Salaev Umrbek Kadambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qadimgi Xorazm vohasi ibtidoiy madaniyat tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tar1930
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Matyakubov Xamdam Xamidjanovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Koshanov Baxitbay Abdikerimovich, tarix fanlari doktori, professor.; Matkurbonov Omonboy Odilbekovich, Ma’mun universiteti dotsenti PhD., dots..
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning asosiy maqsadi. Xorazm vohasining ibtidoiy davr madaniyati tarixini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yi ibtidoiy jamoa tuzumi davri paleogeografiyasi sharoitida antropogen landshaft, ekologiya masalalari shuningdek bu hududning tosh va bronza davrlari manzilgohlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari tahlil qilinib yoritildi;
Amudaryo quyi havzasida so‘nggi tosh, neolit, eneolit davri aholi manzilgohlari joylashishi xususiyati va olib borilgan tadqiqotlar taxlili asosida uning xo‘jalik-madaniy tiplari, termachilik va ovchilik jamiyatning ijtimoiy asosi ekanligi dalillandi;
bronza asri yakun topgan davr Xorazmga shimoli va shimoli-g‘arbiy tomondan ko‘chmanchi qabilalar Janubiy Oqchadaryo hududiga ko‘chib kelib, etnik jarayonlarni yanada jadallashtirganligi dalillandi;
bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlari, xo‘jalik-madaniy hududlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillari tahlil qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi Xorazm vohasi ibtidoiy madaniyat tarixi, aholining turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘rganishdan kelib chiqqan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Janubiy Orolbo‘yi ibtidoiy jamoa tuzumi davri paleogeografiyasi sharoitida antropogen landshaft, ekologiya masalalari shuningdek bu hududning tosh va bronza davrlari manzilgohlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari tahlil qilinib yoritilganligi to‘g‘risidagi ilmiy yangiliklar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Tarix ko‘ zgusi”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini (2025 yil yanvar-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 05.09.811-son ma’lumotnomasi). Natijada Xorazm vohasi aholisi tomonidan qoldirilgan manzilgohlar haqidagi tasavvurlarni boyitishda nazariy manba xisoblanadi;
Amudaryo quyi havzasida so‘nggi tosh, neolit, eneolit davri aholi manzilgohlari joylashishi xususiyati va olib borilgan tadqiqotlar taxlili asosida uning xo‘jalik-madaniy tiplari, termachilik va ovchilik jamiyatning ijtimoiy asosi ekanligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Tarix ko‘ zgusi”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” dasturlarning ssenariylarini (2025-yil yanvar-mart oylarida) tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 3-iyundagi 05.09.811-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy natijalar yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish, o‘lka xalqlari madaniy merosini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkonini bergan;
bronza asri yakun topgan davr Xorazmga shimoli va shimoli-g‘arbiy tomondan ko‘chmanchi qabilalar Janubiy Oqchadaryo hududiga ko‘chib kelib, etnik jarayonlarni yanada jadallashtirganligi haqidagi materiallardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2025-yil 04-iyuldagi 05-01-21-3683-sonli dalolatnomasi). Natajada yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, tariximiz va milliy madaniyatimizni o’rganish, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tayyorlanadigan video materiallar va targ‘ibot qo’llanmalarini ishlab chiqishda qo‘llash imkonini bergan;
bronza davri jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy munosabatlari, xo‘jalik-madaniy hududlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillari tahliliy ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi 2025-yil 04-iyuldagi 05-01-21-3683-sonli dalolatnomasi). Mazkur ilmiy natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan.