Zokirova Gulilola Xurshid qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning frazeologik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi (5–9-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4098
Ilmiy rahbar: Jumanazarov Umid Umirzokovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;  Abdullaeva Lola Toxirovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-9 sinflar frazeologik kompetensiyani shakllantirish texnologiyalarini takomillashtirishning didaktik asoslariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
5-9-sinf darslarida frazeologik iboralarni obrazli ifoda etishda til kontekstida ingliz tilidagi frazeologik iboralar orqali muloqot qilishning ligvodidaktik hamda psixolingvistik imkoniyatlarining tarkibiy qismlarining rivojlanganlik darajasi isbotlangan;
tizimli integratsiyalashgan yondashuv asosida ingliz tilidagi frazeologik iboralarni qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning funksional aspektlari xatti – xarakatlarni obrazli ifodalash orqali aniqlashtirilgan;
 5–9-sinf darslarida frazeologik iboralarni o‘rganishda moslashuvchan va maxsus kompetensiyalarni shakllantirishning tashkiliy komponenti o‘quvchilarning kreativligi, loyihalash iqtidorini namoyon qilishga yo‘naltirilgan va o‘quvchilarning yosh – psixologik xususiyatlari va aniq maqsadga yo‘naltiruvchi loyihalari asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan pragmatik o‘quv muhitini identivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
frazeologik kompetensiyani shakllantirishda amaliy va loyiha ishi, sinfdan tashqari mustaqil ish topshiriqlari, strukturalashgan mashqlar kompleksi elektron manbalar, IR texnologiyalari, ijodiy izlanishlar til o‘rganishga qo‘yilgan minimal talablar asosida loyihalashning variativligini qat’iy belgilash orqali ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-9 sinflar frazeologik kompetensiyalarni shaklantirish texnologiyalarini takomillashtirishning didaktik asoslariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga oid tadqiqot natijalari asosida: 
5 - 9-sinf darslarida frazeologik iboralarni obrazlik ifoda etishda til kontekstida ingliz tilidagi frazeologik iboralar orqali muloqot qilishning ligvodidaktik hamda psixolingvistik imkoniyatlarining tarkibiy qismlarining rivojlanganlik darajasi isbotlashga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyun 11-05-3965/04-son ma’lumotnomasi). Natijada 5–9-sinf darslarida frazeologik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalarini shakllantirish modelining baholovchi-natijaviy bloki, mezoni, ko‘rsatkichlar va darajalari takomillashtirilgan.
tizimli integratsiyalashgan yondashuv asosida ingliz tilidagi frazeologik iboralarni qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning funksional aspektlari xatti – xarakatlarni obrazli ifodalash orqali aniqlashtirishgan va bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining foydalanishi uchun “Integrated course of teaching foreign languaGES” nomli o‘quv qo‘llanma  mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan o‘quv qo‘llanma mazmuni frazeologik kompetensiyaga oid asosiy nazariy bilimlarning tizimli tahlili hamda tegishli ilmiy manbalar bilan boyitilib takomillashtirilgan;
5–9-sinf darslarida frazeologik iboralarni o‘rganishda moslashuvchan va maxsus kompetensiyalarni shakllantirishning tashkiliy komponenti o‘quvchilarning kreativligi, loyihalsh iqtidorini namoyon qilishga yo‘naltirilgan va o‘quvchilarning yosh – psixologik xususiyatlari va aniq maqsadga yo‘naltiruvchi loyihalari asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan pragmatik o‘quv muhitini identivligini ta’minlash asosida takomillashtirga oid taklif va tavsiyalar 2022-2024-yillarda bajarilgan ilmiy loyihada foydalanilgan “English Access Microscholarship Program” (Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan berilgan 2024-yil 24-dekabrdagi 2854/02-raqamli ma’lumotnoma). Natijada, umumta’lim maktablari ingliz darslarida o‘quvchilarning frazeologik birliklardan foydalanish ko‘nikmasini yuqori darajada egallash kompetensiyasini oshirishga xizmat qilgan.
frazeologik kompetensiyani shakillantirishda amaliy va loyiha ishi, sinfdan tashqari mustaqil ish topshiriqlari, strukturalashgan mashqlar kompleksi  elektron manbalar, IR texnologiyalari, ijodiy izlanishlar til o‘rganishga qo‘yilgan minimal talabalr asosida loyihalashning variativligini qat’iy belgilash orqali ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 18-iyun 11-05-3965/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta taʻlimida 5–9-sinf o‘quvchilarining ingliz tilida frazeologik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalar qo‘llanildi. Bu texnologiyalar o‘quvchilarning frazeologik birliklarni to‘g‘ri tushunish va qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga, ingliz tilidagi idiomalar, so‘z birikmalar va boshqa frazeologik ifodalarni o‘zlashtirishda uchrashi mumkin bo‘lgan lingvistik va kognitiv to‘siqlarni engib o‘tishga yordam berdi. Shuningdek, o‘quvchilarda frazeologik kompetensiyani takomillashtirish orqali ularning ingliz tilidagi kommunikativ qobiliyatlarini oshirish, o‘zbek tili hamda ingliz tilining frazeologik qonuniyatlarini qiyosiy o‘rganish va ingliz tilidagi frazeologik birliklarni kontekstda to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini yuqori darajada egallash kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish