Hamidov Orifjon Jaxongirovichning  
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sianoglikozid tutgan urug‘larni kompleks qayta ishlashning kolloid kimyoviy asoslari va olingan mahsulotlar tasnifi», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/K213. 
Ilmiy maslahatchilar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Tuxtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti huzuridagi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdulloev Obidjon Shaxobidinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abduganiev Baxtiyorjon Yormuxammatovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maxkamov Ravshan Rahimovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sianoglikozidli urug‘lardan ajratilgan moylarni standartlashtirish, moy va moyli ekstraktlardan emulsiyalar tayyorlashning kolloid-kimyoviy asoslarini ishlab chiqish, kunjarasidan BFMlarni olish, ular asosida qishloq xo‘jaligi uchun tovarlar ishlab chiqish hamda ularni kimyoviy tarkibi asosida (TIF TN bo‘yicha) tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovuq presslash usuli bilan olingan moylarning tarkibi va fizik-kimyoviy xossalari asosida ularning GOST 30306-95 talab standartiga mos kelishi isbotlangan;
ilk bor YuSSX yordamida mahalliy sianoglikozidli urug‘larni sovuq presslash usulida olingan moylar tarkibida amigdalin miqdori 0,111 mg/l dan 0,936 mg/l gacha mavjudligi va bu moylar amigdalin miqdorini kamaytirmasdan ozuqa sifatida foydalanish mumkin emasligi isbotlangan;
sianoglikozidli kunjaralarni chuqur qayta ishlash asosida spirtli ekstraktlar ajratib olingan va bu BFMni insektoakarisidlar sifatida qo‘llash mumkinligi ilmiy asoslangan;
kunjaralar tarkibida oqsillar (erkin aminokislotalar), uglevodlar va suvda eriydigan vitaminlar mavjud bo‘lib, ularning ozuqaviy qiymatlari yuqoriligi isbotlangan; 
sovuq presslash usuli yordamida ajratilgan moylar asosida, anionaktiv va noionogen SFMlar ishtirokida barqaror emulsiyalar olish texnologiyasi hamda ularning kolloid-kimyoviy asoslari ishlab chiqilgan;
achchiq bodom moyi asosida dorivor o‘simliklar (qariqiz ildizi) moyli ekstraktlarini olish va ularga turli SFMlar qo‘shish yo‘li bilan emulsiyalarga aylantirish sharoitlari aniqlangan;
moysizlantirilgan sianoglikozidli kunjaralardan 96 % etanol asosida ekstrakt ajratib olishning prinsipial texnologiyasi ishlab chiqilgan, hamda olingan ekstraktlarning suvdagi eritmalarini kolloid-kimyoviy xossalari aniqlangan;
sianoglikozidli kukunlarning spirtli ekstraktlari asosida emulsion konsentratlari olinib, ulardan ishchi eritmalar tayyorlangan va emulsiyalarning kolloid-kimyoviy xossalari aniqlangan;
insektoakarisid emulsiyalarda yuqori konsentratsiyada suv-moy tizimlari (II tur emulsiya) hosil bo‘lib, ularning akarisidlik xossalari yuqori bo‘lishi va konsentratsiya kamayganda esa moy-suv emulsiyasi (I tur) shakllanib, bunda akarisidlik xossalarining pasayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Urug‘ida sianoglikozid tutgan mag‘zlarni kompleks qayta ishlash texnologiyasi va olingan mahsulotlarni tasnifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
emulsiya hosil qilish uchun insektoakarisid konsentrat uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№ IAP 07357, 15.12.2020 y.). Natijada, achchiq bodom mag‘zi asosida emulsiya hosil qilish uchun nsektoakarisid konsentrati olish imkoniyati yaratilgan;
akarisid tarkib uchun O‘zbekiston Respublikasi Itellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (№ IAP 7859, 17.05.2021 y.). Natijada, achchiq bodom mag‘zi va SFM ishtirokida kukun holatidagi insektoakarisid preparatlari yaratilgan;
sianoglikozidli mag‘zlar asosida olingan insektoakarisidlar Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fermer xo‘jaliklarida qora mol va mayda shohli hayvonlarni dezinfeksiyalashda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2025 yil 20 iyundagi 03/23-1807-son ma’lumotnomasi). Natijada, qora mol va mayda shoxli hayvonlarning kana bilan zararlanishi 85 % kamayishini imkonini bergan;
sianoglikozidli mag‘zlar asosida olingan insektoakarisidlar “Elektrokimyozavod” AJ QKning “2026-2027 yillarda amaliyotga joriy etilish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” AJ qushma korxonasining 2024 yil 20 maydagi 32-son ma’lumotnomasi). Natijada, hayvonlarning kana bilan zararlanishi 85 % kamayish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish