Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti va 08.00.13 – Menejment tutash ixtisosliklari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy maslahatchi: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD26/12.02.2025.I.11.04 raqamli Ilmiy kengash aosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Buriev Xakim Toshimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tarmoq korxonalarining mulkiy munosabatlari hamda xo‘jalik faoliyatini samarali muvofiqlashtiruvchi, manfaatlarning muvozanatlashgan iqtisodiy mexanizmi asosida klasterli aloqalarni rivojlantirishni ta’minlovchi korporativ boshqaruv modelini tatbiq etish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining samaradorlik darajasini baholash uslubi tegishli ko‘rsatkichlar tizimida dinamik moslashuvchanlik indeksining chegarasi
(Kdm = >=1), boshqaruv tuzilmasi samaradorligi ko‘rsatkichining chegarasi (Kbs = ≥1) miqdoriy qiymatini belgilash orqali takomillashtirilgan;
korporativ boshqaruvni takomillashtirishning qurilish materiallari ishlab chiqarishning real qiymatiga ta’sirini baholash natijasida O‘zbekistonda qurilish materiallari real qiymatining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritish orqali korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish taklifi asoslangan;
jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida 1 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) umumiy yig‘ilish kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) ushbu kengashning va komissiyaning (taftishchilarning) son tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatish orqali korporativ boshqaruvda minoritar aksiyadorlar rolini yanada oshirish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruv” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tarmoq korxonalarining mulkiy munosabatlari hamda xo‘jalik faoliyatini samarali muvofiqlashtiruvchi, manfaatlarning muvozanatlashgan iqtisodiy mexanizmi asosida klasterli aloqalarni rivojlantirishni ta’minlovchi korporativ boshqaruv modelini tatbiq etish nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Biznesni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 14 apreldagi 136-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda manfaatlarning muvozanatlashgan iqtisodiy mexanizmi asosida klasterli aloqalarni rivojlantirishni ta’minlovchi korporativ boshqaruv modelini tatbiq etish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruv” tushunchasiga oid nazariy bilimlarni chuqurlashtirish imkoni yaratilgan;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritish orqali korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 18 yanvardagi O‘RQ-814-son “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 iyuldagi 14-06/8343-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mustaqil a’zolikka nomzodlar, agar jamiyat ustavida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan, qoida tariqasida, jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi ko‘rib chiqishi uchun tanlov asosida ko‘rsatilib, bu korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish imkonini yaratadi;
jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida 1 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) umumiy yig‘ilish kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning kuzatuv kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) ushbu kengashning va komissiyaning (taftishchilarning) son tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatish orqali korporativ boshqaruvda minoritar aksiyadorlar rolini yanada oshirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 18 yanvardagi O‘RQ-814-son “Korporativ boshqaruv tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 iyuldagi 14-06/8343-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korporativ boshqaruvda minoritar aksiyadorlar rolini yanada oshirishga erishilgan;
korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining samaradorlik darajasini baholash uslubi tegishli ko‘rsatkichlar tizimida dinamik moslashuvchanlik indeksining chegarasi (Kdm = >=1), boshqaruv tuzilmasi samaradorligi ko‘rsatkichining chegarasi (Kbs = ≥1) miqdoriy qiymatini belgilash orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 iyuldagi 14-06/8343-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korporativ boshqaruvning tashkiliy tuzilmasining samaradorlik darajasini baholash metodologiyasini takomillashtirish imkoni yaratilib, qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda korporativ boshqaruv samaradorligi 2024 yilda oldingi yilga nisbatan 20 foizga oshirishga erishilgan;
korporativ boshqaruvni takomillashtirishning qurilish materiallari ishlab chiqarishning real qiymatiga ta’sirini baholash natijasida O‘zbekistonda qurilish materiallari real qiymatining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 25 iyuldagi 14-06/8343-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv jarayonini takomillashtirish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarishning real qiymati va hamda foyda miqdorini istiqboldagi asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.