Tajibaev Soyib Samijonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Ped74.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara Jumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ro‘ziev Axroldjon Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Allamuratov Shuxrat Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida o‘smir yakkakurashchilarning (boks, taekvondo) o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan harakatli o‘yinlar shug‘ullanuvchilarning vaziyatga va shaxsga xos xavotirlanishini me’yorlashtirib sport motivatsiyasini rivojlantirgan;
o‘smir yakkakurashchilarning maxsus jismoniy (portlovchan chidamlilik indeksi, portlovchan chidamliligi koeffisienti, kreatinfosfat ish qobiliyati indeksi, tezlik chidamliligi koeffisienti, tezlik chidamlilik indeksi, glikolitik chidamlilik indeksi, tezkor-kuch tayyorgarligining ish qobiliyati indeksi va boshqa.), psixofiziologik (oddiy xarakat reaksiyasi) va texnik tayyorgarligini sifatli baholash hamda nazorat qilishni ta’minlovchi kompyuter dasturi takomillashtirilgan;
turli tayyorgarlik bosqichlarida shug‘ullanuvchi sportchilarning harakat tayyorgarligidagi biokinematik xatolarni aniqlash va bartaraf etishga oid muhim tavsiya va takliflarni ishlab chiqishda 3D o‘lchamli metodika takomillashtirilgan;
harakatli o‘yinlar va boks, taekvondo sportiga xos harakat faoliyatlari biokinematikasi o‘zaro taqqoslanib, tana elka qismi sagittal tekisligining burilishi 85° burchak ostida, bokschilarda to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtidagi tana elka qismi sagittal tekisligining burilishi 87° burchak ostida amalga oshirilishi, o‘yin vaqtida ishtirokchining raqibga nisbatan perpendikulyar holatga o‘tishida tana tos qismi sagittal tekisligining aylanma-qayrilish ko‘rinishidagi harakatlanishi 62,5° burchak ostida, bokschilarning to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtida esa ushbu harakat 72,2° burchak ostida amalga oshirilishi aniqlangan;
yakkakurash sport turlarida harakat tuzilmasi va o‘zlashtirilayotgan texnik harakatlardagi mushak kuchlanishlari xususiyatiga, bazaviy harakatlar texnikasining biomexanikaviy tavsiflariga muvofiq holda bazaviy texnik ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallashga yordam beruvchi harakatli o‘yinlar tabaqalashirilgan;
o‘smir yakkakurashchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida harakatli o‘yinlardan shug‘ullanuvchilarning kompleks (jismoniy (umumiy va maxsus), texnik, psixofiziologik (sport motivatsiyasi, vaziyatga va shaxsga xos xavotirlanish, oddiy harkat reaksiyasi)) tayyorgarligini takomillashtiruvchi vosita sifatida maqsadli foydalanishga metodik yondashuv yo‘llari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasini ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smir yakkakurashchilarning psixofiziologik tayyorgarligida tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir bokschilarning vaziyatga xos xavotirlanish ko‘rsatkichi 16-17%ga, shaxsga xos xavotirlanish ko‘rsatkichlari 17-19,4%ga yaxshilanishiga, sport motivatsiyasining 21-23%ga, xarakat reaksiyasi tezligini 19,4-21,7%ga rivojlanishiga xizmat qilgan;
o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligida tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir yakkakurashchilarning tezkor-kuch sifatlari 19-21%ga, mutloq kuchi 17-19%ga, nisbiy kuchi 121-23%ga, portlovchan chidamlilik indeksi 29-31%ga, portlovchan chidamlilik koeffisienti 25-28%ga, ish qobiliyatining kreatinfosfat indeksi 33-35%ga o‘sishiga erishilgan;
yakkakurashchilarning maxsus jismoniy va psixofiziologik tayyorgarligini sifatli nazorat qilishda takomillashtirilgan kompyuter dasturidan sportning yakkakurash turi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada takomillashtirilgan dasturdagi nazorat mashqlari o‘smir yakkakurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligida portlovchan chidamlilik indeksi, portlovchan chidamlilik koeffisienti, kreatinfosfat ish qobiliyati indeksi, tezlik chidamliligi koeffisienti, tezlik chidamliligi indeksi, glikolitik chidamlilik indeksi, tezkor-kuch tayyorgarligining ish qobiliyati indeksi, psixofiziologik tayyorgarligida oddiy xarakat reaksiyasini baholashdagi axborotliligi, validligi, ishonchliligi, olingan natijalarni tez va aniq qayta ishlab chiqishdagi samaradorligi amaliyotda isbotlangan;
harakatli o‘yinlar va yakkakurash sport turlariga xos harakat faoliyatlari biokinematikasini qiyosiy tahlil qilishda 3D o‘lcham yordamida aniqlash metodikasi Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati va sportning yakkakurash turi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada harakatli o‘yinlardagi tana elka qismi sagittal tekisligining burilishi 85° burchak ostida, bokschilarda to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtidagi tana elka qismi sagittal tekisligining burilishi 87° burchak ostida amalga oshirilishi, o‘yin vaqtida ishtirokchining raqibga nisbatan perpendikulyar holatga o‘tishida tana tos qismi sagittal tekisligining aylanma-qayrilish ko‘rinishidagi harakatlanishi 62,5° burchak ostida, bokschilarning to‘g‘ridan va yondan zarba berish vaqtida esa ushbu harakat 72,2° burchak ostida amalga oshirilishini aniqlash imkonini bergan;
yakkakurash sport turlarida harakat tuzilmasi va o‘zlashtirilayotgan texnik harakatlardagi mushak kuchlanishlari xususiyatiga, bazaviy harakatlar texnikasining biomexanikaviy tavsiflariga muvofiq holda bazaviy texnik ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallashga yordam beruvchi harakatli o‘yinlar yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida o‘smir sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada 11-13 yoshli bokschilarda o‘ng qo‘lda to‘g‘ridan zarba berish harakatlari texnikasi 17-19%ga, chap qo‘lda to‘g‘ridan zarba berish harakatlari texnikasi 18-21%ga, o‘ng qo‘lda yondan zarba berish harakatlari texnikasi 23-25%ga, chap qo‘lda yondan zarba berish harakatlari texnikasi 21,4-23,5%ga, 12-13 yoshli taekvondochilarda o‘ng oyoqda dollyo chagi zarbasining bajarilish texnikasi 27-29%ga, chap oyoqda bajariladigan dollyo chagi zarba texnikasi 25,3-27,6%ga, chap va o‘ng qo‘llarda bajariladigan ap chagi zarba texnikasi 17-21%ga rivojlanishiga xizmat qilgan;
o‘smir yakkakurashchilarning kompleks tayyorgarligini takomillashtiruvchi vosita sifatida harakatli o‘yinlardan maqsadli foydalanishning metodik yondashuvlari ishlab chiqilib yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2018 yil 6 dekabrdagi 01-07-10-3113-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir qilichbozlarning kuch sifati 17,4-19,21%ga, chaqqonlik sifati 21,2-23,4%ga, egiluvchanlik 43,5-45,6%ga, chidamlilik sifati 11-13%ga, 10-13 yoshli taekvondochilarning tezkor-kuch sifatlari 18-21%ga, tezlik sifati 28-33%ga, chaqqonlik sifati 15-17%ga, chidamlilik sifati 12,5-14,8%ga o‘sishiga erishilgan.