Vaxabova Dilfuza Rozikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Abdulloh Rudakiyning ijtimoiy-axloqiy qarashlari (falsafiy talqini)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fal1406
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Sharipova Oygul Tursunovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Navruzova Gulchixra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Baxrieva Dilfuza Xakimovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abu Abdulloh Rudakiyning ijtimoiy-axloqiy qarashlarining yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiqlik va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Abdulloh Rudakiyning insonning zohiran (insonlarlarga hurmat ehtirom ko‘rsatish, halollik va adolatli bo‘lish, jamiyat qoidalariga rioya qilish) va botinan (yolg‘on gapirmaslik, hasad, kibr, riyo kabi illatlardan yiroq bo‘lish) axloqli bo‘lishiga oid ijtimoiy-axloqiy g‘oyalari “Keksalikdan shikoyat” (Shikoyat as piri), “Bo‘yi Jo‘yi Muliyon” (Dar vasfi Buxoro), “May onasi” (Modari may) qasidalari, “Kalila va Dimna”, “Sinbodnoma” masnaviylari asosida ochib berilgan;
Abu Abdulloh Rudakiy ontologik (borliq, tana va ruhning o‘zaro aloqadorligi) va antropologik (hayotning ma’nosi, axloqiy mas’uliyati va ijtimoiy munosabatlarda adolat) qarashlarining insoniylik, haqiqatni anglash, o‘z nafsini tiyish, nafsga qarshi kurashish, ma’naviy komillikka erishish, bilimga intilish kabi gumanistik mohiyati yosh avlod tarbiyasida barqaror ma’naviy muhit yaratish, global tahdidlar qarshisida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolishda falsafiy ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan;
Abu Abdulloh Rudakiyning o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojidagi g‘oyaviy yetakchilik roli (inson qadrini ulug‘lash, ma’naviyat va axloqiy barkamollikni jamiyat taraqqiyotining asosiy sharti sifatida talqin etish, she’riyat orqali falsafiy qarashlarni ommaga etkazish) va ijtimoiy-axloqiy qarashlarining xalqparvarlik, vatanparvarlik, halollik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik xususiyatlari va odamlar taqdiriga befarq bo‘lmaslikda, bag‘rikenglikda, milliy o‘zlikni anglash, mehnatsevarlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashdagi ahamiyati “Bo‘yi Jo‘yi Muliyon” (Dar vasfi Buxoro) qasidasi asosida isbotlangan;
Rudakiyning adabiy-ma’naviy merosida ilgari surilgan ijtimoiy “murosasozlik” konsepsiyasining insonlararo kelishuv va hamkorlik orqali jamoaviy barqarorlikni ta’minlash tamoyillari va , adolat, o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash kabi mezonlari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda maslahat, kelishish, sheriklik, hamkorlik, o‘zaro yaqin qo‘shnichilik tinchliksevarlik maqsadlari bilan adekvat ekanligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Abdulloh Rudakiy ijtimoiy-axloqiy qarashlarini falsafiy tahlil qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Abu Abdulloh Rudakiyning insonning zohiran (insonlarlarga hurmat ehtirom ko‘rsatish, halollik va adolatli bo‘lish, jamiyat qoidalariga rioya qilish) va botinan (yolg‘on gapirmaslik, hasad, kibr, riyo kabi illatlardan yiroq bo‘lish) axloqli bo‘lishiga oid ijtimoiy-axloqiy g‘oyalari “Keksalikdan shikoyat” (Shikoyat as piri), “Bo‘yi Jo‘yi Muliyon” (Dar vasfi Buxoro), “May onasi” (Modari may) qasidalari, “Kalila va Dimna”, “Sinbodnoma” masnaviylari asosida ochib berilganligiga oid tahliliy materiallardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”, “Adabiy muhit” teledasturlarida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlar, “Muloqot va munozara”, “Qadriyatlar qadim beshigi” radioeshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01/09/162-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan ushbu teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilib, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligini ta’minlashga xizmat qilgan;
Abu Abdulloh Rudakiy ontologik (borliq, tana va ruhning o‘zaro aloqadorligi) va antropologik (hayotning ma’nosi, axloqiy mas’uliyati va ijtimoiy munosabatlarda adolat) qarashlarining insoniylik, haqiqatni anglash, o‘z nafsini tiyish, nafsga qarshi kurashish, ma’naviy komillikka erishish, bilimga intilish kabi gumanistik mohiyati yosh avlod tarbiyasida barqaror ma’naviy muhit yaratish, global tahdidlar qarshisida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq qolishga doir ilmiy yangiliklar, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yoʻnalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda, ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 16-bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 18-noyabrdagi 10/165-son ma’lumotnomasi) Natijada, Abu Abdulloh Rudakiy ijodiy faoliyatini o‘rganish va uning ma’naviy merosiga oid tadqiqotlar tahlili asosida uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
Abu Abdulloh Rudakiyning o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojidagi g‘oyaviy yetakchilik roli (inson qadrini ulug‘lash, ma’naviyat va axloqiy barkamollikni jamiyat taraqqiyotining asosiy sharti sifatida talqin etish, she’riyat orqali falsafiy qarashlarni ommaga etkazish) va ijtimoiy-axloqiy qarashlarining xalqparvarlik, vatanparvarlik, halollik, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik xususiyatlari va odamlar taqdiriga befarq bo‘lmaslikda, bag‘rikenglikda, milliy o‘zlikni anglash, mehnatsevarlik va mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashdagi ahamiyatiga doir nazariy xulosalari va metodologik tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-11-raqam “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron transdisiplinar platformasini yaratish” (2021-2022-yy) amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 16-dekabrdagi 04/11-13195-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha materiallari hamda “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari” elektron veb-sayti yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Rudakiyning adabiy-ma’naviy merosida ilgari surilgan ijtimoiy “murosasozlik” konsepsiyasining insonlararo kelishuv va hamkorlik orqali jamoaviy barqarorlikni ta’minlash tamoyillari va , adolat, o‘zaro hurmat va tinch-totuv yashash kabi mezonlari “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda maslahat, kelishish, sheriklik, hamkorlik, o‘zaro yaqin qo‘shnichilik tinchliksevarlik maqsadlari bilan adekvat ekanligiga oid ilmiy yangilik va tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ssenariylarini tayyorlash hamda buyurtma asosida tayyorlangan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” nomli kitobning mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2024-yil 19-dekabrdagi 02/566-son ma’lumotnomasi). Natijada, Abu Abdulloh Rudakiyning manaviy merosidagi bilim va taraqqiyparvarlik g‘oyalari “Yangi O‘zbekiston”da yosh avlodning bilim va ma’naviyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.