Axmedov Muzaffar Shokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda personalni boshqarishning motivatsion tizimini takomillashtirish” (Tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalari misolida), 08.00.13 – “Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt.4783.
Ilmiy rahbar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan Davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan Davlat texnika universiteti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor XXX iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Oqboev Alisher Rasuljanovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalarida personalni samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan omillar asosida motivatsion tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mehnat motivatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni xodimlarning ish faoliyatiga nisbatan ichki va tashqi omillar ta'sirida shakllanadigan rag‘batlantiruvchi impulslar majmuini mehnat unumdorligi, ishga bo‘lgan qoniqish va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni belgilab beruvchi va zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda inson kapitali salohiyatidan samarali foydalanishning ustuvor omili sifatida takomillashtirilgan;
mehnatga haq to‘lash darajasini jamoa faoliyati natijalariga muvofiqligini ta'minlash orqali personal motivatsiyasini oshirishda ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rejani bajarish (ORB = 0,15-0,2), bir ishlab chiqarish siklidagi sifatli mahsulot hajmi (SMH = 0,21-0,26), jamoadagi ishchilarning uzlyuksiz ishlash darajasi (UID = 0,13-0,18), jamoadagi ishchilarning qo‘nimlilik darajasi (IQD = 0,19-0,24) mezonlarini qo‘llashning maqbul nisbatlari asoslangan; 
tikuv buyumlari ishlab chiqarish sohasiga xususiyatli bo‘lgan tashqi motivatsion omil sifatida jamoaviy KPI baholash usuli asosida personal faoliyati samaradorligini “yuqori samaradorlik” (SBChyu > 100), “barqaror samaradorlik” (91 ≤ SBChb ≤ 100), “qoniqarli samaradorlik” (60 ≤ SBChq ≤ 90), “past samaradorlik” (SBChp < 60) chegaralari doirasida baholash orqali ishchi personalning motivatsiyasini oshirish asoslangan;
“Fazman tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ishchi personal ish samaradorligini motivatsion omillar bilan bog‘liqligining logorifmik modeli asosida 2029-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tikuv buyumlari ishlab chiqarish korxonalarida personalni boshqarishning motivatsion tizimini takomillashtirish asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mehnat motivatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini xodimlarning ish faoliyatiga nisbatan ichki va tashqi omillar ta'sirida shakllanadigan rag‘batlantiruvchi impulslar majmuini mehnat unumdorligi, ishga bo‘lgan qoniqish va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni belgilab beruvchi va zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda inson kapitali salohiyatidan samarali foydalanishning ustuvor omili sifatida takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Menejment” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 29 sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i). Natijada, talabalarda zamonaviy iqtisodiy munosabatlarda inson kapitali salohiyatidan samarali foydalanishning ustuvor omili sifatida takomillashtirilgan “mehnat motivatsiyasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni oshirish imkoni yaratilgan;
mehnatga haq to‘lash darajasini jamoa faoliyati natijalariga muvofiqligini ta'minlash orqali personal motivatsiyasini oshirishda ishlab chiqarish bo‘yicha oylik rejani bajarish (ORB = 0,15-0,2), bir ishlab chiqarish siklidagi sifatli mahsulot hajmi (SMH = 0,21-0,26), jamoadagi ishchilarning uzlyuksiz ishlash darajasi (UID = 0,13-0,18), jamoadagi ishchilarning qo‘nimlilik darajasi (IQD = 0,19-0,24) mezonlarini qo‘llashning maqbul nisbatlarini asoslashga oid taklifdan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-uyuldagi 02/25-1808-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Fazman tekstil” MChJ korxonasida bir ishlab chiqarish siklida nomuvofiq mahsulotlar ishlab chiqish xajmi 4,3 foizga, kamayishiga va “Gian Bros tekstil” MChJ mehnat unumdorligi o‘rtacha 10,0 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
tikuv buyumlari ishlab chiqarish sohasiga xususiyatli bo‘lgan tashqi motivatsion omil sifatida jamoaviy KPI baholash usuli asosida personal faoliyati samaradorligini “yuqori samaradorlik” (SBChyu > 100), “barqaror samaradorlik” (91 ≤ SBChb ≤ 100), “qoniqarli samaradorlik” (60 ≤ SBChq ≤ 90), “past samaradorlik” (SBChp < 60) chegaralari doirasida baholash orqali ishchi personalning motivatsiyasini oshirish taklifidan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-uyuldagi 02/25-1808-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Fazman tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyat shim ishlab chiqarish bo‘limidagi ishchi personallarning mehnat unumdorligi 8,1 foizga o‘sishga erishilgan; 
“Fazman tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyatida ishchi personal ish samaradorligini motivatsion omillar bilan bog‘liqligining logorifmik modeli asosida 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarrufidagi korxonalarning istiqboldagi reja va dasturlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 25-uyuldagi 02/25-1808-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Fazman tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatida asosiy ishlab chiqarish personallari samaradorligini 2024-yilga nisbatan 2029-yilda 2,38 koeffisentga o‘sishiga erishilishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish