Rajabov Azamat Sharifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari kreativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari” 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/P821.
Ilmiy rahbar: Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Baratov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor. Maqsadova Mexriniso Sayxonovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari kreativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik mexanizmlari bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilaridagi kreativ kompetentlikning individual farqlariga ko‘ra qiz bolalarda sezgilar sinesteziyasi, musiqiy tasavvurlar, emotsional improvizatsiya, o‘g‘il bolalarda esa divergent va assotsiatsiv tafakkur, kasbga ijodiy munosabatning intellektual, motivatsion xususiyatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli musiqiy etyudlar yaratishning kognitiv jihatlari ohangni tushunishdagi “gender estetik baho”ni differensial ifodalanishi bilan bog‘liq ekanligi dalillangan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini namoyon bo‘lishi ohanglarni bilish, tushunish va tahlil qilish bilan bog‘liq kognitiv kompetentlikni kompazisiyalar yaratishdagi amaliy ko‘nikmalar hamda shaxs xususiyatlari bilan uyg‘un shakllanishi muhimligiga asoslanib assotsiatsiv fikrlashning divergent tafakkur orqali shakllanishiga identiv ekanligi isbotlangan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilaridagi kreativ va kommunikativ kompetentlikning o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra ohang tovushlarining modal funksiyalarini emotsional farqlash qobiliyati “musiqa tilini” ritmik his qilish bilan identifikatsiyalashganda tinglovchilar auditoriyasi oldidagi ommaviy muloqotning motivatsion, baholovchi-regulyativ, kognitiv jihatlari faollashganligi tufayli kasbiy muloqot estetik qadriyatlarni o‘zlashtirish va namoyish qilishning ijtimoiy vektori ekanligi dalillangan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish modeli ohangni farqlash, anglash, tovush va ohang birligida ijro etish, musiqa tilini his qilish qobiliyatining musiqiy kompozisiyani yaratish jarayonida ritmlar uyg‘unlashuvi hamda individualizatsiyasiga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli musiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan “ijodiy identifikatsiya” komponentini psixokorreksion faoliyatga kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinganligi. “Bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari kreativ kompetentligini rivojlantirishning psixologik xususiyatlari”ni o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilaridagi kreativ kompetentlikning individual farqlariga ko‘ra qiz bolalarda sezgilar sinesteziyasi, musiqiy tasavvurlar, emotsional improvizatsiya, o‘g‘il bolalarda esa divergent va assotsiatsiv tafakkur, kasbga ijodiy munosabatning intellektual, motivatsion xususiyatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli musiqiy etyudlar yaratishning kognitiv jihatlari ohangni tushunishdagi “gender estetik baho”ni differensial ifodalanishi bilan bog‘liq ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-289-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-289a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari kreativ kompetentligini rivojlanishiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini namoyon bo‘lishi ohanglarni bilish, tushunish va tahlil qilish bilan bog‘liq kognitiv kompetentlikni kompozisiyalar yaratishdagi amaliy ko‘nikmalar hamda shaxs xususiyatlari bilan uyg‘un shakllanishi muhimligiga asoslanib assotsiativ fikrlashning divergent tafakkur orqali shakllanishiga identiv ekanligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-289-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-289a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilari faoliyat jarayonida kreativ kompetentliginining rivojlanishida individual va differensial farqlarni asoslash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilaridagi kreativ va kommunikativ kompetentlikning o‘zaro bog‘liqligiga ko‘ra, ohang tovushlarining modal funksiyalarini emotsional farqlash qobiliyati “musiqa tilini” ritmik his qilish bilan identifikatsiyalashganda tinglovchilar auditoriyasi oldidagi ommaviy muloqotning motivatsion, baholovchi-regulyativ, kognitiv jihatlari faollashganligi tufayli kasbiy muloqot estetik qadriyatlarni o‘zlashtirish va namoyish qilishning ijtimoiy vektori ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-289-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” fani moduliga kiritilgan Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-289a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini kreativlik sifatlariga bog‘liq jihatlari ochib berilgan;
bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirish modeli ohangni farqlash, anglash, tovush va ohang birligida ijro etish, musiqa tilini his qilish qobiliyatining musiqiy kompozisiyani yaratish jarayonida ritmlar uyg‘unlashuvi hamda individualizatsiyasiga bog‘liq namoyon bo‘lishi muhimligi tufayli musiqiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan “ijodiy identifikatsiya” komponentini psixokorreksion faoliyatga kiritish asosida takomillashtirilganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 7-dekabrdagi PM-289-sonli buyrug‘iga asosan “Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya” fani moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 10-dekabrdagi PM-289a-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak musiqa fani o‘qituvchilarining kreativ kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan psixotexnikalar kombinatsiyasi ishlab chiqilgan.