchak darajalari, anatomo- topografik xususiyatlari va bukilma darajalarining o‘zgarish qonuniyatlari taxlili bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 30 sentyabrdagi 23-M/103- son xulosasi bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya organosoxranyayushhix operatsiy putem izucheniya makroanatomicheskix osobennostey dvenadsatiperstnoy kishki u kris» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining №42-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasining № 312-2-42-TV/2025 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (ITK ning 17.07.2025 yildagi № 22/24 sonli tasdig‘i). Ijtimoiy samaradorligi: o‘n ikki barmoq ichak bukilma sohalarining yoshga xos rivojlanish dinamikasida aniqlangan qonuniyatlar aholiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish darajasini yanada yaxshilash, prognozlash va ilmiy o‘ylangan samarali usullar orqali jarroxlik amaliyotlarida organ saqlash operatsiyalarini o‘tkazish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: etil spirti ta’sirida kelib chiqqan o‘n ikki barmoq ichakdagi funksional o‘zgarishlarni tadqiq qilish, ularni aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 185000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 125000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoq ichak bukilma soxasi mushak qatlami kollagen tola tutamlari bo‘ylama va sirkulyar mushak tolalarini qovuzloq shaklida o‘rab yaxlit mushakli jomni hosil qilishi, bukilmagacha bo‘lgan sohada mushak qavatining kollagen tola tutamlari qovuzloqlari yupqa va siyrak, bukilmadan keyingi sohada esa bukilmagacha sohaga nisbatan qalin va zich joylashgan bo‘lib, ularning antireflyuks ahamiyati bo‘yicha takliflar Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 30 sentyabrdagi 23-M/103- son xulosasi bilan tasdiqlangan «Optimizatsiya organosoxranyayushhix operatsiy putem izucheniya makroanatomicheskix osobennostey dvenadsatiperstnoy kishki u kris» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining №42-sonli buyrug‘i bilan, Buxoro shaxar tibbiyot birlashmasining №312-2-42-TV/2025 sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (ITK ning 17.07.2025 yildagi № 22/24 sonli tasdig‘i). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali al`kogolizmning o‘n ikki barmoqli ichak biometrik parametrlariga ta’sirining aniqlangan qonuniyatlari aholiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish darajasini yanada yaxshilash, prognozlash va ilmiy o‘ylangan samarali usullar orqali davolash imkonini berdi. Bundan tashqari bu ma’lumotlar klinikada turli yosh guruhlari uchun differensial terapiya strategiyalarini ishlab chiqish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: etil spirti ta’sirida kelib chiqqan o‘n ikki barmoq ichakdagi funksional o‘zgarishlarni tadqiq qilish, ularni aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 205000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 135000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichak bukilma sohasidagi devor qavatlari, kollagen tola tutamlari, epiteliya hujayralari spirtli ichimliklar bilan surunkali zaxarlanishda o‘rganilgan va qora sedana moyining morfologik asoslangan himoyaviy ahamiyati bo‘yicha takliflar berilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali al`kogolizmning o‘n ikki barmoqli ichak biometrik parametrlariga ta’sirida olingan natijalar alkogol bilan bog‘liq kasalliklarni oldini olish dasturlariga asos bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek aholiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish darajasini yanada yaxshilash, prognozlash va ilmiy o‘ylangan samarali usullar orqali davolash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: etil spirti ta’sirida kelib chiqqan o‘n ikki barmoq ichakdagi funksional o‘zgarishlarni tadqiq qilish, ularni aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 145000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 125000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘n ikki barmoqli ichak bukilma sohasidagi devor qatlamlarining etil spirti ta’sirida kuzatiladigan patomorfologik o‘zgarishlarini immungistokimyoviy - desmin va vimentin markerlarini qo‘llash orqali aniqlangan ma’lumotlar ahamiyati bo‘yicha takliflar berilgan. Ijtimoiy samaradorligi: surunkali al`kogolizmning o‘n ikki barmoqli ichak biometrik parametrlariga ta’sirining aniqlangan qonuniyatlari aholiga o‘z vaqtida tashxis qo‘yish darajasini yanada yaxshilash, prognozlash va ilmiy o‘ylangan samarali usullar orqali davolash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: etil spirti ta’sirida kelib chiqqan o‘n ikki barmoq ichakdagi funksional o‘zgarishlarni tadqiq qilish, ularni aniqlash va baholash natijasida diagnostika usullarini takomillashtirish orqali 1 nafar bemor xisobiga 135000 so‘mga byudjet mablag‘larini, byudjetdan tashqari mablag‘larni 115000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.