Xakimov Hamro Baxtiyorovichning 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali og‘ir atletikachilar mashg‘ulotlarini tashkil qilish uslubiyatini takomillashtirish”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped474.
Ilmiy rahbar: Bayazitov Kamil Faridovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Yarashev Komiljon Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qodirov Erkin Ibragimovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali og‘ir atletikachilarning mashg‘ulot jarayonlarini optimal rejalashtirish orqali takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik davrida mashg‘ulotlarini tayyorgarlik turlari bo‘yicha tuzish uchun ikki kurash musobaqa mashqlarini haftalik mikrotsikllarda qo‘llash orqali yuqori samarada ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar va yuklamalarning hajmlari optimallashgan;
oliy sport mahorati bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilar jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida rotator mashg‘ulot vositalarini ko‘p yillik tayyorgarlik davrlaridagi sikllariga mo‘ljallangan mashg‘ulot dasturi ishlab chiqish hisobiga yillik tayyorgarlik davrida turli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan;
oliy sport mahorati bosqichidagi og‘ir atletikachilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan sport natijalariga samarali ta’sir etuvchi mashg‘ulot vositalari hamda yuklamalari hajmi va shiddatining optimal nisbatlari orqali musobaqa jarayonida yuqori yuklamali harakatlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
oliy sport mahoratiga o‘tuvchi sportchilarni tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlar yordamida sport takomillashuvi bosqichidagi og‘ir atletikachilarni turli jismoniy tayyorgarlik turlari bo‘yicha ratsional rivojlanishini nazorat qilish hamda xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida muobaqa oldi va musobaqa yuklamalarini yuqori samaradorlik bilan bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali og‘ir atletikachilarning mashg‘ulot jarayonlarini optimal rejalashtirish orqali takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida: 
yuqori malakali og‘ir atletikachilarning tayyorgarlik davrida mashg‘ulotlarini tuzish uchun ikki kurash musobaqa mashqlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilarining o‘quv-mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 02-16/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘ir atletikachilarning musobaqa mashqlari dast ko‘tarish 8,4 %, siltab ko‘tarish 10,5 %,  ikki kurash natijasi 10,1 % ga yaxshilandi. Maxsus mashqlar YShBO‘T 11,9 %, KShBO‘T 9,5 %, 
DKKShBT 9 %, SKKShBT 6,8 %ga ijobiy natija qayd etgan; 
oliy sport mahorati bosqichida shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilar jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida rotator mashg‘ulot vositalarini ko‘pyillik  tayyorgarlik davrlaridagi sikllariga mo‘ljallangan mashg‘ulot dasturi bo‘yicha takliflar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi sportchilarining o‘quv-mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 02-16/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, shug‘ullanuvchi og‘ir atletikachilarning haftalik yuklamalari 15,7-19,2 % yaxshilangan; 
oliy sport mahorati bosqichidagi og‘ir atletikachilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan sport natijalariga samarali ta’sir etuvchi mashg‘ulot vositalari va yuklamalari hajmi va shiddatining optimal taqsimoti Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi o‘quv mashg‘ulotlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 02-16/64-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika va xalqaro musobaqalarda 3 ta medalni qo‘lga kiritishga imkon bergan; 
oliy sport mahoratiga o‘tuvchi sportchilarni tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan model ko‘rsatkichlar yordamida sport takomillashuvi bosqichidagi og‘ir atletikachilarni turli jismoniy tayyorgarlik turlari bo‘yicha ratsional rivojlanishini nazorat qilish hamda xalqaro musobaqalarga tayyorlash jarayonida muobaqa oldi va musobaqa yuklamalari bo‘yicha takliflar Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi og‘ir atletikachilarning o‘quv mashg‘ulotlarida tanlab olingan mashg‘ulot vositalari asosida ishlab chiqilgan uslubiyati shug‘ullanuvchilarga joriy qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 02-16/64-son ma’lumotnomasi). Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchilari 2023-2024 yil mobaynida yoshlar ortasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Respublika chempionatlarida markaz sportchilari 3 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan bolsa, ROSMM sportchilari 4 ta oltin, 2 ta kumush xalqaro musobaqalarda 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan hamda 7 ta milliy rekord, 1 ta xalqaro musobaqa rekordlari yangilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish