Mirzaev Ashurali Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishning real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8707.
Ilmiy rahbar: Mamajonova Mahbuba Mirzaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Laylo Tolibjonovna pedagogika fanlari doktori, professor; Misirov Sohibjon Abdupattaevich, Pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarining chet tilida kommunikativ kompetensiyasini real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvdan foydalangan holda revojlantirishning lingvotexnologiyasini takomillashtirish va uni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha taklif, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvning retrospektiv tahlili asosida chet tili o‘qitishning lingvodidaktik tizimiga moslashtirilgan nazariy-metodologik asoslari va uning milliy ta’lim muhitida qo‘llanilishning identivligi asoslangan;
real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvning sotsiomadaniy va konstruktivizm nazariyalari asosida ishlab chiqilgan lingvotexnologiyasi oliy ta’lim tizimiga adaptatsiyalangan va ma’no ustuvorligi, nutq faoliyati turlari integratsiyalashuvi, til verbal muloqot vositasi, og‘zaki nutq ustuvorligi kabi tamoyillar asosida takomillashtirilgan;
real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvning ijtimoiy intellekt, makiavellian intellekt, interpersonal intellekt kabi psixik jarayonlarni faollashtirishga yo‘naltiruvchi psixolingvistik ta’sir choralari va kommunikativ faoliyat jarayonida talabalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish usullari aniqlashtirilgan;
ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani real nutqiy vaziyatlar asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan, autentik topshiriqlar va interaktiv mashqlar orqali og‘zaki nutq malakalarini mustahkamlash imkonini beruvchi hamda talabalarning psixolingvistik xususiyatlari, chet til o‘rganishga bo‘lgan motivatsion ehtiyojlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni hisobga olgan holda individual yondashuvni ta’minlashga qaratilgan “TTbasedlanguageteaching” platformasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: talabalarga chet tilini o‘qitishning real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvidan foydalanishga oid tahliliy natijalar asosida:
talabalarning chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvning retrospektiv tahlili asosida chet tili o‘qitishning lingvodidaktik tizimiga moslashtirilgan nazariy-metodologik asoslari va uning milliy ta’lim muhitida qo‘llanilishning identivligiga oid tavsiyalari «Maxsus yo‘nalishlarda chet tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025 yil 1-apreldagi 232 – sonli buyrug‘i). Natijada xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishlari talabalarining ingliz tilida og‘zaki muloqotni o‘rgatish jarayoni identivligi asoslangan;
real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvning sotsiomadaniy va konstruktivizm nazariyalari asosida ishlab chiqilgan lingvotexnologiyasi oliy ta’lim tizimiga adaptatsiyalangan va ma’no ustuvorligi, nutq faoliyati turlari integratsiyalashuvi, til verbal muloqot vositasi, og‘zaki nutq ustuvorligi kabi tamoyillariga doir tavsiyalari «Maxsus yo‘nalishlarda chet tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025 yil 1-apreldagi 232 – sonli buyrug‘i). Natijada talabalarning chet tilida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvidan foydalanish tamoyillari takomillashtirilgan;
real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvning ijtimoiy intellekt, makiavellian intellekt, interpersonal intellekt kabi psixik jarayonlarni faollashtirishga yo‘naltiruvchi psixolingvistik ta’sir choralari va kommunikativ faoliyat jarayonida talabalarning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirish usullarining takomillashtirishga oid xulosalari «Maxsus yo‘nalishlarda chet tili o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025 yil 1-apreldagi 232 – sonli buyrug‘i). Natijada chet tilida og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining real nutqiy vaziyatlarga asoslangan yondashuvi negizida takomillashuviga erishilgan;
ingliz tilida kommunikativ kompetensiyani real nutqiy vaziyatlar asosida rivojlantirishga yo‘naltirilgan, autentik topshiriqlar va interaktiv mashqlar orqali og‘zaki nutq malakalarini mustahkamlash imkonini beruvchi hamda talabalarning psixolingvistik xususiyatlari, chet til o‘rganishga bo‘lgan motivatsion ehtiyojlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni hisobga olgan holda individual yondashuvni ta’minlashga qaratilgan “TTbasedlanguageteaching” platformasidan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Tillarni o‘rganamiz”, “O‘zbekiston yoshlari” kabi ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiyokompaniyasining, 2025-yil, 10-iyundagi, 05-09-878-dalolatnomasi). Natijada chet tili o‘rgatishda real nutqiy vaziyatlardan foydalanishning chet tili o‘rgatish va o‘rganish jarayoniga ijobiy ta’sirini bilish imkoniyatlari kengaygan.