Sultonov Komiljon Aslonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri «Milliy o‘zlikni anglashda Amir Temur omilining tarixiy tahlili», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar1697.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/06.04.2024.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlar: Jamolova Dilnoza Muyidinovna , tarix fanlari doktori. Usmonov Baxriddin Axmedovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Milliy o‘zlikni anglashda Amir Temurning siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlarining o‘rnini manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
Amir Temur shaxsi milliy o‘zlikni anglash jarayonida tarixiy xotira va vorisiylikni shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, uning siymosi o‘zbek xalqining davlatchilik an’analari, harbiy-siyosiy tafakkuri va adolatparvarlik tamoyillarida milliy o‘zlikni sivilizatsiyaviy anglashning timsoliga aylanganligi aniqlangan;
Amir Temur o‘z davlatchilik siyosatida konfessiyalararo bag‘rikenglik, diniy e’tiqodga sodiqlik bilan birga, barqarorlik, turli e’tiqod vakillarining tinch-totuv yashashi va ilm-ma’rifat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo‘lganligi, diniy bag‘rikenglikni siyosiy zarurat emas, davlat barqarorligining doimiy tamoyili bo‘lganligi asoslangan;
“Temur tuzuklari” markazlashgan davlatni harbiy-siyosiy intizom, ijtimoiy adolat va etnomadaniy birlik asosida tashkil etishga qaratilgan mukammal boshqaruv modeli sifatida faqat tarixiy hujjat emas, davlat va jamiyatni yagona mafkuraviy va madaniy asosda integratsiyalash vositasi bo‘lganligi bugungi milliy o‘zlik, suverenitet va sivilizatsion barqarorlik konsepsiyasining tarixiy ildizlari ekanligi isbotlangan;
Amir Temur qarashlari yosh avlod tarbiyasiga davlat barqarorligining tayanchi strategik tarbiya modeli sifatida qaragan bo‘lib, Temur tomonidan ilgari surilgan harbiy intizom, aql-zakovat, ilm-fan va axloqiy poklik tamoyillari bugungi kunda barkamol avlod konsepsiyasining ishlab chiqilishi va takomillashuvining tarixiy ildizlari poydevori bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi. Milliy o‘zlikni anglashda Amir Temur omilining tarixiy tahlilini tadqiq etish asnosida kelingan ilmiy xulosa hamda ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Amir Temur shaxsi milliy o‘zlikni anglash jarayonida tarixiy xotira va vorisiylikni shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, uning siymosi o‘zbek xalqining davlatchilik an’analari, harbiy-siyosiy tafakkuri va adolatparvarlik tamoyillarida milliy o‘zlikni sivilizatsiyaviy anglashning timsoliga aylanganligi xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali ko‘rsatuvlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 02-30-1457-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan tarixiy ma’lumotlar Amir Temur shaxsini chuqurroq anglash va uning ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini yoshlar tarbiyasida kengroq foydalanishga xizmat qilgan;
Amir Temur o‘z davlatchilik siyosatida konfessiyalararo bag‘rikenglik, diniy e’tiqodga sodiqlik bilan birga, barqarorlik, turli e’tiqod vakillarining tinch-totuv yashashi va ilm-ma’rifat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo‘lganligi, diniy bag‘rikenglikni siyosiy zarurat emas, davlat barqarorligining doimiy tamoyili bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora tadbirlar dasturining 111- yoʻnalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi xamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti 15- bandi “Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy ijodiy asarlarni keng targ‘ib qilish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 -yil 13- apreldagi № 135-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar, xususan dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda milliy o‘zlikni anglashda Amir Temurning siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy qarashlarini manbalar va ilmiy tadqiqotlar asosida ochib berishga, hamda demokratik, huquqiy davlat qurish konsepsiyasini yanada mustahkamlash va aholi orasida tolerantlikni targ‘ib qilishga xizmat qilgan.
“Temur tuzuklari” markazlashgan davlatni harbiy-siyosiy intizom, ijtimoiy adolat va etnomadaniy birlik asosida tashkil etishga qaratilgan mukammal boshqaruv modeli sifatida faqat tarixiy hujjat emas, davlat va jamiyatni yagona mafkuraviy va madaniy asosda integratsiyalash vositasi bo‘lganligi bugungi milliy o‘zlik, suverenitet va sivilizatsion barqarorlik konsepsiyasining tarixiy ildizlari ekanligi haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur xayriya fondini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur xayriya fondining 2024- yil 8-yanvardagi №04-71-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar barkamol avlod tarbiyasida Amir Temur qarashlarini yanada ommalashtirishga xizmat qilgan.
Amir Temur qarashlari yosh avlod tarbiyasiga davlat barqarorligining tayanchi strategik tarbiya modeli sifatida qaragan bo‘lib, Temur tomonidan ilgari surilgan harbiy intizom, aql-zakovat, ilm-fan va axloqiy poklik tamoyillari bugungi kunda barkamol avlod konsepsiyasining ishlab chiqilishi va takomillashuvining tarixiy ildizlari poydevori bo‘lganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur xayriya fondini boyitishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Amir Temur xayriya fondining 2024- yil 8-yanvardagi №04-71-sonli ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar jamiyatda yosh avlod tarbiyasining tarixiy ildizlari haqidagi xulosalar qarashlarini yanada ommalashtirishga xizmat qilgan.