Bekturdiev G‘ulom Quvondiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’minlagichni takomillashtirish orqali arrali jinni samaradorligini oshirish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/T2912
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘rozov Mustafoqul Qulto‘raevich, texnika fanlari doktori, dotsent. Pardaev Xonimkul Normamatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’minlagich-tozalagichni takomillashtirish orqali paxtani samarali tozalash va jinlash texnologiyasini ta’minlaydigan arrali jinni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jinda paxtani mayda iflosliklardan tozalashda paxta sifatini yaxshilash bilan tozalash samaradorligini oshiradigan yangi konstruksiyali qoziqli baraban plankasini shaxmat shaklida uygan holda va barabandagi qoziqlar sonini kamaytirgan holda ishlab chiqilgan;
tozalash zonasida oqimdagi paxtadan mayda iflosliklarni ajralish jarayonining jadallashishi, barabandagi qoziqlar zarbasi ta’sirida paxtaning to‘rli yuza sirtidagi zichligiga va bosim kuchiga bog‘liqlik tenglamasi paxta bo‘lakchasi tezligini kamayish koeffisenti asosida aniqlangan;
yangi konstruksiyali qoziqli barabanda paxta oqimini to‘rli yuza yoyi bo‘ylab tozalanishida qoziqlar zarba kuchi hisobiga oqimni bosimi, zichligi va tezligini o‘zgarishi yuzaga kelishi bilan bosim va zichlikning kamayishi, tezlikning esa oshishi paxtani birinchi seksiyadan ikkinchi seksiyaga o‘tishida titilishi hisobiga yuzaga kelganligi Eyler tenglamasi va stasionar xarakati uchun massani saqlanish holatini inobatga olgan holda aniqlangan;
paxtani mayda iflosliklardan tozalash va jinlashda, tozalash samaradorligining, jin ish unumdorligining va mahsulotlar sifatining oshishi qoziqli baraban aylanasi bo‘ylab qoziqlar soni va qoziqlar bilan to‘rli yuza oraliq masofasiga bog‘liqligi regression teglamaga asosan o‘rnatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta- to‘qimachilik klasteri paxta tozalash korxonalarida paxtani mayda iflosliklardan jinda tozalash va jinlashda samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jinni o‘zida paxtani mayda iflosliklardan tozalash va jinlash texnologiyasi va uskunasi «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Sirdaryo viloyati “Boyovut techno cluste” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 27 iyundagi 03/25-1601- son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani mayda iflosliklardan tozalashda jinning tozalash samaradorligini o‘rtacha 2,04 (abs)% va 3,0 (abs)% ga, ish unumdorligini o‘rtacha 45 kg/h ga oshirish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan 8DP-90 rusumli arrali jin «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Sirdaryo viloyati “Boyovut techno cluste” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2025 yil 27 iyundagi 03/25-1601- son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani tozalash va jinlashdan ishlab chiqarilgan tolaning sifati o‘rtacha 0,04 (abs)% ga va 0,11 (abs)% ga, chigitning sifati o‘rtacha 0,11 (abs)% va 0,13 (abs)% ga yaxshilash imkoni yaratilgan.