Qodamboev Pirnazar Qodamboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qalay asosida nochiziqli optik materiallar sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K913.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Balakrishnan Chellakurungu, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01.
Rasmiy opponentlar: Bekchanov Davron Jumazarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Muqumova Gulvar Jumaevna, kimyo fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Sn (II) va Sn(IV) galogenidlarining tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar bilan yangi komplekslarini sintez qilish, ularning tuzilishi, elektr o‘tkazuvchanligi hamda nochizqli optik xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sn (II) va Sn (IV) xloridlari hamda bromidlari bilan tarkibida azot, kislorod saqlagan ligandlar: 1-(piridin-2-il) etan-1-on, piridin-3-ilmetanamin, 2-morfolinetan-1-amin, piridin-4-ilmetanamin va 4-metilxinolin bilan 10 ta yangi aralash ligandli kompleks birikmalari sintez qilingan va ularning monokristallari olingan;
rentgen tuzilish tahlili yordamida olingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va metall ionlarining ligand donor atomlari bilan koordinatsiyalanish qonuniyatlari aniqlangan;
Hirshfeld sirt tahlili natijasida sintez qilingan kompleks birikmalarda H…H, H…Cl/Cl…H, H…Br/Br…H va O…H/H…O taʼsirlarining ulushi va kristallardagi molekulalararo taʼsirlashish energiyalari aniqlangan;
sintez qilingan kompleks birikmalar asosida oktaedrik kristall tuzilishiga ega MP-05, MP-06, SP-05, SP-06, ADI-27 va ADI-28 uchinchi tartib nochiziqli optik faol materiallar ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya doirasida sintez qilingan yangi kompleks birikmalarning tuzilishi va optik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sn (II) va Sn(IV) galogenidlarining tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar bilan sintez qilingan yangi SP-05, SP06 va MP-03 MP-04 kompleks birikmalarning kristall tuzilishi haqidagi ma’lumotlari Kembrij kristallografik ma’lumotlar markazida №2333700, №2333701, №2298491, №2298492 raqamlar bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan (https://www.ccdc.cam.ac.uk/cons/retrievihg.html). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar haqidagi taqdim etilgan ma’lumotlar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda va ularning tuzilishini tavsiflashda foydalanish imkonini yaratgan;
Sn (II) va Sn(IV) galogenidlarining tarkibida azot, kislorod bo‘lgan ligandlar bilan sintez qilingan yangi SP-05, SP06 va MP-03 MP-04 kompleks birikmalari  “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” da quyosh elementlari uchun NLO material sifatida qo‘llanilgan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi» ning 2025 yil 9 iyuldagi 962/GK-07-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, arzon va 20-22% gacha samaradorlikka ega bo‘lgan metall-organik quyosh elementlarini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish