Kodirova Muxabbat Matkarim kizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya haqida
e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Differensial yondashuv asosida tibbiy ta’lim talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi (kommunal gigiena fanini o‘qitish misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tibbiyot fanlar).
Dissertatsiya mavzu ro‘yhatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped783
Ilmiy rahbar: Ashurova Manzura Djaloldinovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti. PhD.04/02.07.2024. Tib.122.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmadalieva Nigora Odilovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
differensial yondashuv asosida tibbiy ta’lim talabalarida ekologik kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik shartlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiy ta’limda talabalarni ekologik kompetentligini rivojlantirish jarayonida evrestik usullarni differensial yondashuv asosida qo‘llashning strategik bosqichlari sanitariya amaliyotidagi tahlillari asosida aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarining strategik, metodik, refleksiyani rivojlantirish kompetensiyalari kommunal gigiena fanini o‘zlashtirishdagi implemetatsion strategiyalar va zamonaviy diagnostik tizimining kategoriyalari o‘qituvchi va talaba faoliyatining tartiblangan algaritmik bosqichlari asosida takomillashtirilgan;
tibbiy profilaktika yo‘nalishi talabalarida ekologik kompetentlikni rivojlantirishda akklimitatsiya, antropogen ta’sir, ekologik muvozanat kabi diagnostik dasturlari laboratoriyada sinovdan o‘tkazishning diagnostik ko‘rsatkichlari asosida isbotlangan;
tibbiy ta’limda kommunal gigiena fanini o‘qitishda talabalarni ekologik bilimlarining faolligini, tizimli samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari integral ma’ruzalarni didaktik jihatdan tashkil qilishning motivatsion maqsadlari tibbiy faoliyatga doir komponentlarini gorizontal va vertikal ta’sir ko‘rsatish xususiyatlari va izchillik tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiy ta’lim talabalarini ekologik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan amaliy natijalar asosida:
tibbiy ta’limda talabalarni ekologik kompetentligini rivojlantirish jarayonida evrestik usullarni differensial yondashuv asosida qo‘llashning strategik bosqichlari sanitariya amaliyotidagi tahlillarini o‘tkazishga doir takliflari “Kommunal gigiena” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiy ta’lim talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular mazmuni takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim talabalarining strategik, metodik, refleksiyani rivojlantirish kompetensiyalari kommunal gigiena fanini o‘zlashtirishdagi implemetatsion strategiyalar va zamonaviy diagnostik tizimining kategoriyalari o‘qituvchi va talaba faoliyatining tartiblangan algaritmik bosqichlariga doir takliflari “Kommunal gigiena” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-son nashr ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining tibbiy profilaktika ishi yo‘nalishi talabalarini ekologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiladigan keyslardan foydalanish imkoniyatlari oshgan;
tibbiy profilaktika yo‘nalishi talabalarida ekologik kompetentlikni rivojlantirishda akklimitatsiya, antropogen ta’sir, ekologik muvozanat kabi diagnostik dasturlari labaratoriyada sinovdan o‘tkazishning diagnostik ko‘rsatkichlarini belgilashga doir takliflari “Kommunal gigiena” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-noyabrdagi 491-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ruxsatnomasi). Natijada tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mavzular mazmunini o‘rganishning shart-sharoitlari takomillashtirilgan.