Rahimjonov Zohidjon Botirxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Molibden ishlab chiqarish shlamlarini Mo, Re, Cu ga qayta ishlashning resurstejamkor texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5608.
Ilmiy rahbar Guro Vitaliy Pavlovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Elmurod Abduqodirovich, texnika fanlari doktori, professor; Yakubov Maxmudjon Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: molibden ishlab chiqarish chiqindilaridan Mo, Re, Cu ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish, MSM kuyindisini qayta ishlash samaradorligini oshirish, tayyor mahsulot sifatini oshirish, shuningdek, sodali tanlab eritish jarayonida oltin va kumushning qaytmas yoʻqolishlar meʼyorini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
molibdenni melamin yordamida cho‘ktirish asosida cho‘kmada boyitish texnologiyasi ishlab chiqilgan va molibden tarkibi yuqori bo‘lmagan nordon azotli eritmalar tarkibidan 99% molibdenni kekda jamlangani aniqlangan;
ATM mahsulotini Al, Si, Fe, Cu, W, Ca kabi yot unsurlardan tozalash usuli ishlab chiqilgan, natijada Al va Si unsirlarini tayyor mahsulotda 10 martaga kamaytirish mumkinligi isbotlangan;
molibden sanoati mahsuloti kuyindisini qayta ishlash jarayonida oltin (Au) va kumushning (Ag) amaliyotlararo qaytmas yo‘qotish darajalari aniqlangan;
molibden sanoati qattiq chiqindilari tarkibidagi molibden va oltinni soda-gipoxlorit eritmasida tanlab eritish usuli ishlab chiqilgan, natijada molibdenni tayyor mahsulotga ajratib olish 65% dan 98% gacha oshirilishi isbotlangan;
murakkab tuzlardan iborat molibden ishlab chiqarish chiqindilarini samarali qayta ishlashning tajribaviy sinovlarga asoslangan va texnologik jarayonlarning optimal parametrlarini hisobga olgan yangi texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. MSM kuyindisini sodali tanlab eritish orqali ajratib olingan mahsulot (ATM) sifatini oshirish, tarkibidagi oltin va kumushning qayta ishlash jarayondagi yo‘qolishlarini aniqlash, molibden sanoati chiqindilari tarkibidan Mo, Re, Cu ni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ATM tarkibidagi zararli yot unsurlar (Fe, Cu, W, Ca) dan tozalashning ion almashinuv texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 23 oktyabrdagi 10-24/01-01433-son maʼlumotnomasi). Natijada, ATM tarkibidagi zararli yot unsurlar (Fe, Cu, Si) miqdorini 10-martaga kamaytirishga erishilib, O‘zDst 3209:2017 talablariga moslash imkonini bergan;
MSM kuyindisini sodali tanlab eritish jarayonida oltin va kumushning qaytmas yo‘qolishlar me’yori “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 23 oktyabrdagi 10-24/01-01433-son maʼlumotnomasi). Natijada, MSM kuyindisini qayta ishlash jarayonida qimmatbaho metallarni hisobga olish va nazorat qilish tartibini qat’iylashtirish imkoni yaratilgan;
Molibden sanoati chiqindilari (qattiq va suyuq)ni qayta ishlashga jalb etish va tarkibidagi Mo, Re, Cu ni ajratib olish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJda amaliyotga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 23 oktyabrdagi 10-24/01-01433-son maʼlumotnomasi). Natijada, molibdenni ajratib olish samaradorligi mavjud texnologiyadagi 65 % o‘rniga 98 %ga o‘sish imkonini bergan.