Baxtiyorova Durdona Ixtiyor qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillshtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9134
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xoliqova Nozima Ne’matulloevna f.f.f.d. (PhD), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/27.09.2024.Ped.72.09
Rasmiy opponentlar: p.f.d. (DSc), Dilova Nargina Gaybullaevna, f.f.d. (PhD) Achilova Risolat A’zamovna
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
-sun’iy intelektdan foydalanib talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni shaxsiy o‘quv traektoriyasining o‘ziga xos xususiyatlarini bilish uchun so‘rovnoma, algoritmlashtirilgan ma’lumotlar asosida ta’lim murakkabligini dinamik ravishda boshqarish jarayonlari aniqlashtirilgan;
-talabalarning ingliz tiliga bo‘lgan individual ehtiyojlari ularning sun’iy intellektdan foydalanish ko‘nikmasiga egalik darajasini baholovchi mezonlar hamda o‘rganish uslubiga moslovchi kuchli - kuchsiz tomonlarini avtomatik ravishda yaratishga yo‘naltirilgan standartlashgan o‘qitishga nisbatan yuqori samaradorlikni aniqlash orqali ilmiy asoslangan;
- talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasi virtual va qo‘shimcha voqelik texnologiyalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan interaktiv va immersiv ssenariylar yaratishga oid (algoritmdan foydalanish, ingliz tili muhitida o‘zlarini erkin his etishlarini ta’minlash) mashqlar asosida takomillashtirilgan;
-talabalarning ingliz tilida muloqotga kirishuvini baholash mezonlari sun’iy intelektni qo‘llashda tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing - NLP) sohasidagi eng zamonaviy algoritmlardan foydalanish darajasini aniqlash ko‘rsatgichlariga (matnni sintaktik va semantik jihatdan tahlil qilish, xatolarning turlarini aniqlash) ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillashtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
-sun’iy intelektdan foydalanib talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish mazmuni shaxsiyo‘quv traektoriyasiningo‘ziga xos xususiyatlarini bilish uchun so‘rovnoma, algoritmlashtirilgan ma’lumotlar asosida o‘qish murakkabligini dinamik ravishda boshqarish jarayonlarini aniqlashtirishga oid ilmiy tahlillar asosida “Tibbiy Ingliz tilini o‘rgatishning sun’iy intellekt asosidagi modeli” o‘quv qo‘llanmasi mazmuni boyitilgan Oliy ta’lim fan va innovatsialar vazirligining 2024-yil 18-iyuldagi №2-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik ta’minot mazmuni muayyan darajada boyishiga xizmat qilgan;
-talabalarning ingliz tiliga bo‘lgan individual ehtiyojlari ularning sun’iy intelektdan foydalanish ko‘nikmasiga egalik darajasini baholovchi mezonlar hamdao‘rganish uslubiga mos kuchli - kuchsiz tomonlarini avtomatik ravishda yaratishga yo‘naltirilgan standartlashgan o‘qitishga nisbatan yuqori samaradorlikni aniqlash orqali ilmiy asoslangan ilmiy metodik yondashuvlar asosida “Talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasini takomillashtirish” nomli dastur tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reestrida 26.04.2025y. № DGU 50008 ro‘yxatdan o‘tkazilgan). Natijada, mustaqil ta’lim asosida talabalarning o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun imkoniyat oshgan;
-talabalarning ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanish metodikasi virtual va qo‘shimcha voqelik texnologiyalaridan foydalanishga yo‘naltirilgan interaktiv va immersiv ssenariylar yaratishga oid (algoritmdan foydalanish, ingliz tili muhitidao‘zlarini erkin his etishlarini ta’minlash) mashqlar asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan dars jarayonida foydalanilgan, ya’ni tadqiqot davomida yaratilgan darajani aniqlovchi ChatGPTlar dars samaradorligini ananaviy darslardaqaraganda 6%ga oshgan. Natijada, talabalarda sun’iy intelektdan foydalanib, til ko‘nikmasini rivojlantirish vao‘z bilimlarini baholashga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada o‘sgan;
-talabalarning ingliz tilida muloqotga kirishuvini baholash mezonlari sun’iy intelektni qo‘llashda tabiiy tilni qayta ishlash (Natural Language Processing - NLP) sohasidagi eng zamonaviy algoritmlardan foydalanish darajasini aniqlash ko‘rsatgichlariga (matnni sintaktik va semantik jihatdan tahlil qilish, xatolarning turlarini aniqlash) ko‘ra takomillashtirilgan mashq va topshiriqlar asosida Smart English Learner (talabalar uchun foydali va aqlli yondashuvni aks ettiruvchi) platforma yaratilgan. Natijada, talabaning til ko‘nikmasiga egalik darajasini avtomatik ravishda baholash, natijalarini tahlil qilib borishning metodik ta’minoti yaxshilanishiga xizmat qilgan.