Mardonov Baxtiyor Teshaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘g‘ri tishli silindrik tishli g‘ildiraklarga kesib dumalatuvchi asboblar yordamida ishlov berishdagi aniqlikni oshirish», 05.02.05 – Mexanik va fizik-texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob-uskunalar (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/T173.

Ilmiy rahbar: Alikulov Djavlon Ergeshovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.28.02.2018.T.03.04.

Rasmiy opponentlar: Umarov Tolib Umarovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjibergenov Davlatbek Turganbekovich, texnika fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: silindrik tishli g‘ildiraklarga ishlov berish aniqligini obkatkalash usulidaoshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarga ishlov berish aniqligini oshirish texnologiyasi va silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarga universal metall kesish dastgohlarida ishlov berish texnologik xaritasi ishlab chiqilgan;

silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarga obkatkalovchi asbob bilan tozalab ishlov berishda yuza sifati ko‘rsatkichlarini ta’minlovchi texnologiya ishlab chiqilgan;

yuza g‘adir-budirligini baholash matematik modelini olish asosida ishlov berilgan yuza sifatini boshqarish usuli va silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarga obkatlash asbobi bilan ishlov berishda tishlarning ishchi yuzalari g‘adir-budirligi va aniqligini prognoz qilish usuli ishlab chiqilgan;

silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarga obkatlash asbobi bilan ishlov berishda eng samarali ishlov berish jarayonini ta’minlaydigan rejimlarini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;

silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklarga obkatlash asbobi bilan ishlov berishda tishli g‘ildiraklarni 6-8 aniqlik darajasi chegarasidagi xatoliklarini ta’minlovchi ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

obkat usulida tishli g‘ildiraklarga yuqori mahsuldorlikda ishlov berish uchun asbob (shever-prikatnik)ning yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Silindrik tishli g‘ildiraklarga ishlov berish unumdorligi va silindrik tishli uzatmalar sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

NF630 metall kesish dastgohining silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklariga ishlov berish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida, jumladan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida metall sarfini kamaytirish uchun joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2018 yil 17 oktyabrdagi 01-01-10/13008-son ma’lumotnomasi). Natijada tishli g‘ildiraklarga tozalab ishlov berishda metall sarfini 5-6%ga kamaytirish imkonini bergan;

NF630 metall kesish dastgohining to‘g‘ri tishli silindrik tishli g‘ildirakni tayyorlash rejimi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida, jumladan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida dastgohning ish unumdorligini oshirish uchun joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2018 yil 17 oktyabrdagi 01-01-10/13008-son ma’lumotnomasi). Natijada NF630 metall kesish dastgohining ish unumdorligini 10-12%ga oshirish imkonini bergan;

silindrik to‘g‘ri tishli g‘ildiraklariga ishlov berish aniqligini oshirish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida, jumladan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida tishli g‘ildirak tayyorlashdagi kapital xarajatni kamaytirish uchun joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2018 yil 17 oktyabrdagi 01-01-10/13008-son ma’lumotnomasi). Natijada tishli g‘ildirak tayyorlashdagi kapital xarajatni 1,3-1,5 martaga kamaytirish imkonini bergan;

detallarga metall kesish dastgohlarida ishlov berish texnologik xaritasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida, jumladan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida resurstejamkorligini ta’minlash uchun joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2018 yil 17 oktyabrdagi 01-01-10/13008-son ma’lumotnomasi). Natijada detallarga ishlov berishdagi resurs sarfini 8-10% ga kamaytirish imkonini bergan;

kesuvchi asbobning konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiya “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida, jumladan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida silindrik tishli g‘ildirakning sifatini oshirish uchun joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2017 yil 14 dekabrdagi 01-01-07/15283-son ma’lumotnomasi). Natijada silindrik tishli g‘ildiraklarga ishlov berish sifatini va NT-250I dastgohining ish unumdorligini oshirish imkonini bergan;

tishli g‘ildiraklarga obkatlash (shever-prikatnik) usulida toza ishlov berish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasida, jumladan “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasida silindrik tishli g‘ildiraklarga ishlov berishda resurstejamkorlikni ta’minlash uchun joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2017 yil 14 dekabrdagi 01-01-07/15283-son ma’lumotnomasi). Natijada silindrik tishli g‘ildiraklarga ishlov berishdagi resurstejamkorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish