Hasanova Mahfuza To‘yqul qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Endometriy giperplaziyasi rivojlanishida genetik markerlarning diagnostik ahamiyati”, 14.00.01– Akusherlik va ginekologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/ Tib3997.
Ilmiy rahbar: Hamdamova Muhayyoxon To‘xtasinovna, tibbiyot fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Matrizaeva Gulnara Djumaniyozovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: ayollarda endometriy giperplaziyasi patogenezida genetik omillarning prognostik ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
endometriy giperplaziyasiga olib keluvchi xavf omillari (kamqonlik, semizlik, anamnezida tuxumdon kistalari) shakllantirilgan va GP IIIa geni T1565C polimorfizmi T/C mutant genotipining uchrashi endometriy giperplaziyasining residiv kechishini bashoratlovchi erta diagnostik marker ekanligi isbotlangan;
perimenopauza davrida endometriy giperplaziyasida endometriy qalinligi ko‘rsatkichlari hamda TP 53 geni va uning Pro72Arg polimorfizmi Pro\Pro resessiv genotipning orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri korelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan;
perimenopauza davrida endometriy giperplaziyasida gistologik taxlil natijalari va Tp 53_2 geni C/T polimorfizmlari orasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan xamda endometriy saratoniga olib keluvchi marker ekanligi isbotlangan;
olingan natijalar asosida perimenopauza davridagi ayollarda endometriy gistologik tashxisoti asosida giperplaziyasini erta bashoratlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Endometriy giperplaziyasi xavfsizlik darajasini gistologik jihatdan baholosh» mavzusidagi ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 10 iyundagi 19/42-son xulosasi olingan.
birinchi ilmiy yangilik: endometriy giperplaziyasiga olib keluvchi xavf omillari (kamqonlik, semizlik, anamnezida tuxumdon kistalari) shakllantirilgan va GP IIIa geni T1565C polimorfizmi T/C mutant genotipining uchrashi endometriy giperplaziyasining residiv kechishini bashoratlovchi erta diagnostik marker ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: perimenopauza davrdagi endometriy giperplaziyasiga olib keluvchi ginekologik, somatik va metabolik omillarning roli yetakchi ekanligini inobatga olgan holda ularning sabab omillarini erta aniqlashga yo‘naltirilgan. Endometriy giperplaziyasini bashoratlovchi erta diagnostik genetik markerlar asosida endometriy giperplaziyasi residivlarining oldinini olishga erishildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 9500000 so‘m byudjet mablag‘lari erta diagnostik markyorlarni aniqlash orqali davolash va profilaktika usullarini joriy etish orqali statsionar davolanishiga bo‘lgan ehtiyoj 24%ga kamayishiga erishilgan. Xulosa: perimenopauzadagi ayollarda endometriy giperplaziyasini erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va stasionar xarajatlardan har bir nafar bemor uchun byudjet hisobidan 391630 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 201760 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: perimenopauza davrida endometriy giperplaziyasida endometriy qalinligi ko‘rsatkichlari hamda TP 53 geni va uning Pro72Arg polimorfizmi Pro/Pro resessiv genotipning orasida to‘g‘ridan to‘g‘ri korelyasion bog‘liqlik borligi aniqlanib, Pro/Pro gomozigota resessiv genotipi endometriy giperplaziyasi rivojlanishining prediktori deb topilgan; Ijtimoiy samaradorligi: endometriy giperplaziyasiga chalingan perimenopauza davrdagi ayollarda TP 53 geni va uning Pro72Arg polimorfizmi Pro\Pro resessiv genotipning taqsimlanishining qiyosiy tahlili natijalarini baholash orqali tadqiqotda qo‘llanilgan usullari yordamida ushbu patologiyaning xafvli asoratlarini 2 baravarga kamaytirish, hamda erta diagnostika sifatini oshirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda gistologik tekshiruv natijalariga asosan genetik tahlil o‘tkazish orqali oldingi tekshirish uchun qilingan xarajat 1 bemor uchun 1524000 so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, biz taklif qilgan usulda xarajatlar 554600 so‘mni tashkil qildi, yil davomida har bir bemor uchun 969400 so‘m tejaldi. Xulosa: gistologik tahlillarga asoslanib tashxislash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 969400 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: perimenopauza davrida endometriy giperplaziyasida gistologik taxlil natijalari va Tp 53_2 geni C/T polimorfizmlari orasida kuchli musbat korrelyasion bog‘liqlik borligi aniqlangan xamda endometriy saratoniga olib keluvchi marker ekanligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: perimenopauza davridagi endometriy giperplaziyasiga chalingan ayollarda endometriy saratoniga o‘tish xavfini bashoratlovchi Tp 53 geni polimorfizmlarini aniqlash orkali kasallik kelib chiqish xavfi oldini olish orqali yomon sifatli o‘smalar kuzatilishi mumkin bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: perimenopauza yoshidagi endometriy giperplaziyasiga chalingan ayollarda genetik o‘zgarishlarni bashoratlash orqali xavf guruxlari aniqlandi. Ushbu xavf guruxlarda olib borilgan diagnostik usullar orqali kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavfli asoratlarini oldi olindi, hamda asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlar hisobiga 2850000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: endometriy giperplaziyasining saraton xavfini erta aniqlash natijasida bemorlarning statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet xarajatlarini 2850000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: olingan natijalar asosida perimenopauza davridagi ayollarda endometriy gistologik tashxisoti asosida giperplaziyasini erta bashoratlash algoritmi ishlab chiqilgan. Ijtimoiy samaradorligi Perimenopauza davridagi ayollarda gistologik hamda genetik tashxislashni kompleks olib borish asosida endometriy saratoni kelib chiqishi mumkin bo‘lgan xavf guruhlar aniqlandi. Iqtisodiy samaradorligi shundaki, taklif etilayotgan kompleks diagnostika usullari orqali boshqa tekshiruv usullari uchun ketadigan sarf-xarajatlar qisqartirildi va xar bir bemor uchun 375000 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: endometriy giperplaziyasi erta aniqlash, ushbu patologiya bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni oldini olish algoritmini qo‘llash orqali kasallikni takrorlanish xavfini kamaytirishga erishilgan.
Ilmiy natijalar asosida: "Endometriy giperplaziyasi xavfsizlik darajasini gistologik jihatdan baholash" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 30-noyabrdagi 04/12883-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma perimenopauza yoshidagi ayollarda endometriy giperplaziyasini o‘z vaqtida aniqlash, ushbu kontingentdagi bemorlarda malignizatsiya va residiv darajasini kamaytirish imkonini bergan. Tadqiqot davomida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasining Samarqand viloyati filiali va Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi davlat muassasasining Buxoro viloyati filiali amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/42-son xulosasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi endometriy giperplaziyasi bo‘lgan ayollarni tashxislash va davolash sifatini oshirishga, asoratlar chastotasini, xavfli o‘smalarga o‘tish va o‘lim xavfini kamaytirishga, davolash xarajatlarini kamaytirishga va kech reproduktiv davrda bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.