Umarov Zafar Absamatovichning 
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tijorat banklari kreditlashtirish operatsiyalarining buxgalteriya hisobi va ichki auditi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit», 08.00.08 - «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt193.
Ilmiy maslahatchi: mavjud emas.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ibragimov Abdugapur Karimovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tijorat banklari kreditlashtirish operatsiyalari, ularni buxgalteriya hisobi va ichki auditini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kredit riski yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit, faktoring, forfeyting, lizing, bank kafolati va qoplanmagan akkreditiv amaliyotlarini kreditlashtirish va unga tenglashtirilgan operatsiyalariga toifasiga kiritish taklif etilgan;
bank moliyaviy hisoboti shaffofligini oshirish uchun berilgan kreditlarni moliyaviy hisobotda amortizatsiyalangan qiymat bo‘yicha aks ettirish taklif etilgan;
kredit riskiga ega kreditlashtirish va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning ichki auditini o‘tkazishda «Riskka asoslangan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishning yillik rejasini ishlab chiqish reglamenti»ni ishlab chiqish, uning samaradorligini ta’minlash uchun yilda kamida bir marta Bank Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash taklif etilgan;
kredit riski mavjud kreditlashtirish va unga tenglashtirilgan operatsiyalar ichki auditida risk darajasi yuqori bo‘lgan, balans va balansdan tashqarida hisobga olingan muammoli aktivlar, faqat kafillik yoki sug‘urta polisi bilan ta’minlangan kreditlar to‘liq xajmda, boshqa kredit mahsulotlari esa kamida 20 foiz xajmda tanlov asosida ichki auditorlik tekshiruvi o‘tkazish o‘tkazilishi asoslangan;
bank kredit portfelidagi alohida-muhim kreditlarni kredit riski darajasiga qarab 1-bosqich - «Kredit riski past bo‘lgan kreditlar», 2-bosqich - «Kredit riskida o‘sish kuzatilgan kreditlar», 3-bosqich - «Qadrsizlangan kreditlar» toifasida tasniflash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari kreditlashtirish operatsiyalari buxgalteriya hisobi va ichki auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kredit riski yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kredit, faktoring, forfeyting, lizing, bank kafolati va qoplanmagan akkreditiv amaliyotlarini kreditlashtirish va unga tenglashtirilgan operatsiyalariga toifasiga kiritish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2023-yil 28 dekabrdagi 395-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning kredit siyosatida («O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning 2025-yil 3 apreldagi 27-06/6827-son ma’lumotnomasi) va «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Bank Boshqaruvining 2024-yil 14-fevraldagi 25/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan ««Biznesni rivojlantirish banki» ATBning kredit siyosati»da («Biznesni rivojlantirish banki» ATB ning 2025-yil 30 iyundagi 07-10/8509/1-son ma’lumotnomasi) o‘z aksini topgan. Natijada kredit riskini baholash, uni boshqarish, kreditlashtirish amaliyotlarini tashkil etish, faktoring, forfeyting, lizing, bank kafolati va qoplanmagan akkreditiv bilan bog‘liq risklarni kredit risklariga tenglashtirish, kredit portfelini shakllantirish va boshqarish samaradorligi oshdi. «O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning kredit portfeli 2024-yilda 65,5 trln. so‘mni tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 14,5 % ga oshgan.
bank moliyaviy hisoboti shaffofligini oshirish uchun berilgan kreditlarni moliyaviy hisobotda amortizatsiyalangan qiymat bo‘yicha aks ettirish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Boshqaruvining 2022-yil 14 fevraldagi 16/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning Buxgalteriya hisobi siyosatida («O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning 2025-yil 3 apreldagi 27-06/6827-son ma’lumotnomasi) va «Biznesni rivojlantirish banki» ATB Bank Boshqaruvining 2024-yil 14-fevraldagi 25/5-sonli qarori bilan bilan tasdiqlangan ««Biznesni rivojlantirish banki» ATBning Buxgalteriya hisobi siyosati»da («Biznesni rivojlantirish banki» ATB ning 2025-yil 30 iyundagi 07-10/8509/1-son ma’lumotnomasi) o‘z aksini topgan. Natijada bank aktivlarining real qiymatda aks ettirilishini, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlash hamda kredit risklarini baholash va boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.
kredit riskiga ega kreditlashtirish va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning ichki auditini o‘tkazishda «Riskka asoslangan auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishning yillik rejasini ishlab chiqish reglamenti»ni ishlab chiqish, uning samaradorligini ta’minlash uchun yilda kamida bir marta Bank Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlash taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB Audit qo‘mitasining yig‘ilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Riskka asoslangan auditorlik tekshiruvlari yillik rejasini ishlab chiqish reglamenti»ni tayyorlash («O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning 2025-yil 3 apreldagi 27-06/6827-son ma’lumotnomasi) va «Biznesni rivojlantirish banki» ATB ning «Riskka asoslangan auditorlik tekshiruvlari yillik rejasini ishlab chiqish reglamenti»da («Biznesni rivojlantirish banki» ATB ning 2025-yil 30 iyundagi 07-10/8509/1-son ma’lumotnomasi) o‘z aksini topgan. Natijada kredit riski yuqori bo‘lgan ichki audit tekshiruvi ob’ektlarini barvaqt aniqlash, ichki audit xizmati xodimlarining ish unumdorligini «O‘zsanoatqurilishbank» ATB 10 foizga, «Biznesni rivojlantirish banki» ATB da 8 foizga oshirish hamda kreditlashtirish amaliyotlarini auditorlik tekshiruvi muddatini mos ravishda 7 va 2 kunga qisqartirish imkonini yaratgan. Shuningdek, 70410501-«Bank ishi va auditi» magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan «Bank auditi metodologiyasi» fani bo‘yicha tayyorlangan darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13 maydagi 166-sonli buyruq, 166-395 raqamli guvohnoma). Ushbu ta’rifning darslikka kiritilishi kreditlashtirish operatsiyalarini riskka asoslangan ichki auditni o‘tkazishning nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan.
kredit riski mavjud kreditlashtirish va unga tenglashtirilgan operatsiyalar ichki auditida risk darajasi yuqori bo‘lgan, balans va balansdan tashqarida hisobga olingan muammoli aktivlar, faqat kafillik yoki sug‘urta polisi bilan ta’minlangan kreditlar to‘liq xajmda, boshqa kredit mahsulotlari esa kamida 20 foiz xajmda tanlov asosida ichki auditorlik tekshiruvi o‘tkazish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» ATB filiallarida o‘tkaziladigan ichki audit tekshiruvi dasturini tayyorlash tartibi»da («O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning 2025-yil 3 apreldagi 27-06/6827-son ma’lumotnomasi) va ««Biznesni rivojlantirish banki» ATBda ichki audit tekshiruvini o‘tkazish tartibi» da («Biznesni rivojlantirish banki» ATB ning 2025-yil 30 iyundagi 07-10/8509/1-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada ichki audit xizmati tomonidan filiallarni kreditlashtirish faoliyatini tekshirishning o‘rtacha muddatini 5 kunga qisqartirdi, ichki audit xodimlari ish unumdorligini 10 foizga oshirdi, tanlov mezonlari aniqlashtirildi, auditorlik dalillarining etarliligini ta’minlandi.
bank kredit portfelidagi alohida-muhim kreditlarni kredit riski darajasiga qarab 1-bosqich - «Kredit riski past bo‘lgan kreditlar», 2-bosqich - «Kredit riskida o‘sish kuzatilgan kreditlar», 3-bosqich - «Qadrsizlangan kreditlar» toifasida tasniflash taklifi 5230700-«Bank ishi va auditi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan «Banklarda buxgalteriya hisobi» fani bo‘yicha tayyorlangan darslikka kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyruq, 676-396 raqamli guvohnoma). Ushbu ta’rifning darslikka kiritilishi kreditlarni risk darajasiga qarab tasniflash, ular bo‘yicha zahiralarni yaratish va uni buxgalteriya hisobida aks ettirishning nazariy-uslubiy jihatlarini takomillashtirish hamda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan. Shuningdek, mazkur taklif «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning kredit siyosati, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning Buxgalteriya hisobi siyosati, «O‘zsanoatqurilishbank» ATBning risk-appetiti va risk profili siyosatida («O‘zsanoatqurilishbank» ATB ning 2025-yil 3 apreldagi 27-06/6827-son ma’lumotnomasi) va ««Biznesni rivojlantirish banki» ATBning kredit siyosati», ««Biznesni rivojlantirish banki» ATBning Hisob siyosati», «Biznesni rivojlantirish banki» ATBning risk-appetiti va risk profili siyosati»da («Biznesni rivojlantirish banki» ATB ning 2025-yil 30 iyundagi 07-10/8509/1-son ma’lumotnomasi) aks etgan holda, alohida-muhim kreditlarni moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirilish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablariga moslashishi, alohida-muhim kredit uchun kredit riskini baholashga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish