Musa To‘rabek Norboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq chinori (Platanus orientallus L.) bioekologiyasi va ko‘paytirish texnologiyasi”, 06.03.01 – O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1449.
Ilmiy rahbar: Xamroev Xusen Fatullaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamutov Baxrom Xojaniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharq chinori (Platanus orientallus L.) ning tashqi muhit omillariga munosabatini tahlil etish, urug‘larni terib olish, ekish muddati va usulini aniqlash hamda vegetativ ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Surxondaryo viloyati sharoitida sharq chinorining o‘sishi hamda havoning nisbiy namligi orasida bog‘liqlik mavjudligi va bog‘liqlikning korrelyasiya koeffisienti   ekanligi aniqlangan;
dekabr` oyining birinchi o‘n kunligida terib olingan urug‘larni mart oyining uchinchi o‘n kunligida 2 kun davomida oqar suvda bo‘ktirish va 2 kun davomida dimlash orqali urug‘lar unuvchanligi 66,5% gacha oshirish hamda nazoratga nisbatan 54,3% yuqori natija olish mumkinligi aniqlangan;
noyabr` oyining uchinchi o‘n kunligida tayyorlangan 20 sm uzunlikka ega bo‘lgan 26 mm diametrli yog‘ochlashgan qalamchalarni mart oyining birinchi o‘n kunligida ekilganda 80% saqlanib qolishi va yillik o‘sishi 60-64 sm ga etishi aniqlangan;
ildiz oldiruvchi “Root Energy” stimulyatoridan foydalanish orqali yog‘ochlashgan qalamchalarning ildiz olish darajasini 94% ga etkazish hamda o‘sish ko‘rsatkichini 2,3 marotabaga oshirish mumkinligi isbotlangan;
vegetativ usulda ko‘paytirish orqali standart ko‘chatlar tayyorlash muddatini 1 yilga kamaytirish va ularning miqdorini o‘rtacha 1,6-1,8 martagacha oshirish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharq chinori bioekologik xususiyatlari va ko‘paytirish texnologiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘rmon xo‘jaliklari uchun “Sharq chinori (Platanus orientallus L.) bioekologiyasi va ko‘paytirish texnologiyasi” mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1041-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma o‘rmon xo‘jaliklarida sharq chinorining ko‘chatlarini etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
sharq chinori (Platanus orientallus L.) ning ko‘chatlarini etishtirishda urug‘larni terib olish muddatlari va ekishga tayyorlash usullarini aniqlash ishlanmasi Qiziriq, Surxondaryo va Boysun davlat o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonlarining 3,0 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1041-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 gektar maydonda ko‘chat etishtirish va uni sotish orqali 140 mln so‘m daromad olingan;
sharq chinori (Platanus orientallus L.) ko‘chatlarini vegetativ usulda etishtirishda yog‘ochlashgan qalamchalarni tayyorlash muddatlarini aniqlash ishlanmasi Qiziriq, Surxondaryo va Boysun davlat o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonlarining 1,5 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1041-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 gektar maydonda ko‘chat etishtirish va uni sotish orqali 300 mln so‘m daromad olingan;
sharq chinori (Platanus orientallus L.) ko‘chatlarini vegetativ usulda etishtirishda yog‘ochlashgan qalamchalarini ildiz olish darajasini oshirish ishlanmasi Qiziriq, Surxondaryo va Boysun davlat o‘rmon xo‘jaliklari ko‘chatxonlarining 1,5 gektar maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni himoya qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 3 fevraldagi 03-03/1-03/3-1041-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 1 gektar maydonda ko‘chat etishtirish va uni sotish orqali 350 mln so‘m daromad olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish