Nabiev Navruz Gulomjonovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): O‘smirlar o‘rtasida aksiologik yondashuvlar asosida jinoyatchilikni oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish metodikasi (sinfdan tashqari ishlar misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (redagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1.PhD/Ped7493.
Ilmiy rahbar: Xusanov Bahodir Ergashevich falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Lutfullaev Pulatxon Muxibullaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘smirlar o‘rtasida aksiologik yondashuvlar asosida jinoyatchilikni oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sinfdan tashqari ishlar asosida o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muammosining pedagogik-psixologik va amaliy-metodologik asoslari “o‘quvchi-oila-mahalla-maktab” subektlarining ijtimoiy kordinatsion faoliyatini loyihalash, o‘quvchilarning jinoyatchilikka moyilligini ilmiy-metodologik aspektda korreksiyalash orqali pedagogik jarayonlarda aksiologik ta’limotlarni malakalash asosida aniqlashtirilgan;
sinfdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlarning metodik ta’minoti, qo‘shimcha ta’lim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zgaruvchan shakllarini rivojlantirish orqali o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning intensiv akkomodatsiyasini ta’minlash, ijodiy-faoliyatli yondashuv bilan hayotiy vaziyatlarda o‘quvchilarni optimal qarorlar qabul qilishning intuisiya va refleksiv mashqlarni kollaborativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning funksional modeli fasilitatsion komponentlarni metodik jarayonlarning mazmuniga singdirish va metodik shartlarni tizimlashtirish orqali “Ustoz-shogird tizimi”ning pedagogik hamkorlik doirasini qayta belgilash asosida o‘quvchilarning psixopedagogik mexanizmlar ko‘magida ijtimoiy-foydali odatlarga addiksiyasini ta’minlash asosida modifikatsiya qilingan;
o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning pedagogik mexanizmlari, shaxsga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga implementatsiya qilishning eksperimental samadorlik indikatorlari asosida baholash orqali o‘quvchining refleksiv bilimi va kognitiv imkoniyatlarini kengaytirishning sotsial-ta’limiy loyihalarni amaliy aprobatsiyasini mustahkamlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aksiologik yondashuvlar asosida o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish mexanizmlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sinfdan tashqari ishlar asosida o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish muammosining pedagogik-psixologik va amaliy-metodologik asoslari “o‘quvchi-oila-mahalla-maktab” subektlarining ijtimoiy kordinatsion faoliyatini loyihalash, o‘quvchilarning jinoyatchilikka moyilligini ilmiy-metodologik aspektda korreksiyalash orqali pedagogik jarayonlarda aksiologik ta’limotlarni malakalash asosida aniqlashtirishga doir ilmiy-metodik xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining 2025-yil 20-yanvardagi “Tazyiq o‘tkazuvchi, shu jumladan, tarbiyasi og‘ir voyaga etmaganlarga kuchaytirilgan huquqiy ta’lim berish va tarbiyalashga oid maxsus dasturlarni qo‘llash to‘g‘risida”gi 4/30/7-1/2252-son qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan dastur loyihasini tayyorlashda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2025-yil 31-martdagi 2/1751-son ma’lumotnomasi); Natijada, aksiologik yondashuvlar asosida o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning usullari va pedagogik mexanizmlarini tizimlashtirishga erishilgan.
sinfdan tashqari o‘quv-tarbiyaviy ishlarning metodik ta’minoti, qo‘shimcha ta’lim o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning o‘zgaruvchan shakllarini rivojlantirish orqali o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning intensiv akkomodatsiyasini ta’minlash, ijodiy-faoliyatli yondashuv bilan hayotiy vaziyatlarda o‘quvchilarni optimal qarorlar qabul qilishning intuisiya va refleksiv mashqlarni kollaborativ qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ibrat farzandlari” ijtimoiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 01-maydagi 2-15-21-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiologik yondashuvlar asosida o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan didaktik ta’minot va ijtimoiy loyihalar tizimi ishlab chiqishga erishilgan.
o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning funksional modeli fasilitatsion komponentlarni metodik jarayonlarning mazmuniga singdirish va metodik shartlarni tizimlashtirish orqali “Ustoz-shogird tizimi”ning pedagogik hamkorlik doirasini qayta belgilash asosida o‘quvchilarning psixopedagogik mexanizmlar ko‘magida ijtimoiy-foydali odatlarga addiksiyasini ta’minlash asosida modifikatsiya qilish bo‘yicha berilgan amaliy taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-dekabrdagi “Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-201-son Farmoni va 2024-yil 5-fevraldagi “Voyaga etmaganlar oʻrtasida qonunbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-55-son Qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining 2025-yil 19-martdagi 1/1E-578-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot modeli asosida o‘smirlarda hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi oshirilgan va ularning ijtimoiy moslashuvchanligi mustahkamlangan.
o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning pedagogik mexanizmlari, shaxsga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga implementatsiya qilishning eksperimental samadorlik indikatorlari asosida baholash orqali o‘quvchining refleksiv bilimi va kognitiv imkoniyatlarini kengaytirishning sotsial-ta’limiy loyihalarni amaliy aprobatsiyasini mustahkamlash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ibrat farzandlari” ijtimoiy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 01-maydagi 2-15-21-2295-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodik ishlanmalar va ijtimoiy kontentlar o‘smirlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.