Yuldasheva Ma’muraxon Boqijonovnaning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilida talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi (biologiya yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№ B2020.4.PhD/Ped2131 Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Jumanazarov Umid Umrzaqovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Tillaeva Rayxona Tuxtasinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish mazmunining tarkibiy qismlari hisoblangan nutq mavzulari va nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv) kompetensiyalarning egallanishiga mo‘ljallangan leksikaga oid til materialini metodik tayyorlash so‘zlarning birikishi, so‘z yasash imkoniyati, ko‘p ma’nolilik, uslubiy jihatdan chegaralanmaganlik, sinonimlarni chegaralash (yakkalash) va gap tuzishdagi ishtiroki (linguistic approach), shuningdek, og‘zaki va yozma nutqda ko‘p qo‘llanishi va keng tarqalganlik tamoyillari ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘rgatish maqsadlari va o‘rganish ehtiyojlarini hisobga olib aniqlangan;
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda uchraydigan til ichki va tillararo ma’noviy (semantic), tuzilish (structural) va qo‘llashga (use/usage) oid qiyinchiliklar kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyili asosida aniqlangan va ularni oldini olishda sohaviy matnlarning mazmun-mohiyatini ilmiy-metodik asoslash, ularni yaratish va moslashtirish (creating and adapting texs)da mavzuviylik, lingvistik murakkablik va muloqotga yo‘nalganlikni nazarda tutish, sohaviy matnlarni o‘qish bosqichlarining metodik tipologiyasida lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (practice) va qo‘llash (usage) orqali o‘qitish usullari takomillashtirilgan;
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy muloqot kompetensiyasining rivojlanganlik darajalarini aniqlash mezonlari Chet tillarni egallashning umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash (CEFR) talablari va sohaviy leksik kompetensiya, sohaviy matnlarni o‘qib tushunish kompetensiyasi, sohaviy og‘zaki va yozma nutq kompetensiyalarining deskriptorlari asosida ishlab chiqilgan;
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli texnologiyalarni integratsiyalash (Technology-Enhanced Learning), loyihaga asoslangan ta’lim (Project-Based Learning), taqsimlab o‘qish (Jigsaw), besh bosqichli o‘qish (SQ3R), fan va til integratsiyasi (CLIL), 4K modeli (4C – communication, collaboration, creativity, critical thinking) kabi ta’lim texnologiyalari yordamida zamonaviy innovatsion lingvotexnologiya takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy va amaliy takliflar asosida:
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish mazmunining tarkibiy qismlari hisoblangan nutq mavzulari va nutqiy (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozuv) kompetensiyalarning egallanishiga mo‘ljallangan leksikaga oid til materialini metodik tayyorlash so‘zlarning birikishi, so‘z yasash imkoniyati, ko‘p ma’nolilik, uslubiy jihatdan chegaralanmaganlik, sinonimlarni chegaralash (yakkalash) va gap tuzishdagi ishtiroki (linguistic approach), shuningdek, og‘zaki va yozma nutqda ko‘p qo‘llanishi va keng tarqalganlik tamoyillari ingliz tilini kasbga yo‘naltirib o‘rgatish maqsadlari va o‘rganish ehtiyojlarini hisobga olib aniqlashga oid xulosalaridan Namangan davlat chet tillari institutida 2022-2023-yillarda bajarilgan KA 107/2022-2023-raqamli Erasmus+mobility program amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 23-sentyabrdagi 2237-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyihaning ilmiy-metodologik asoslari takomillashtirilgan, ishtirokchilarning sohaviy leksik kompetensiyasiyasini rivojlantirishga erishilgan;
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda uchraydigan til ichki va tillararo ma’noviy (semantic), tuzilish (structural) va qo‘llashga (use/usage) oid qiyinchiliklar kasbiy yo‘naltirilganlik tamoyili asosida aniqlangan va ularni oldini olishda sohaviy matnlarning mazmun-mohiyatini ilmiy-metodik asoslash, ularni yaratish va moslashtirish (creating and adapting texs)da mavzuviylik, lingvistik murakkablik va muloqotga yo‘nalganlikni nazarda tutish, sohaviy matnlarni o‘qish bosqichlarining metodik tipologiyasida lingvometodik yondashuv bilan qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini taqdimot (presentation), mashq qilish (practice) va qo‘llash (usage) orqali o‘qitishning takomillashtirilgan usullari filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi talabalari uchun yaratilgan “Teaching English for Specific Purposes” (Ingliz tilini kasbiy va sohaviy maqsadlarda o‘qitish) darsligiga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, darslikning ilmiy-nazariy asoslari takomillashtirilgan.
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy muloqot kompetensiyasining rivojlanganlik darajalarini Chet tillarni egallashning umumevropa kompetensiyalari: o‘rganish, o‘qitish, baholash (CEFR) talablari va sohaviy leksik kompetensiya, sohaviy matnlarni o‘qib tushunish kompetensiyasi, sohaviy og‘zaki va yozma nutq kompetensiyalarining deskriptorlari asosida ishlab chiqilgan aniqlash mezonlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharriyati”ning efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” va “Jahon adabiyoti” nomli dasturlarining 2023-yil avgust va dekabr oylaridagi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston teleradiokanali DMning 2023-yil 20-dekabrdagi 04-36-1934-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nofilologik yo‘nalish talabalarining ingliz tilida kasbiy muloqot kompetensiyasini rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari ommalashtirilgan;
biologiya yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiluvchi raqamli texnologiyalarni integratsiyalash (Technology-Enhanced Learning), loyihaga asoslangan ta’lim (Project-Based Learning), taqsimlab o‘qish (Jigsaw), besh bosqichli o‘qish (SQ3R), fan va til integratsiyasi (CLIL), 4K modeli (4C – communication, collaboration, creativity, critical thinking) kabi ta’lim texnologiyalari yordamida zamonaviy innovatsion lingvotexnologiyalardan “English Language Teaching in the 21st Century” darsligini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-sonli buyrug‘iga asosan berilgan nashr ruxsatnomasi). Natijada, biologiya yo‘nalishi talabalariga ingliz tilini o‘rgatishning uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan.