Usmanova Zaxro Abduvalievnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sink va sinkka bog‘liq endopeptidazalarni hisobga olgan holda aterosklerotik pilakcha noturg‘unligini baholashga diagnostik va prognostik yondashuvlarni ishlab chiqish” 14.00.25 - Klinik – laborator va funksional diagnostika, 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib314.
Ilmiy maslahatchilar: Aripov Abdumalik Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Rozixodjaeva Gul`nora Axmedovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Xalimbetov G‘ulomjon Sultanbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Alieva Ra’no Burxanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: uyqu arteriyalari aterosklerotik zararlanishi mavjud yurak ishemik kasalligiga chalingan bemorlarda sink va sinkka bog‘liq endopeptidazalar faolligini hisobga olgan holda aterosklerotik pilakcha noturg‘unligini baholashga diagnostik va prognostik yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyqu arteriyalari aterosklerozi og‘irlik darajasi qon, soch va aterosklerotik pilakchalar (ASP) dagi sink miqdorlariga bevosita bog‘liqligi, biosubstratlarda uning darajasining kamligi kasallik klinik kechishini bashorat qilishi asoslangan; 
karotid ateroskleroziga ega yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda qon zardobidagi TIMP-1 bilan sink miqdorlari o‘rtasida teskari uzviy bog‘liqlik aniqlangan; 
uyqu arteriyalarida noturg‘un ASP mavjud bemorlar qon zardobida MMP-9, TIMP-1 va ularning nisbati oshib ketishi, soch va ASPlarida sink miqdori kamayishi isbotlangan;
noturg‘un ASPning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning noturg‘un ASP tashxisiga sezilarli ta’sir qilishi aniqlangan;
tanlangan tekshiruv usullariga mos holda ishlab chiqilgan noturg‘un ASPning mantiqiy modeli ASP noturg‘unligini erta tashxislashga yordam berishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Sink va sinkka bog‘liq endopeptidazalarni hisobga olgan holda aterosklerotik pilakcha noturg‘unligini baholashga diagnostik va prognostik yondashuvlarni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uyqu arteriyalari aterosklerozi og‘irlik darajasi qon, soch va ASPdagi sink miqdorlariga bevosita bog‘liqligi, biosubstratlarda uning darajasining kamligi kasallik klinik kechishini bashorat qilishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazining 27.01.2024 yildagi 14-sonli va Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazining 7.02.2024 yildagi 25-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/27 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sinkning turli biosubstratlardagi miqdorini tekshirish uning etishmovchiligini erta aniqlashga, ateroskleroz asoratlarini oldini olishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: sink etishmovchiligini erta aniqlash orqali ateroskleroz asoratlari bilan kasalxonaga yotishlar sonini kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan. Xulosa: ushbu ma’lumotlar bemorlarni davolash taktikasiga individual yondashish va mikroelementlar holatini me’erlashtirish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: karotid ateroskleroziga ega yurak ishemik kasalligi mavjud bemorlarda qon zardobidagi TIMP-1 miqdori bilan sink miqdori o‘rtasida teskari uzviy bog‘liqlik aniqlanganligi  Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazining 27.01.2024 yildagi 14-sonli va Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazining 7.02.2024 yildagi 25-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/27 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: noturg‘un ASP markerlarining sink bilan bog‘liqligini o‘rganish ushbu mikroelement etishmovchiligini oldini olish orqali aholida yurak-qon tomir kasalliklarining erta tashxisi va prognozini yaxshilash, asoratlar xavfini kamaytirish imkoni bo‘lishi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: noturg‘un ASP erta tashxisi va individual yondashuv orqali davolash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qilgan. Xulosa: noturg‘un ASP tashxisi va bashoratida mukammal yondashuv imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: uyqu arteriyalarida noturg‘un ASP mavjud bemorlar qon zardobida MMP-9, TIMP-1 va ularning nisbati oshib ketishi, soch va ASPlarida sink miqdori kamayishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazining 27.01.2024 yildagi 14-sonli va Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazining 7.02.2024 yildagi 25-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/27 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ASP holatini kompleks baholash orqali yurak-qon tomir asoratlarini keltirib chiqaruvchi noturg‘un ASPni erta aniqlash imkonini yaratgan va yangi diagnostik va prognostik yondashuv ishonchliligini oshirgan. Iqtisodiy samaradorligi: noturg‘un ASPni erta aniqlash orqali yuqori xarajatli jarrohlik amaliyotlari va reanimatsiya davolarining oldi olinadi. Xulosa: karotid aterosklerozi asoratlari patogenezida biologik namunalardagi sink miqdori muhim rol` o‘ynashini tasdiqlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: noturg‘un ASPning sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, ularning noturg‘un ASP tashxisiga sezilarli ta’sir qilishi aniqlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazining 27.01.2024 yildagi 14-sonli va Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazining 7.02.2024 yildagi 25-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/27 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: noturg‘un ASPga sezilarli ta’sir qiluvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash bemorlar tekshiruvidan olingan keng ma’lumotlarni umumlashtirish va tartiblashtirishga ko‘mak beradi. Bu esa samarali tashxis qo‘yish imkoniyatiga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: har bir ko‘rsatkichni inobatga olish tashxis samaradorligini oshirishga imkon bergan.  Xulosa: o‘rganiladigan tanlanma shakllanish jarayonida 83 belgidan mucbat hicca qiymatli 51 belgi tanlab olindi, ulardan ACPning noturg‘unligi haqida qaror qabul qilishga ahamiyatli ta’cir qiluvchi 31 belgi ajratilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: tanlangan tekshiruv usullariga mos holda ishlab chiqilgan noturg‘un ASPning mantiqiy modeli ASP noturg‘unligini erta tashxislashga yordam berishi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgik angionevrologiya markazining 27.01.2024 yildagi 14-sonli va Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazining 7.02.2024 yildagi 25-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2024 yil 26 noyabrdagi 09/27 sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning joriy qilinishi noturg‘un ACPni camarali baholash hamda aterockleroz va uning acoratlarini calbiy kechishini bashorat qilish, noturg‘un aterocklerotik pilakchali bemorlarni erta aniqlash, ushbu kacallikni camarali oldini olish va davolash yondashuvini aniqlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: noturg‘un ACPni camarali baholash gocpitalizatsiya harajatlarini 126,7 million co‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan aterocklerotik jarayon tashxici modelini tekshirish ma’lumotlari ekcpert axborotiga ko‘ra 92% hollarda bemorlar tashxici bilan to‘g‘ri kelishini ko‘rcatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish