Xodjamqulova Sitora Sulaymanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va unga qarshi kurash choralarini takomillashtirish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx 1431.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Ubaydillo Normamadovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Bahodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Zuparov Mirakbar Abzalovich, biologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati sharoitida tokning antraknoz kasalligi va uni qo‘zg‘atuvchi E.ampelina zamburug‘ining biologik xususiyatlarini o‘rganish va kasallikning rivojlanishiga qarshi samarali kurash usullarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati sharoitida tok o‘simligida antraknoz kasalligini keltirib chiqaruvchi E.ampelina zamburug‘idan 14 ta izolyat ajratildi va biologik, patogenlik xususiyatlari o‘rganilishi orqali antraknoz kasalligiga chidamli va chidamsiz tok navlari aniqlangan;
Surxondaryo viloyati sharoitida antraknoz kasalligining 2022-2024 yillar mobaynida kasallikni 8,0-66,0 % tarqalishi hamda 7,5-41,0 % gacha rivojlanishi aniqlangan va antraknozning tok hosili va uning sifatiga ta’siri baholangan;
In vitro tajribalarida kimyoviy fungisidlari E.ampelina izolyatlari koloniyalarining rivojlanishini 100 % gacha va biologik preparatlar E.ampelina izolyatlarining miseliyal o‘sishini 84,1-85,2 % gacha ingibirlashi aniqlangan;
tokzorlarda antraknoz kasalligiga qarshi kurashishda biologik preparatlar 83,8% gacha va kimyoviy preparatlar esa 88,2% gacha kasallikka qarshi kurashi aniqlanib, 83,3% gacha biologik samaradorlikka erishilgan bo‘lib, qo‘llash muddat va me’yorlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tokzorlarda antraknoz kasalligini o‘rganish va unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida: 
“Tokning antraknoz kasalligi va unga qarshi kurash choralari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1–noyabrdagi 05/06–04-548–son). Natijada bugungi kunda ushbu tavsiyanoma o‘quv va ishlab chiqarish jarayonlari uchun ilmiy manba sifatida xizmat qilmoqda;
tadqiqotlar natijalari tokda anraknoz kasalligiga qarshi Orgamika S,s. va Fitosporin M. kuk. preparatlarini 1,5-2,0 l/ga me’yorida qo‘llash viloyatning Oltinsoy tumanidagi “Muqimov O‘roz” fermer xo‘jaligining 20 gektar, “Suvli soy” fermer xo‘jaligining 18,5 gektar, jami 38,5 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1–noyabrdagi 05/06–04-548–son). Natijada tokzorlarda antraknoz kasalligiga qarshi kurashishda Orgamika S, s. preparatida (1,5-2,0 l/ga) ko‘rsatkich 81,1-83,8% va Fitosporin M. kuk. preparatida (1,5-2,0 l/ga) 70,3-78,4% biologik samaradorlikka erishilgan;
tokzorlarda antraknoz kasalligining rivojlanish miqdori keskin ortganda samarali kimyoviy vositalarni turli muddat va me’yorda qo‘llash Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumandagi “Soxibkor” fermer xo‘jaligining 20 gektar maydonida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1–noyabrdagi 05/06–04-548–son). Natijada kimyoviy vositalardan Kamistar 32,5% sus.k. (0,5-1,0 l/ga) quyidagi ko‘rsatkichda 85,3-88,2%; A-Manzeb 80% n.kuk. (1,5-2 l/ga) – 79,2-83,3%; Mis xloroksidi 75-85% n.kuk. (1,5-2 l/ga) – 83,3% biologik samaradorlikka erishilgan, bu esa o‘z navbatida gektaridan o‘rtacha 14,8-62,9 sentnergacha qo‘shimcha hosil olishga imkon bergan;
tokzorlarda antraknoz kasalligiga qarshi uyg‘unlashgan kurashda kimyoviy va biologik vositalarni kombinatsion usulda qo‘llash sxemasi Oltinsoy tumanining “Qumsoy” fermer xo‘jaligining 21 gektar, Termiz tumanining “Sherali, Namuna” fermer xo‘jaligining 12 gektar, Sariosiyo tumanining “Bo‘yrapo‘sht, Mansur, Charos” fermer xo‘jaligining 10 gektar, jami 43 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 1–noyabrdagi 05/06–04-548–son). Natijada antraknoz kasalligiga uchragan tokzorlarda uyg‘unlashgan kurashda kimyoviy va biologik vositalar yordamida kombinatsion usulda ishlov berish orqali 78,0-87,8% biologik samaradorlikka hamda gektaridan o‘rtacha 12,8-54,1 sentnergacha hosilning saqlab qolinishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish