Amonova Matluba Muxtarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sapropel` va bentonit asosida koagulyant-flokulyantlar bilan modifikatsiyalangan kompozit sorbentlar olish va ularni sanoat oqova suvlarini tozalashda qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/T953.
Ilmiy maslahatchi: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Usanbaev Najimuddin Xalmurzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sapropel` va bentonit asosida modifikatsiyalangan kompozit sorbentlar olish, ularni koagulyant-flokulyantlar bilan birgalikda samarali tozalash komponenti sifatida ishlab chiqish hamda ushbu sorbentlarni sanoat oqova suvlarini tozalashda qo‘llash texnologiyasini ilmiy asoslash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sapropelning sorbsion xususiyatlari, tabiiy alyumosilikat va organomineral tarkibi, g‘ovak tuzilishi hamda faol yuza markazlari SEM, XRF, EDS, FTIR, TGA/DTA tahlil usullari yordamida aniqlangan;
sapropelni 350 °C haroratda faollashtirish orqali yuza maydoni va g‘ovak hajmi optimallashgan holda adsorbsion faolligi oshirilgan hamda strukturasining mexanik barqarorligi saqlanganligi aniqlangan;
sapropel` va bentonitni natriy karboksimetilsellyuloza, poliakrilamid va alyuminiy sul`fat bilan modifikatsiya qilish natijasida tarkibiy-strukturaviy ko‘rsatkichlari va adsorbsion xususiyatlari oshganligi aniqlangan;
sapropel` va bentonit asosida modifikatsiyalangan sorbentlar olishda harorat, rN, namlik, aralashtirish vaqti va reagent konsentratsiyalari bo‘yicha maqbul texnologik rejimlar ishlab chiqilgan;
bentonit, koagulyant va flokulyantlar kombinatsiyasidan foydalanish orqali suvni tozalash samaradorligi 90 % dan yuqori darajaga etkazilib, koagulyasiya va flokulyasiya jarayonlarining sinergetik ta’siri ilmiy asoslangan;
modifikatsiyalangan sorbentlar qo‘llanilishi natijasida sanoat oqova suvlaridan og‘ir metalllar, anionlar va organik ifloslantiruvchi moddalar miqdori keskin kamaytirilib, suvning ekologik tozalik ko‘rsatkichlari oshganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sapropel` va bentonit asosida modifikatsiyalangan kompozit sorbentlar olish, ularni koagulyant-flokulyantlar bilan birgalikda samarali tozalash komponenti sifatida ishlab chiqish hamda ushbu sorbentlarni sanoat oqova suvlarini tozalashda qo‘llash texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modifikatsiyalangan sapropel` va bentonit asosida yuqori samarador sorbentlar olish va ularni koagulyant va flokulyantlar yordamida to‘qimachilik korxonalari oqova suvlarini kombinatsiyalangan usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJda oqova suvlarni turli og‘ir metall kationlaridan tozalash amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning  2025 yil 29 sentyabrdagi 02-07/02/9226-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi sorbentlar olish hamda ularni koagulyant-flokulyantlar bilan birgalikda samarali tozalash komponenti sifatida to‘qimachilik sanoati korxonalari oqova suvlarni muayyan darajada tozalashga xizmat qilgan;
oqova suvlarni kompleks sorbent-koagulyant-flokulyant kombinatsiyalangan usul yordamida tozalash jarayoni Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ da oqova suvlarni turli og‘ir metall kationlaridan tozalash amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJning  2025 yil 29 sentyabrdagi 02-07/02/9226-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi sorbentlar olish va ular asosida oqova suvni tozalashda qo‘llanilganda oqova suv tarkibidagi Cu – 5,89 mg/l; Ni – 11,76 mg/l; Sr -0,56 mg/l; Co – 3,43 mg/l kationlaridan 80-90% tozalash imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosida sorbsiya-koagulyasiya-flokulyasiya usulida cho‘ktirish orqali kimyoviy tozalash usuli Navoiyazot AJda amaliyotga joriy etilgan (Navoiyazot AJning  2025 yil 2 avgustdagi 03-48/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu uul orqali tozalash natijasida Navoiyazot AJ №99 sexi oqova suvlari tarkibidagi tuz miqdorini 196-198 mg/l (81,7%) gacha, Cl- ioni miqdorini 21-23 mg/l (83,2%) gacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish