Seydullaev Suleymen Shinbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Janubiy Orol bo‘yi mintaqasi shaharlarining me’moriy-rejaviy echimlarini takomillashtirish”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/A111. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatmusaev Toxir Shaydulovich, arxitektura fanlari doktori, professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.07.2024.A.20.11 (Bir martalik ilmiy kengash).  
Rasmiy opponentlar: Durdieva Gavxar Salaevna, arxitektura fanlari doktori, professor; Yunusov Shokir Mamatovich, arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Orol bo‘yi mintaqasi shaharlarining hozirgi holatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini taklif qilish hamda shaharlarning me’moriy-rejaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasi shaharlarining o‘rta asrlardagi strukturaviy tuzilishi O‘zbekistonning boshqa shaharlari kabi shakllanganligi Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli shaharlarining eski shahar qismining strukturaviy tuzilishi - ark, shahriston, rabod, registon maydoni kabilar orqali isbotlangan; 
mintaqa shaharlarining me’moriy-rejaviy echimlari, ularning shakllanish bosqichlari baholanib, shaharlarning strukturaviy tuzilishini takomillashtirishda kompleks yondashuvni qo‘llash zarurati isbotlangan hamda Mo‘ynoq shahrini me’moriy-rejaviy jihatdan konsentrik tugunlarni zichlash modeli asosida rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida shaharning shimol tarafida yashil buffer zonani tashkil etish zarurati asoslangan;
mintaqa shaharlarining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, Orol dengizi inqirozining shaharsozlikka salbiy ta’siri baholanib, hududlarning tarixiy merosini asrab-avaylash va zamonaviy shaharsozlik talablariga integratsiya qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar - Nukus shahrinining me’moriy-rejaviy shaklini kombinatsiyalashgan strukturaga aylantirish, shimoliy-sharqiy tomoniga yashil buffer zona tashkil etish taklif qilingan;
Qo‘ng‘irot shahari me’moriy-rejaviy echimining joriy holati baholanib, shaharni janubiy-sharqiy tomonga rivojlantirish bo‘yicha asoslangan taklif ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Orol bo‘yi mintaqasi shaharlarining me’moriy-rejaviy echimini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Janubiy Orol bo‘yi mintaqasi shaharlarining o‘rta asrlardagi strukturaviy tuzilishi O‘zbekistonning boshqa shaharlari kabi shakllanganligi Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli shaharlarining eski shahar qismining strukturaviy tuzilishi - ark, shahriston, rabod, registon maydoni kabilar orqali isbotlanganligi hamda mintaqa shaharlarining me’moriy-rejaviy echimlari, ularning shakllanish bosqichlari baholanib, shaharlarning strukturaviy tuzilishini takomillashtirishda kompleks yondashuvni qo‘llash zarurati isbotlangan hamda Mo‘ynoq shahrini me’moriy-rejaviy jihatdan konsentrik tugunlarni zichlash modeli asosida rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida shaharning shimol tarafida yashil buffer zonani tashkil etish zarurati asoslanganligi xususidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi  va “O‘zshaharsozlik LITI” DM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 19 avgustdagi 04-07/01-2677-son ma’lumotnomasi; “O‘zshaharsozlikLITI” DM  Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining  2025 yil 22 avgustdagi 01-01/08-son dalolatnomasi). Natijada Orol bo‘yi shaharlarining vujudga kelish va rivojlanish jarayonlari xususida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkoniyati yaratilgan;
mintaqa shaharlarining o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, Orol dengizi inqirozining shaharsozlikka salbiy ta’siri baholanib, hududlarning tarixiy merosini asrab-avaylash va zamonaviy shaharsozlik talablariga integratsiya qilish bo‘yicha yangi yondashuvlar - Nukus shahrinining me’moriy-rejaviy shaklini kombinatsiyalashgan strukturaga aylantirish, shimoliy-sharqiy tomoniga yashil buffer zonalar tashkil etish taklif qilinganligi hamda Qo‘ng‘irot shahari me’moriy-rejaviy echimining joriy holati baholanib, shaharni janubiy-sharqiy tomonga rivojlantirish bo‘yicha asoslangan taklif ishlab chiqilganligi xususidagi takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi  va “O‘zshaharsozlik LITI” DM Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali  faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 19 avgustdagi 04-07/01-2677-son ma’lumotnomasi; “O‘zshaharsozlikLITI” DM  Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining  2025 yil 22 avgustdagi 01-01/08-son dalolatnomasi). Natijada Qo‘ng‘irot shaharining rejaviy echimini takomillashtirish xususida ilmiy asoslangan takliflar yaratilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish