Toshmanov Ikrom Jumanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli ta’lim muhitida biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotini takomillashtirish (7-sinf biologiya fani misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4568.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrizabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.91.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Malohat Tursunovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xushvaktova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli ta’lim muhitida 7-sinf biologiya fani laboratoriya mashg‘ulotlarining dasturiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
7-sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarining dasturiy ta’minotini rivojlantirishning didaktik modeli og‘zaki, yozma va vizual bilimlarini manipulyativ raqamlashtirish, kollobarativ rivojlantirishga yo‘naltirilgan murakkab biologik tuzilmalarni vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotini takomillashtirish samaradorligi raqamli laboratoriya effektlari Quiz, Veb-quest vositalari yordamida kutilgan va haqiqiy natijalarni baholash va refleksiya jarayonining obektivligini ta’limiy platformalar vositasida aniqlash asosida takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotining didaktik imkoniyatlari virtual makondagi pedagogik faoliyat mobilligi va nazariy bilimlarni amaliy xarakatlar traektoriyasiga individuallashtirilgan vektorli yo‘naltirish natijalari avtonomligini faktorli tahlil qilish asosida aniqlashtirilgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotini rivojlantirish metodikasi individuallashgan mobil ilovalar, og‘zaki va vizual ko‘rsatmalar va ta’lim subektlari ijodiy hamkorligini intensiv laboratoriyaviy modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
7-sinf biologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarining dasturiy ta’minotini rivojlantirishning didaktik modeli og‘zaki, yozma va vizual bilimlarini manipulyativ raqamlashtirish, kollobarativ rivojlantirishga yo‘naltirilgan murakkab biologik tuzilmalarni vizuallashtirish asosida takomillashtirilgan doir tavsiyalari “Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli qarori, 438506-sonli guvohnoma). Natijada, raqamli ta’lim muhitida maktab biologiya ta’limi laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minoti samaradorligi oshgan;
biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotini takomillashtirish samaradorligi raqamli laboratoriya effektlari Quiz, Veb-quest vositalari yordamida kutilgan va haqiqiy natijalarni baholash va refleksiya jarayonining obektivligini ta’limiy platformalar vositasida aniqlashga doir tavsiyalari Biologiya o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli qarori, 438506-sonli guvohnoma). Natijada, o‘quvchilarning raqamli ta’lim muhitida raqamli vositlar bilan ishlash motivatsiyasi oshgan;
raqamli ta’lim muhitida biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotining didaktik imkoniyatlari virtual makondagi pedagogik faoliyat mobilligi va nazariy bilimlarni amaliy xarakatlar traektoriyasiga individuallashtirilgan vektorli yo‘naltirish natijalari avtonomligini faktorli tahlil qilish asosida aniqlashtirishga doir takliflari l-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rtra ta’lim maktablarining tabiiy fanlari (fizika va biologiya) uchun yangi avlod elektron o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” (2019-2021-yy.) mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2024-yil 2-dekabrdagi 04/22-8102-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabda biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning amaliy faoliyat tajribasi orttirilgan, raqamli ta’lim muhitida integratsiyalash dinamikligi ta’minlangan;
raqamli ta’lim muhitida biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari dasturiy ta’minotini rivojlantirish metodikasi individuallashgan mobil ilovalar, og‘zaki va vizual ko‘rsatmalar va ta’lim subektlari ijodiy hamkorligini intensiv laboratoriyaviy modellashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “7-sinf o‘quvchilari uchun Zoologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun elektron o‘quv qo‘llanma” mazmuniga singdirilgan. Natijada, laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning metapredmetli va tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari ta’minlangan.