Xudayberdieva Sadoqat Abdimannonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari va banklarning o‘zaro integratsiyasini takomillashtirish”, 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt.2460.
Ilmiy rahbar: Kenjaev Ilhom G‘iyozovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.1.17.01.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta kompaniyalar va banklarning o‘zaro integratsiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklar va sug‘urta kompaniyalari integratsion hamkorligining shakli, turlari, texnologiyalari, obekt va subektlari hamda integratsiya instrumentlarini birlashtirish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyalari va banklar o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga erishish hamda ko‘p sondagi bank va sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bank va sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish maqsadida banklarga sug‘urta tashkiloti nomidan sug‘urta shartnomalarini tuzish amaliyotiga ruxsat berish taklif etilgan;
banklar va sug‘urta kompaniyalarining yuqori integratsiyalashgan bank-sug‘urta mahsulotini ishlab chiqish, xususan, hayot sug‘urta polisini ipoteka krediti olishda kafolat sifatida qo‘llash imkonini beruvchi yangi mahsulot ipoteka sug‘urta polisini amaliyotda qo‘llash taklif etilgan;
Oracle SO A Suite dasturiy kompleksini amaliyotda qo‘llash orqali banklar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi integratsion munosabatlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari va banklarning o‘zaro integratsiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
banklar va sug‘urta kompaniyalari integratsion hamkorligining shakli, turlari, texnologiyalari, obekt va subektlari hamda integratsiya instrumentlarini birlashtirish taklifi (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 18-sentyabrdagi №71-sonli) va (“Trust-Insurance” AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi №01/01-704-son ma’lumotnomasi) amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi. Natijada 2023-yilda tijorat banklari vositachiligida bank risklari bilan bog‘liq sug‘urta shartnomalari 2022-yilga nisbatan 25 foizga oshdi, shu bilan birga, mazkur sug‘urta shartnomalarining zararlilik darajasi 15 foizga tushishiga erishilgan.
sug‘urta kompaniyalar va banklar _ o‘rtasidagi hamkorlikning yanada rivojlanishiga erishish hamda ko‘p sondagi bank va sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bank va sug‘urta xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish maqsadida banklarga sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomalarini tuzish amaliyotiga ruxsat berish taklifi (O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasining 2024-yil 18-sentyabrdagi №71-sonli) va (“Trust-Insurance” AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi №01/01-704-son ma’lumotnomasi) amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi. Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 0’zbekiston sug‘urta bozorida tuzilgan sug‘urta shartnomalar soni 2022-yilda 217802 taga va 2023-yilda 1181117 taga oshgan.
banklar va sug‘urta kompaniyalarining yuqori integratsiyalashgan bank-sug‘urta mahsulotini ishlab chiqish, xususan, hayot sug‘urta polisini ipoteka krediti olishda kafolat sifatida qo‘llash imkonini beruvchi yangi moliyaviy mahsulot ipoteka sug‘urta polisini amaliyotda qo‘llash taklifi (“Kafolat Hayot Insurance” AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 18-iyuldagi №08-03/217-son ma’lumotnomasi) amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yilda yangi moliyaviy gibrid mahsulot ipoteka sug‘urta polisini amaliyotda qoTlash natijasida ushbu yilda “Kafolat Hayot Insurance” AJ sug‘urta kompaniyasining yillik foydasi 5 foizga oshgan.
Oracle SOA Suite dasturiy kompleksini amaliyotda qo‘llash orqali banklar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi integratsion munosabatlar bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish taklifi (“Trust-Insurance” AJ sug‘urta kompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi №01/01-704-son ma’lumotnomasi) amaliyotda foydalanish uchun qabul qilindi. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Trust-Insurance” AJ sug‘urta kompaniyasi va “Ipotekabank” AJ tijorat banki o‘rtasidagi integratsion munosabatlar bilan bogliq to‘g‘ridan-to‘g‘ri faoliyatga aloqador bo‘lmagan xarajatlar 2023-yilga nisbatan 2024-yilda 20 foizga kamaygan.